batareyasidan tutash kontaktlar 2, yakorcha 4, yarmo 8, ya’ni qarshiligi kam bo’lgan zanjir orqali
uyg’otish cho’lg’amiga keladi va uning atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Ayni vaqtda tok
elektromagnitning cho’lg’ami 7 ga ham keladi va o’zak 3 ni magnitlaydi. Generatorning
kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi. Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan
generatorning kuchlanishi ham o’sib boradi. Generator kuchlanishining ortishi rostlagichning
cho’lg’ami 7 dagi tok kuchini ham ortishiga va o’zak 3 ning kuchli magnitlanishiga olib keladi.
Bu jarayon davom etib, generator kuchlanishi U
G
ning qiymati rostlanish kuchlanishi U
R
dan
(U
G
> U
R
), ortgan, ya’ni o’zak 3 magnit maydonning tortish kuchi prujina 6 ning tortish
kuchidan ortgan vaqtda kontakt 2 lar uziladi.
Kontaktlar uzilishi bilan generatorning uyg’otish cho’lg’ami zanjiriga ketma-ket qo’shimcha
qarshilik R
k
ulanadi, natijada uyg’otish cho’lg’amidan o’tayotgan tok miqdori keskin kamayadi.
Bu esa, o’z navbatida, uyg’otish cho’lg’ami atrofidagi magnit oqimi susayishiga va
generatorning stator cho’lg’amlarida induksiyalanayotgan EYuK qiymati, demak kuchlanish
taxminan 0,1-0,4 V ga kamayishiga olib keladi.
2.10-rasm. Elektro-magnitli
kuchlanish rostlagichi:
a) rostlagich sxemasi,
b) generator kuchlanishi-ni
aylanishlar
chastota-siga
bog’liqligi
Generator
kuchlanishining
pasayishi
bilan rostlagich cho’lg’ami 7
dan o’tayotgan tok va o’zak 3 dagi magnit maydonning tortish kuchi kamayadi va natijada
prujina 6 ning tortish kuchi ta’sirida rostlagich kontaktlari yana tutashadi. Tok uyg’otish
cho’lg’amiga yana qarshiligi kam bo’lgan zanjir, ya’ni yakorcha va yarmo orqali uzatiladi,
uyg’otish cho’lg’amidan o’tayotgan tok ortadi, uning atrofida hosil bo’layetgan magnit oqim
kuchayadi va demak, generatorniig kuchlanishi yana o’sadi. Generator kuchlanishining o’sishi
rostlagich cho’lg’amidan o’tayotgan tok kuchini oshiradi, o’zakning magnitlanishi kuchayadi va
u yana yakorchani o’ziga tortib, kontaktlarni uzadi. Shunday qilib, elektromagnit rostlagich
ishlayotganda uning kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi va rotorning aylanishlar
chastotasiga bog’liq holda, uyg’otish tokining qiymatini o’zgartirib turadi. Generatorning
kuchlanishi esa o’zining o’rtacha qiymati atrofida o’zgaradi. Generatorning rostlanayotgan
kuchlanishining asosiy tenglamasini hosil qilamiz:
ïð
o
o
F
r
c
U
Formuladan ko’rinib turibdiki, agar rostlagich cho’lg’ami qarshiligi r
o
ni temperatura
ta’sirida o’zgarishi hisobga olinmasa, generatorning rostlanayotgan kuchlanishi faqat o’zak bilan
yakorcha orasidagi tirqish
va prujinaning tortish kuchi F
pr
ga bog’liq bo’ladi.
Demak, generatorning rostlanayotgan kuchlanish qiymatini o’zgartirish uchun yo
prujinaning tortish kuchi F
pr
ni yoki havoli tirqish
ni o’zgartirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: