Odam va uning salomatligi. - Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga
- mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55 paragrifdan tashkil topgan.
- Darslikda «Kirish» dan so‘ng odam organizmi haqida umumiy ma`lumot, tayanch xarakatlanish
- sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya
- almashuvi, ayirish, ichki sekresiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari,
- ko‘payish va rivojlanish, odamning paydo bo‘lishi to‘g`risida ma`lumotlar bayon etilgan.
- Darslikda hujayraning tuzilishi, to‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning dinamik
- xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini o‘rganishga, qon
- ketganda birinchi yordam, ko‘krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat angidridni
- aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini
- o‘rganishga, ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga oid laboratoriya mashg`ulotlarini o‘tkazish
- metodikasi yoritilgan.
Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik so‘ngida o‘quv fani bo‘yicha test
savollari va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning o‘quv dasturiga
to‘liq mos holda yozilgani, o‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan olimlarning fanga
qo‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e`tiborga olgan holda keng tarqaladigan
kasalliklar haqida ma`lumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida
to‘xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar,
ularning kelib chiqish sabablari va davolash haqidagi ma`lumotlarning ortiqcha berilganligini
ta`kidlab o‘tish kerak. Shu bilan birga ba`zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi ma`lumotlarni
nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) ma`lumotlarni ko‘pligini, ba`zi
paragriflar mundarijada bo‘lib matnda uchramasligi (24§) ham ko‘rsatib o‘tish zarur.
Ba`zi bir mavzular, masalan ichki sekresiya bezlari juda murakkab qilib berilgan. Unda
keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. «Mehnat
tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, so‘ngra qo‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni
ushlashga o‘rgangan
Bilimni nazorat qilish uchun savollar.
Darslik bilan o‘quv qo‘llanmaning farqini aytib bering.
Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat?
Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini tushuntirib bering.
Zoologiya darsligi botanika darsligidan nimalari bilan tafovut qiladi?
Zoologiya darsligida bilimlarni yoritish qanday prinsipga asoslangan.
Odam va uning salomatlik darsligining yutuq kamchiliklari nimalardan iborat?
9-sinf biologiya darsligida qanday asosiy mavzular yoritilgan?
Biologiya darsligdagi kamchiliklar to‘g`risida sizning fikringiz?
Tuzuvchi:Jo’rayeva Dilora - E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |