Quvurlarni bukish
1.To’ldirgichi bo’lmagan quvurni rolikli moslama yordamida bukish.
Eslatma.To’ldirgichsiz sovuqlayin bukish radiusi kamida 50 mm bo’lganda diametri 20 mm.li quvurlarni bukish mumkin.
|
1.Quvur uchidan bukish markazigacha bo’lgan masofa bo’r bilan belgilanadi. Quvur moslama roliklarining oralig’i shunday o’rnatiladiki, quvur uchi halqaga kiradi (agar u payvand quvur bo’lsa, chok tashqi tomonda qolishi kerak).
Dastakka harakatchan rolik bilan bosilib, bukish markaziga aniq rioya qilgan holda, quvur berilgan burchakkacha bukiladi.
|
2.To’ldirgichli quvurni sovuq holida
bukish.
Eslatma. Tuldirgichdan foydalanib,
sovuk, holida faqat mis yoki latunь
quvurlar bukiladi.
|
2. Quvur 600—7000 S da yumshatiladi. Uning bir uchi tiqin bilan berkitiladi, ikkinchi uchi orqali quvur ichiga eritilgan kanifolь to’ldiriladi va uning qotishiga imkon beriladi. Quvur rolikli moslama yoki gardishda egiladi ( rasmga qarang): uchidan qizdirila boshlab, kanifolь eritib chiqariladi
|
Metall bukishda xavfsizlik qoidalari
Zagotovkalarni gira yoki moslamalarda puxta mahkamlash lozim.
Fakaat soz jihoz va moslamalarda ishlash darkor.
CHilangarlik bolg’achalari qulay va tig’iz qilib dastalangan bo’lishi kerak.
Bukish dastgohlarida ishlashda maxsus eslatmalarda bayon qilingan xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarur.
Quvurlarni qizdirib bukishda qo’lqop kiyib ishlash lozim.
Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularning oldini olish
Talabalar metallni bukish uchun zarur qo’yim qoldirishda hamda bir tekis zarblar berishda va chilangarlik girasi hamda moslamalarida zagotovkalarni to’g’ri o’rnatishda nihoyatda qiynaladilar. SHuning uchun ular bukish talablariga rioya qilib, qo’yimlarni jadvallardan aniqroq topishga va zarblarni to’g’riroq berishga harakat qilishlari lozim.
Talabalar quvurlarni qizdirilgan (issik.) holatda bukishda, ayniqsa, ko’p kamchiliklarga yo’l qo’yadilar: quvurga yetarlicha qum to’ldirmaydilar, elanmagan yoki ho’l qum ishlatadilar. Bunday xatolarni oldini olish uchun bukish ishlarida barcha zarur talablar va qoidalarga rioya qilinishi kerak.
Nazorat savollari.
1. 5. Egish deb nimaga aytiladi?
6. Detallarni egish qanday amalga oshiriladi?
7. Quvurlarni egishning qanday usullari mavjud?
8. Egish moslamalari vositasida egish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |