AMALIY MASHG’ULOT №-18
Don saralash mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari.
Ishning maqsadi: Boshoqli ekinlarni mashina bilan o’rib-yig’ib olishga qo’yilgan agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi, tasnifi hamda ishlashi haqida tushunchalar berish.
Jixoz va asbob uskunalar: G’alla o’rish va yig’ish kombaynlariga oid plakatlar, kombaynlar asosiy ish organlarining namunalari, o’lchov lineykasi, klyuchlar.
Ishni bajarish tartibi:
Don tozalash mashinalarining tuzilishi, ishlashi va rostlashlar.
MPO-50 mashinasi. Uning yordamida kombayndan kelayotgan donli, dukkak donli va yorma ekinlar aralashmasi, shuningdek 20% gacha aralashmalari bor, dastlabki namligi 35% gacha bo’lgan hamda ularni ajratib olish to’liqligi 50% dan kam bo’lmagan makkajo’xori, kungaboqar va jo’xori iflos aralashmalardan tozalanadi.Pnevmoseparasiyalash kanali silkituvchi urgichi bor turli transportyor, diametral ventilyator, shnekli yi g’ish kamerasi, drossel zaslonkali havo keltiruvchi kanal mashinaning asosiy yi g’ish birliklaridir.
Ish vaqtida tozalanadigan aralashma yuklash potrubkasi va shnek vositasida turli transportyorga uzatilib, undan yirik aralashmalar tushib ketadi va potrubka orqali mashinadan chiqarib tashlanadi. Donli aralashmaning qolgan komponentlari taminlash darchasi orqali qiya joylashgan pnevmoseperasiyalash kanaliga keladi va diametral ventilyator vujudga keltirayotgan havo kanalda donli aralashmadan yengil aralashmalar ajralib chiqadi, havo oqimi esa yi g’ish kamerasida ulardan tozalanib, yana ventilyatorga keladi va havo o’tkazish kanali orkali pnevmoseperasiyalash kanaliga uzatiladi.Tozalangan don potrubka orqali mashinadan, yengil aralashmalar esa shnek vositasida yi g’ish kamerasidan chiqarib tashlanadi.
Mashinaning ish unumi donli aralashmani uzatish tezligi bilan, havo oqimining tezligi, yani tozalash sifati esa drossel zaslonkasini burib rostlanadi.
Ko’chma OVP-20A aralashma tozalagichi yuklash transportyori, qabul kamerasi, havo sistemasi, ikkita g’alvirli stan, yuk ortish qurilmasi hamda yurish mexanizmidan tashkil topgan.
Yuklash transportyori qirgichli kiya transportyor va ular bilan sharnirli birikkan ikkita sidiruvchi taminlagichni o’z ichiga oladi.Qabul kamerasining pastki qismida qovir g’ali ikkita taminlash valigi o’rnatilgan; ularning har birining ostiga rostlash klapani joylashgan.Havo sistemasi ikkita aspirasion (pnevmoseparasiyalovchi) kanallar, o’tkazuvchi kanal, ventilyator, yi g’ish kamerasi, inersion chang ajratgich va yengil chiqindilar pnevmotransportyoridan tashkil topgan.
Tebranib turuvchi g’alvirli stanga g’alvirlar B1, B2, V va G mahkamlangan. G’alvirlarga pastki tomondan qayta-ilgarilama xarakatlanuvchi cho’tkalar tegib turadi va g’alvirlar ko’ziga ilinib qolgan donlarni turtib tushiradi.
Mashina ishlayotganda yuklash transportyori va shnek vositasida don qabul kamerasining taminlash valiklariga va undan keyin aspirasion kanallarga uzatiladi.Shnekning kojuxida rostlanuvchan nov-don to’kkich bo’lib, undan ortiqcha don to’kiladi.Ventilyator vujudga keltirgan havo oqimi yengil aralashmalarni yi g’ish kamerasiga olib ketadi, u yerda aralashmaning bir qismi cho’kib qoladi, birmuncha yengil aralashmalar esa pnevmotransportyorga kelib tushadi.Yengil aralashmalardan tozalangan don g’alvir B1 ga keladi, u donlarni taxminan ikki teng qismga ajratib saralaydi. G’alvir B2 ko’zidan barcha donlar to’ppa-to’ g’ri o’tishi zarur.Yirik aralashmalar esa g’alvirdan tushib ketadi.Ketma-ket qo’yilgan g’alvirlar V va G bir xil ko’zlidir, bunda ko’zlardan to’ppa-tu g’ri o’tgan mayda aralashmalar qiya taxta bo’ylab pnevmotransportyorga to’kiladi. G’alvir B2 ko’zlari orqali o’tgan don yuqorigi qiya taxtaga, undan esa qabul qilgichga tushadi, bu yerga, shuningdek g’alvir G dan tushgan donlar ham keladi.Tozalangan don yuklash transportyoriga to’kiladi, transportyor ularni transport vositasining kuzoviga yoki uyumga uzatadi.
Mashinaning ish unumi dastalarni burib, taminlash valiklari bilan klapanlar orasidagi zazorni (yuqoriga burganda zazor kattalashadi, pastga burganda esa kichiklashadi) o’zgartirib rostlanadi.Aspirasion kanallardagi havoning tezligi aspirasion kanalni ventilyator bilan biriktiruvchi o’tkazish kanalining devoriga joylashgan darcha o’lchamiga qarab o’rnatiladi.
4.2.1 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |