Singanda, bo‘g‘imlar chiqqanda, paylar cho‘zilganda birinchi yordam ko‘rsatish
Sinish, chiqish yoki pay cho‘zilishi singan joyning notabiiy xolda egilishi, bo‘g‘imning shishishi va og‘riq paydo bo‘lishi orqali bilinadi. Bunday xollarda birinchi navbatda shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga sovuq bosish kerak.
Singan yoki chiqqan qo‘l oyoqlarga taxtakach faner yoki karton ko‘yib bog‘lash tavsiya etiladi. Taxtakach ko‘yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo‘lishi, ikkiichi uchi esa oyoq tovonida bo‘lishi kerak. Qovurg‘a suyagi singanda yo‘talganda, nafas olganda va xarakatlanganda og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda ko‘krak nafas chikarish vaktida bint bilan kattik qilib bog‘lab qo‘yiladi.
Lat egan joyga sovuklik ko‘yib keyin artish, yod surtish yoki issik kompress qo‘yish taqiqlanadi. CHunki bular og‘riqni kuchaytiradi. Pay cho‘zilganda ham lat eyishidagidek yordamlar ko‘rsatiladi.
Boshning lat eyishi natijasida miya chayqalishi, bosh suyagining sinishi kabi xolatlar kuzatilishi mumkin. Miya chayqalgan xollarda ko‘pincha bosh og‘rig‘i, nafas siqilishi va ko‘ngil aynish xolatlari xam uchraydi. Bosh suyakning singanini kuloklar va og‘izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu xolatlarda jabrlanuvchi hushsiz xolatda bo‘ladi. Vrach kelishiga qadar lat sgan joyga sovuq, ya’ni muz ko‘yib sovuq xolatda ushlash kerak.
Suyak sinishi turlari, immobilizatsiyani ta’minlash vositalari va usullari
Kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish
Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo‘lishi mumkin. Ular og‘irlik darajasiga ko‘ra 4 darajaga bo‘linadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda suv pufaklari hosil bo‘ladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya’ni sezish qobiliyatini yo‘qotgan holda bo‘ladi; 4-darajali kuyishda –teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlamadi, kurib qoladi.
Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo‘l tegizish, maz, yog, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo‘lgan pufaklarni yorish mumkii emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangap bog‘ich bilap bog‘lash kerak. Tana og‘ir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o‘rash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak.
Agar kuygan kishining pul’s urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valer’yanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qo‘yish kerak.
Ko‘z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy koshiq bor kislotasi solib, sovuq xolda ko‘zga bosish kerak.
Kimyoviy kuyish oqibati ko‘pincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta’sir etish vaktiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam ko‘rsatishda dastlab ushbu modda kontsentratsiyasini va ta’sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta’sir etgan joy 15-20 minug toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta’sirida bo‘lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlnk sodasi, ishqor ta’sirida bo‘lsa bir stakan suvga bir choy qoshik bor kislotasi solingan eritma bilan bog‘ich namlanib bog‘lanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |