AMALIY MASHG’ULOT- 14.
MAVZU: OSHQOZON OSTI BEZI VA UNING YO‘LLARI.YO`G`ON ICHAK, KO`R ICHAK VA TO`G`RI ICHAKLARNI O`RGANISH.
REJA:
1.Oshqozon osti bezi va uning yo‘llari
2.Yo‘g‘on ichak, ko‘r ichak va to‘g‘ri ichaklarni o‘rganish.
3.Ingichka ichak va uning bo‘limlari.
7.Jigar, o‘t pufagi va uning yo‘llari.
Ishning maqsadi: Talabalarga Ingichka ichak va uning bo‘limlari.
hakida tushuncha berish. Oshqozon osti bezi va uning yo‘llari. Yo‘g‘on ichak, ko‘r ichak va to‘g‘ri ichaklarni o‘rganish va nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash
Ishning ahamiyati Talabalarga Ingichka ichak va uning bo‘limlari.
Oshqozon osti bezi va uning yo‘llari. Yo‘g‘on ichak, ko‘r ichak va to‘g‘ri ichaklarni o‘rganish ko‘rish va ahamiyatini tushuntirish.
Ish uchun kerakli jahozlar: Atnatomiya atlas. Mulyajlar albom , bo’r, doska, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
Ishning o’tkazilishdagi xavfsizlik qoidalari : Talabalarga labaratoriya ishini boshlasdan oldin xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib chiqiladi va oqituvchi tomonidan nazorat qilinib turiladi
Ishning qisqacha nazariy qismi
Me'da osti bezi.Me'da osti bezi (pancreas) me'daning orqasida, qorinning orqa devori oldida, pastki ko‘krak (XI, XII) va yuqori bel (I, II) umurtqalari ro‘parasida joylashgan. Me'da osti bezining uzunligi 22 sm, vazni 70-80 g atrofida bo‘ladi. Me'da osti bezining yo‘li o‘t yo‘li bilan birga o‘n ikki barmoq ichakka ochiladi. Bezning boshchasi (caput pancreatis), tanasi (corpus pancreatis) va dumi (cauda pancreatis) ajratiladi (16-rasm). Me'da osti bezining boshchasini o‘n ikki barmoq ichak o‘rab turadi, bezning tanasi bilan dumi esa, boshchasidan chapga va yuqori tomonga yo‘nalgan. Uning dumi chap qovurg‘alar ostidagi taloq tomonda tugallanadi. Bezning ichidan uzunasiga me'da osti bezining yo‘li o‘tadi, bu yo‘lga bez bo‘lakchalaridan (atsinus, acinus) boshlangan yo‘llar ochiladi.
Me'da osti bezining yo‘li o‘t yo‘liga qo‘shilib, o‘n ikki barmoq ichakdagi katta so‘rg‘ichning uchidan umumiy teshik bilan ochiladi. Me'da osti bezining asosiy qismi hazm shirasini ishlab chiqaruvchi alveolyar naysimon bezlardan iborat. Bundan tashqari, bezda Langergans orolchalari (maxsus hujayralarning to‘plamlari) bo‘lib, ular insulin, glukagon, somatostatin, pankreatik polipeptid va boshqa gormonlarni ishlab chiqaradi.
Yo‘g‘on ichak intestinum crassum) uch qismdan: ko‘richak, chambar va to‘g‘ri ichaklardan iborat. Chambar ichak o‘z navbatida to‘rt qismga: yuqoriga ko‘tariluvchi, ko‘ndalang, pastga tushuvchi va sigmasimon chambar ichaklarga bo‘linadi. Yo‘g‘on ichakning uzunligi katta yoshli odamlarda 1,5-2,0 metr atrofida bo‘ladi. Ichakning diametri boshlanish qismida 7 sm, oxirida esa 4 sm chamasida bo‘ladi. Yo‘g‘on ichak devori shilliq qavat, shilliq osti qavat, muskul va seroz qavatlardan tashkil topgan.
Ko‘richak (cecum) shakli ko‘r qopga o‘xshash, yonbosh ichakka tutashadigan joydan pastroqda joylashgan. Ko‘richak to‘la (peritoneal) yoki uch tomondan (mezoperitoneal) qorin parda bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Uning orqa devorida ileosekal burchagidan 0,5-5,0 sm pastroqda chuvalchangsimon o‘simtasi (appendix vermiformmis) joylashgan.
Chambar ichak (colon) joylashuvi jihatdan ingichka ichak chigalini o‘rab turganga o‘xshaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak o‘ng tomonda, ko‘ndalang ichak - yuqorida, pastga tushuvchi ichak - chapda, sigmasimon ichak ham chapda va qisman pastda joylashgan bo‘ladi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak (colon ascendens) ko‘richakning davomi bo‘lib, jigarning pastki sathiga yetib, chapga buriladi, ventral tomondan ko‘ndalang chambar ichakka o‘tib, yo‘g‘on ichakning o‘ng burmasini hosil qiladi.
Ko‘ndalang chambar ichak (colon transversum) pastga tushuvchi ichakka va keyin sigmasimon ichakka o‘tadi. Ko‘richak va chambar ichaklarning devori shilliq, muskul va seroz qavatlardan iboratdir. Muskul qavati (tunica muscularis) ikkita: bo‘ylama va aylanma qavatlardan tashkil topgan.
To‘g‘ri ichak (rectum) yo‘g‘on ichakning oxirgi bo‘limi bo‘lib, kichik chanoq suyaklari sohasida joylashgan. To‘g‘ri ichak ikki qismdan: jom va oraliq sohalardan iborat. Birinchi qismi ampuladan yuqori va keng ampula qismlaridan (ampulla recti), ikkinchi qismi orqa chiqaruv kanali (canalis analis) dan iborat bo‘lib, qorin parda bilan o‘ralmagan. Ampuladan yuqori bo‘lgan qismi to‘la seroz qavatga ega bo‘lib, kalta va qalin ichak tutqichga ega.
Ingichka ichak.Ingichka ichak (intestinum tenue) me'daning pilorik qismidan boshlanadi, jigar va me'dadan pastroqda, kindik sohasida va kichik chanoq bo‘shlig‘ida ko‘p sonli burmalar hosil qilib, yo‘g‘on ichakka ulanib ketadi. Ingichka ichakning uzunligi odamda 5 m chamasida boladi, diametri esa ichak bo‘ylab asta kamayib boradi. O‘n ikki barmoq ichagining diametr 5 sm bo‘lsa, ingichka ichakning yo‘g‘on ichakka o‘tish joyida u 2,5-3 sm gacha kamayadi. Ingichka ichak uch qismdan iborat bo‘ladi. U boshlang‘ich - o‘n ikki barmoq ichak (duodenum), o‘rta - och ichak (jejunum, ingichka ichak uzunligining 2/5 qismi) va oxirgi - yonbosh ichak (ileum, ingichka ichak uzunligining 3/5 qismi)lardan tashkil topgan.
1 Human Biology, Tenth Edition Cecie Starr and Boverly McMillan 205-page
O’n ikki barmoq ichak
O‘n ikki barmoq ichak me'da osti bezining boshchasini yuqoridan, o‘ngdan va pastdan hamda qisman tanasini o‘rab, taqasimon yoki yarim halqasimon shaklda joylashadi. O‘n ikki barmoq ichak kalta (27-30 sm) bo‘lib, me'daning chiqish qismidan boshlanadi, o‘ngga va orqaga yo‘l olib, tez orada qayriladi va III bel umurtqasining ro‘parasida pastga tushadi. U yana qayrilib, II bel umurtqasining ro‘parasigacha ko‘tariladi va ichakning tutqich qismi boshlangan joydan och ichakka o‘tadi. Ichakning boshlang‘ich bo‘lim yuqori qismi (pars superior), ikkinchi bo‘lim pastga tushuvchi qismi (pars descendens), uchinchisi - gorizontal qism (pars horizontalis, inferior) va to‘rtinchisi - yuqoriga ko‘tariluvchi qism (pars ascendens) deb nomlanadi. Ingichka ichakning ichak tutqich bilan bog‘langan qismi o‘n ikki barmoq ichakning burmasidan boshlanib, o‘ng yonbosh chuqurchasida tugallanadi. Ingichka ichakning o‘n ikki barmoq ichakdan keyin keluvchi qismi qorin pardasi ichida (intraperitoneal) joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |