Qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish
Jaroxatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qo‘yish mumkin emas. Birinchi yordam ko‘rsatuvchi shaxs dastlab ko‘lni tozalab yuvishi yoki barmoklarini yod bilan artishi kerak.
YAraga material qo‘yishda unga dastlab yod tomizish lozim. Yaraga qo‘yiladigan materialdagi yod o‘rni yaradan katta bo‘lishi kerak. Yarani bog‘lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur.
Qon ketishini bog‘lab to‘xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa kon oqayotgan joyni ta’minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog‘ich yoki tasma) bilan bog‘lash lozim. Jgut bog‘langan joyda pul’s urishi mavjud bo‘lsa, u noto‘gri bog‘langan xisoblanadi. Bunday xolda jgutni echib olib, qaytadan kattikrok qilib bog‘lash kerak. Jgut bog‘lashdan oldin bog‘lanadigan joy yumshok materiallar bilan o‘ralishi lozim.
Bog‘langan jgut 2 soatdai ortik turmasligi zarur. Jgut bog‘langandan so‘ng 1 soat o‘ttach, uni 10-15 minut sekin bo‘shatish kerak. Bunday holda yaraga kon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim.
Ichki qon ketish juda xavfli hisoblanadi. Uning belgilari: pul’sningsekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, xushsiz bo‘lib kolish. Bunda dastlab. jaroxatlangan kishiga to‘liq tinchlik bsrish va jaroxatlangan joyga sovuqlik qo‘yish kerak. Suv berish mumkin emas.
Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga o‘girib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tikish lozim.
Qon oqishini to‘xtatish va jarohatga bog‘lam qo‘yish
Issiq yoki quyosh va sovuq ypganda birinchi tibbiy yordam
Issiq yoki quyosh urishi natijasida ko‘qqisdan kamdarmonlik, bosh og‘rig‘i, qayd qilish xolatlari kuzatiladi. Buning uchun dastlab jaroxatlangan kishini toza havoli soya joyga olib borish, siqib turgan barcha kiyim-boshlarni yechish, boshga va ko‘krakga sovuq ko‘yib bog‘lash, nashatir spirt xidlatish va 15-20 tomchi valer’yanka ichurish tavsiya etiladi. Agar nafas olish va pul’s urishi sezilmasa, sun’iy nafas berish va yurakni massaj qilish lozim.
Badan muzlash xolatlari. Bu xollarda birinchi navbatda qon yurish yo‘llari katga zarar ko‘radi, shuning uchunbirinchi o‘rinda qon yurishini ta’minlash kerak. Buning uchun muzlagan joy quruq mato yoki rumolcha yordamida qatgiq ishkalanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, bunday holda qor bilan ishqalash man etiladi. Keyin issiq narsa bilan bog‘lab qo‘yish kerak. Muzlab qolgan barmoqlar yoki oyoqdarni xona haroratidagi iliq suvga solish, keyin esa sovuk egan joyni spirt yoki odekalon surtib bog‘lab qo‘yish mumkin. Agar muzlagan joyda pufakchalar hosil bo‘lsa ishqalash man etiladi va bemor darxol kasalxonaga joylashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |