3. AMALIY ISH.
VAGON TORMOZ USKUNALARI
Ishning maqsadi: Vagon tormoz uskunalari tormozning mexanik qismi haqida ma’lumotlar keltirish; Harakatdagi tarkibning tortishli birligi, richakli uzatmalar, iste’mol va tormoz magistrallari, barcha zamonaviy vagonlar avtotormoz uskunalarini ularni turi va ta’rifi hamda tormoz ish bo‘yicha xulosalar berish.
Yuk vagonlari diametri 32 mm bo‘lgan magistral havoo‘tkazgichlari (rasm - 3.1) № 190 klapan turidagi chetki kranlari 4 va № R17 birlashtirish engchalari 3 bilan jihozlangan.
Ikki kamerali rezervuar 7, vagon ramasiga mahkamlangan bo‘lib, diametri 19 mm bo‘lgan magistral o‘tkazgichi bilan ajratish krani 9 va uchtali changtortgich 8 orqali birlashgan (1974 yildan kran 9 otvod 10 oldida troynikka o‘rnatiladi, buning sababi faqat havotaqsimlagichni emas, sinib qolsa otvodni ham o‘chirish imkoni bo‘lsin).
3.1. rasm. Yuk vagoni tormoz uskunadarining sxemasi.
Diametri 19 mm bo‘lgan quvurlar bilan rezervuar 7 shuningdek g‘amlama rezervuar 11 va tormoz silindri 1 bilan birlashtirilgan. Rezervuarga 7 № 270 - 005 havotaqsimlagichning bosh 13 va magistral 12 qismlari mahkamlanadi. YAngi yuk vagonlarida faqat № 483 havotaqsimlagichlari o‘rnatilgan. Havotaksimlagich va tormoz silindri orasiga № 265-002 yuk avtorejimi ulangan (agar u o‘rnatilgan bo‘lsa). Vagonlarning tormoz uskunalarida avtorejim mavjud bo‘lsa, havotaqsimlagichning yuk bosqichiga qayta ulagich ushlagichini echib oladilar. Agar vagon kompozitsiyali tormoz kolodkalari va avtorejim bilan bilan jihozlangan bo‘lsa, u holda havotaksimlagich tormozlashning o‘rtacha bosqichiga to‘g‘irlab qo‘yiladi.
Ishga tushirilgan xolatida havotaqsimlagichning ajratish krani 9 tormoz magistrali bilan, o‘chirilganida esa - atmosfera bilan aloqalanadi.
Tezda to‘xtatish krani 5 echib olingan ushlagichi bilan faqat tormoz maydonchasi bo‘lgan vagonlarda o‘rnatiladi.
To‘rt o‘qli vagonlarda diametri 356 mm bo‘lgan tormoz silindrida g‘amlama rezervuarning hajmi 78 l. Sakkiz o‘qli vagonlar shunday tormoz uskuialari sxemasiga ega, ularni barchasi to‘xtash tormoziga ega: hajmi 135l bo‘lgan g‘amlama rezervuar (yoki ikkita rezervuar 78 va 55 l), tormoz silindr - diametri 406 mm qo‘llaniladi.
Refrijerator vagonlari uskunalari rasm - 3.1 kabi, lekin avtorejimisiz.
Havotaqsimlagichning zolotnikli va ishchi kamerasini, rezervuarning 7 va g‘amlama rezervuarning 11 zaryadkasi magistral 6 orqali bajariladi. Bu vaqtda tormoz silindri 1 atmosfera bilan avtorejim 2 va havotaqsimlagichning bosh qismi bilan aloqalangan. Tormozlashda magistraldagi bosim kamayadi, havotaqsimlagich ishga tushadi, tormoz silindri atmosferadan o‘chiriladi va uni g‘amlama rezervuar 11 bilan aloqalaydi. To‘la tormozlashda g‘amlama rezervuardagi va tormoz silindridagi bosim tenglashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |