5. Kuchli yomg`ir, dovul paytida, shuningdek ko’rinish 25 m gacha (tuman, bo’ron) bo’lganda tashish-uyumlash ko’priklari ishlati va harakatlantirish taqiqlanadi.
6. Tashish-uyumlash ko’priklariniqurilma yoki jihozga, shu jumladan ayrilish joylariga 1,0 m dan kam masofoda yaqinlashtirish taqiqlanadi.
Kon-transport jihozlari tepasida tashish-uyumlash ko’priklarini ishlatish taqiqlanadi.
7. Uyumlagichlarqadamlagich vaqadamlash-relysli harakat bilan siljitishda, uni yuk tushirish konsoli tagidan transport, mashina va mexanizm, shuninglek odamlarning o’tishi taqiqlanadi.
8. Tashish-uyumlash ko’prigini uyum konsoli chekkasi va uyum pushtasi orasidagi masofa kamida 3 m, davriy harakatlanadigan konsolli tasmali uyumlagichlar yonidan uzoqligi kamida 1,5 m bo’lishi kerak.
9. Tashish-uyumlash ko’priklarini uyum tayanchlarini drenaj shtreklari bilan siljitish karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan pasportga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |