Amaliy ish –N3 Mavzu: Menejment sohasida axborot texnalogiyalaridan foydalanish. Reja



Download 19,64 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi19,64 Kb.
#724849
Bog'liq
diyor1122


Amaliy ish –N3

Mavzu: Menejment sohasida axborot texnalogiyalaridan foydalanish .
Reja:

  1. Menejment sohasida axborot texnalogiyalaridan foydalanish.

  2. Menejmentda AKTni afzalligi.


Ishning maqsadi : Menejmentda AKTdan foydalanish.

Adabiyotlarda «menejment» va «boshqaruv» iboralari o’xshash va bir – birini o’rnini to’ldiruvchi tushunchalardir. Lekin, «boshqaruv» bizning ongimizda ma’muriy tizim bilan bog’liq ravishda yuqoridan pastga qarab shakllangan, buyuruqlarga asoslangan, byurokratik boshqaruv tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Menejment bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchiga yo’naltirilgan, uning ehtiyojlarini qondirish orqali tashkilotning foyda olishi va samarasiga bevosita ta’sir etadigan iqtisodiy tizimni boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun menejment biznes, tadbirkorlik, raqobat kabi tushunchalar bilan bog’langan. Menejment – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir.


Rejali iqtisodiyot davrida shakllangan boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, davlat mulkchiligi davriga mos tamoyil va usullarga ega edi. Lekin uning ko’p jihatlari bozor iqtisodiyoti davriga ham mos keladi va uni tegishli korxona, firma, muassasaga uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qo’llanilishi kerak. Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Ayrim tadqiqotlar Menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Firmalarning M. tizimi umumiy M., funksional M., moliyaviy M., marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish Menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
M. nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Mac, 20-asrning 50—60 yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
20-asrning oʻrtalariga kelib M. Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy i.t. ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi.

Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida


Har bir davlatning asosiy iqtisodini korxonalar tashkil etadi1
, ular iqtisodning biznes faolligini belgilaydi, aholi bandligini ta’minlaydi, soliq tizimi orqali mamlakat byudjetini shakllantiradi. Korxona iste’molchilar talabini qondiradi, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanadi (asosiy kapital, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari, information texnologii menejmentning). Muvaffaqiyatli iqtisodiy faoliyat uchun korxona bozordagiholat strategiyasi va
taktikasini ishlab chiqadi, mahsulot raqobatbardoshliligini, ish va xizmatlarni ta’minlaydi, imij va biznes obro‘sini saqlab turadi, doimiy ravishda ishlab chiqarish, mehnat vaboshqaruvni takomillashtiradi; fan va texnikaning yangi yutuqlarini, jumladan menejmentning axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishda qo‘llaydi.
Ishlovchilar soni va ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqib korxonalar kichik, oilaviy, o‘rta
va yirik, savdo va savdo bo‘lmagan (savdo bo‘lmagan korxonalar uchun foyda olish faoliyatning asosiy maqsadi hisoblanmaydi) korxonalarga bo‘linadi.
Quyida korxonalarning tashkiliy shallari sanab o‘tilgan:
individual korxonalar (oliy ma’lumoti bo‘lmagan yuridik shaxs);
• hamkorlik (sherikchilik va jamoatchilik xo‘jaligi);
• korporatsiya (aksionerlik jamiyati, davlat korporatsiyasi).
Korxona uchun uning javobgarligi, bo‘limlarning korxonaga bo‘ysunishi va bajarish
funksiyalarini belgilaydigan tashkiliy strukturasi juda muhim.
Quyidagi tashkiliy strukturalar mavjud:
1. Iyerarxik— mehnat taqsimotiga asoslangan; quyi bo‘limlarning yuqoridagilar tomonidan nazorati. Eng ko‘p boshqaruvning chiziqli-funksional tashkiliy strukturasi tarqalgan. Har bir boshqaruv funksiyasi uchun bo‘lim iyerxaxiyasi yaratilgan, javobgarlikning yagona boshlanishi amalga oshirilgan. O‘xshash tashkiliy ishlarning kamchiligi samaradorlik mezonlari va bo‘limlar
ishi sifati hamda umumiy tashkiliy ishlarning farqi, boshqaruv qarorlarini kechikib qabul qilish, innovatsiyalarni va menejment tizimi sifatini joriy etishdagi qiyinchililar hisoblanadi.
2. Divizion struktura diversifitsiyalangan faoliyatni amalga oshiruvchi, murakkab
texnologik jarayonlardan foydalanuvchi yirik korxonlarda shakllangan. Bu boshqaruvni markazlashmagan tizimga o‘tish va korxona bo‘limlari – divizionlarga tezkor masalalarni yechishda mustaqil bo‘lish zaruriyatiga olib keladi. Divizionlarga boshqaruv qarorlarini amalga oshirish uchun muayyan resurslar beriladi, biroq strategi boshqaruv, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, moliyaviy boshqaruv korxona ko‘lamida markazlashgan holda qoladi.
Boshqaruv standartlari korxonaning avtomatlash boshqaruv tizimining axborottexnologiyalari vositasi bilan boshqariladi. Menejmentning axborot texnologiyalari orasida engmashhurlari quyidagilar.
15.2.1. Katta hajmli kalendar rejali axborot texnologiyalari
Tarixiy jihatdan, ilk biznesni standart boshqaruvi (XX asrning 60-yillari.) — MasterPlanning Scheduling (MPS) mahsulot ishlab chiqarishning katta hajmli kalendar rejasiningshakllanish jarayonini sotish hajmini shakllantirish va kalendar bo‘yicha uning rejasini tuzish
bilan jarayonni qat’iy belgilash, keyinchalik ishlab chiqarish yoki sotib olish hisobiga tayyormahsulot zahirasini to‘ldirish rejasini belgilash va o‘tgan asrning 60 yillarida paydo bo‘lganpul mablag‘larining rejali harakatlanishi haqida hisobotni shakllantirish.
MPS qo‘llash sohasi — katta bo‘lmagan mahsulotlar nomenklaturasi va savdoning
komlekt va dinamik bo‘lmagan grafigi bilan ishlab chiqarish. Mahsulotlarning katta
nomenlaturasi va komplekt hamda dinamik so‘rovda ishlab chiqarish uchun zahiralarni
statistik boshqarish metodalri ishlab chiqilgan (Statistical Inventory Control — SIC). MPS
axborot texnologiyalari quyida ko‘rsatilgan vazifalar majmuini yechishga yo‘naltirilgan:
mahsulot taarkibiga kiruvchi (birlikda yig‘ish) konstruksiya elementlari haqida
meyoriy-ma’lumot axborotlarni kiritish;
mahsulot tayyorlashning texnologik marshruti haqida (detallar, birlikda yig‘ish) meyoriy-ma’lumot axborotlarni kiritish;
• «birlashtirish» terma birliklarni ularga kiruvchi komponentlarni belgilash uchun (detallar, yig‘ilgan birliklar, materiallar);
• detallar va yig‘ilgan birliklar uchun ishlab chiqarish davri davomiyligini,
operatsiyalar o‘rtasidagi o‘tish va texnologik uskunalarni sozlash vaqtini hisoblash;
• ishlab chiqarish buyurtmalarini shallantirishda tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishning katta hajmli-kalendarli rejasini hisoblash;
• qayta ishlashning ishlab chiqarish partiyasini shakllantirishda detallarni kiritish-
chiqarish grafigi va yig‘ilgan birliklarni hisoblash;
• Ishchi markazlari uchun smena-sutkali ishlab chiqarish vazifalarini shakllantirish
(ishlab chiqarish hududlari) va boshqalar.
Axborot texnologiyalari katta hajmli-kalendar rejalarni optiimallashtirishga,
buyurtmalarni ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirishni ta’minlashga, uskuna
yuklanishini balanslashga, buyurtma tayyorlash tannarxini minimallashtirishga va boshqalarga
imon berdi.
MPS axborot texnologiyalari ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirish haqidagi
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish