Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bo‘yicha 5 darajaga bo‘linadi:
I darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari yonmaydigan, yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo‘lgan binolar kiradi;
II darajali yong‘inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi;
III darajali yong‘inga chidamli bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi;
IV darajali yong‘inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan binolar kiradi;
V darajadagi binolarga esa barcha konstruktsiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
Talab etilgan yong‘inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruktsiyasi, vazifasi, necha qavatliligi, texnologik jarayonlarni yong‘inga xavfliligi va yong‘inni avtomatik o‘chirish vositalarini mavjudligiga bog‘liq holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |