Amaliy mashg‘ulot № buyraklarning tashqi va ichki tuzilishi. Amaliy mashg‘ulotdan maqsad



Download 97,5 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi97,5 Kb.
#705386
  1   2
Bog'liq
Buyraklarning tashqi va ichki tuzilishi.


AMALIY MASHG‘ULOT № 6. BUYRAKLARNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI.


Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: Buyraklar, siydik yo‘li, siydik po‘fagi, erkak va ayollarining jinsiy a’zolarining tuzilishini o‘rganish.

Odamda siydik va tanosil apparat (apparatus urogenitaIis)ning tuzilishi va vazifasi xilma-xil, lekin rivojlanish nuqtayi nazaridan bir-biriga bog‘liq ikki: siydik ajratish va tanosil a’zolari tizimini o‘z ichiga oladi. Siydik ajratish a’zolari (organa urinaria) qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siydikni buyrakdan olib ketuvchi (buyrak kosachalari, buyrak jomi, siydik yo‘li), siydikni to‘plovchi (qovuq) va organizmdan chiqarib yuboruvchi (siydik chiqarish nayi) dan iborat.


Buyrak
Buyrak (ren, grekcha nephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo‘lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10—12 sm, kengligi 5—6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120—200 g bo‘ladi. Buyrak to‘q qizil rangli bo‘lib, oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq bo‘lib, yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hi!us renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo‘li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga (sinus renalis) o‘tib ketadi.
Buyrakni kesib ko‘rganimizda u ikki xil moddadan: tashqi 0,4—0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq va 2—2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning po‘stloq moddasi (cortex renalis) qizg‘ish rangda ko‘rinadi. Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va buralma naychalar joylashib o‘ralgan qism (pars convoluta) deb ataladi. Buyrakning mag‘iz qismi (medulla renalis) 10— 15 ta buyrak piramidalaridan (pyramides renalis) iborat.
Buyrakning tarkibiy-vazifaviy birligi nefrondir (nephron). Har bir buyrakda 1 mln ga yaqin nefron bor. Nefron tarkibiga buyrak tanachasining kapillar koptokchasini (glomerulus corpusculi renalis) o‘ragan ikki qavat devorli, qadahsimon shakldagi koptokcha kapsulasi yoki Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi (capsula glomerulli) kiradi. Kapsulaning ochiq tomonidan ichiga olib keluvchi koptokcha arteriolasi (arteriola glomerularis afferens) kirib kapillar koptokchani (glomerulus) hosil qiladi. Koptokchadan diametri olib keluvchi arterioladan kichik bo‘lgan olib ketuvchi koptokcha arteriolasi (arteriola glomerularis efferens) chiqadi. Bitta nefron naychasining uzunligi 20—50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefronlaming umumiy uzunligi 100 km ga yaqindir. Nefronning 80% ga yaqini po‘stloq qavatda joylashgan. 20% i nefronning koptokchasi mag‘iz moddaga yondosh bo‘lib, ularning to‘g‘ri naychalari va qovuzlog‘i mag‘iz moddada joylashadi.
Siydik yo‘li
Siydik yo‘li (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o‘tkazib bemvchi naysimon a’zo bo‘lib, uzunligi 30—35 sm, kengligi o‘rtacha 8 mm. Uning bo‘shlig‘ini kengligi 3-4 mm. Siydik yo‘li qorinpardaning orqasida turadi. Unda uch: qorin, chanoq va qovuq devori ichidagi qismi tafovut qilinadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq siydik yo‘li uzunligi 5—7 sm bo‘lib, buralma yo‘nalishga ega. Chap siydik yo‘li o‘ngiga nisbatan uzun. Uning yuqori va pastki uchlari toraygan (1—1,5 mm), o‘rta qismi esa keng (3 mm). Uning devori yupqa, mo‘shak tonusi past, shuning uchun siydik oqishini qiyinlashtiradi. Uzunligi bir yoshda 10 sm, 4 yoshda 15 sm, balog‘at yoshida esa 18—20 sm ga yetadi. Erta bolalik davrida mo‘shak qavati rivojlanib, ikki qavatga bo‘linadi. 8 yoshlarda siydik yo‘lining tuzilishi kattalamikiga o‘xshash bo‘ladi.

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish