Yurakni tashqi uqalash
- maneken ko‘li yoki bo‘yindan pul’s urishi, ko‘krak xarakatidan nafas olayotgani va ko‘z qorachig‘ining holati tekshirilib. yurakni massaj qilish zaruriyati aniqlanadi;
-ko‘krak qafasi tugagan joydan ikki barmoq enlikda pastga bir ko‘l kaft bilan uning ustiga ikkinchi qo‘l to‘g‘ri burchak ostida ustma -yst qo‘yiladi:
-tez harakat bilan kukrak qismining past tomoni 3-4 s.m.ga 0.5 sek dapomida bosiladi. agar xarakat to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa yashil chiroq yonadi:
-agar ko‘krak kafasi kuchli ya’ni noto‘gri bosilsa qizil chiroq yonadi:
-ko‘krak kafasini bosish yurak urishi ritmiga to‘g‘ri kslishi kerak;
-agap dastlabki yordamni ikki kishi berayotgan bo‘lsa biri sun’iy nafas oldiradi. ikkinchisi yurakni massaj qiladi:
-dastlabki yordamni bir kishi amalga oshirsa 2-3 marta sun’iy nafas oldirilgach 10-12 marta kukrak qafasi bosiladi.
Zararlanganda birinchn tibbiy yordam ko‘rsatish
Zaharli kimyoviy moddalar kishi organizmiga nafas olish yo‘llari, teri va ogiz orqali ta’sir etishi mumkin. Zaxarlanishning tashqi belgilari kimyoviy moddalarning zaharlilik xususiyatiga bog‘liq Ko‘pincha zaxarlanishda oshqozoi og‘rishi, qayd qilish, muskullarni ixtiyorsiz qiskarishi, bosh og‘rig‘i, umumiy kamdarmonlik, xushdan ketish kabi xolatlar kuzatiladi.
Zaxarlanganda birinchi navbatda zaxarli moddalar ta’sirini bartaraf etish, jaroxatlangan shaxsni siqib turgan kiyimlarini yyechish, toza xavoga olib chikish va vrachga xabar berish lozim.
Agar zaxarli modda ogiz orqali oshqozonga tushgan bo‘lsa kaliy permanganat ("margantsovka")ning iliq suvdagi kuchsiz eritmasidan bir necha stakan ichirish va kayd qildirish (2-3 marta) kerak. Yoki 1-2 osh qoshiq suyuk magneziyni bir stakan suvga solib ichirish kerak. Qorinda kattik ogriq bo‘lsa isitkich ("grelka") ko‘yish kerak.
Agar zaharln modda teriga tushsa, uni yumshoq material bilan artib tozalab, suv bilan yuvib, ichimlik sodasining 2% li eritmasi yordamida ishlov berish kerak.
Zaxarli gazlar masalan uglerod oksidi, atsetilin, benzin bug‘i va boshqalar kishi organizmiga nafas olish yo‘llari orkali ta’sir etsa bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, bosh aylanishi, qayd qilish, ko‘ngil aynishi, nafas olish og‘irlashishi, ko‘z qorachig‘i kengayishi, hushdan ketish hollari yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, kislorodli yostiqdan kislorod berish kerak. Nafas olishi sezilmaganda esa sun’iy nafas berish zarur. Zaharlangan shaxsda kuchli yutal kuzatilsa novshadil spirt hidlatish, ichimlik sodasi ko‘shilgan sut, achchiq shirin choy berish, agar iloji bo‘lsa ko‘krakga "gorchichnik" qo‘yish kerak.
Agar zaxarli modda ko‘zga tushsa bir stakan suvga bir choy koshiq soda solib ko‘zni yuvish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |