1-rasm. O’g’il bolalar kurtkasining chizmali ko’rinishi
1-molniya taqilma ishlanishi; 2-old va ort bo’lak yon qirqimlarini tikish;
3-ort bo’lak astarining o’rta qirqimini tikish;
Bolalar kurtkasining shakli va bichimi har xil bo’ladi. Kurtkalar «molniya» taqilmali, tugmali bo’lishi mumkin. Kurtkalar turli xil cho’ntaklar bilan bezatiladi. Bu modelda qopqoqli qoplama cho’ntak va «molniya» tasmali qirqma cho’ntak ishlatilgan. Kurtka old bo’lagining o’ng tomonida andoza yordamida cho’ntak o’rni belgilanadi. Belgilangan cho’ntak o’rniga mag’iz ko’klanadi. So’ngra cho’ntak kengligi bo’yicha mashinada biriktirib tikiladi. Cho’ntak o’rni texnik shart bo’yicha o’rtadan boshlab burchak hosil qilib kesiladi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi. Mag’iz ustidan «molniya» tasma qo’yib tikiladi. Cho’ntak astariga ko’rinmani biriktirib tikiladi. Cho’ntak yuqori mag’iz uchlariga cho’ntak astarining ko’rinmali tomonini, pastki mag’izga astarning ikkinchi tomonini biriktirib tikiladi. Burchaklarini cho’ntak astari bilan qo’yib birgalikda mustahkamlanadi va cho’ntak astari tomonlari biriktirib tikiladi va teskari tomondan nam mato orqali dazmollanadi. Old bo’lakning chap tomonida qoplama cho’ntak o’rni andoza yordamida belgilanadi. Belgilangan cho’ntak o’rniga qo’yib ko’klanadi.
Modelga muvofiq tarzda bostirib tikiladi. Cho’ntak yuqori qismida ikki qayta yuritilib puxtalanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi. Qoplama cho’ntak yuqorisiga qopqoq tushib turadigan holatda qopqoq bostirib tikiladi. So’ngra nam mato orqali qopqoqli qoplama cho’ntak dazmol orqali dazmollanadi.
1-rasm. O’g’il bolalar kurtkasining chizmali ko’rinishi
1-molniya taqilmali qirqma cho’ntak; 2-qoplama cho’ntakni asosiy bo’lakka bostirib tikish.
O’g’il bolalar kurtkasida yenglar bichimi va turli bezaklar juda xilma-xil bo’ladi. Reglan chokli o’tqazma yeng ko’p tarqalgan. Reglan yengga ishlov berish uchun yeng o’rta qirqimlari cho’zib dazmollanadi.
O’g’il bolalar kurtkasining yeng usti bo’lak ikkala qismining o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi, hamma qirqimlari tekislanadi, oldingi qirqimlarini ishlovchining qarshi tomoniga va qiyamasining orqa tomoniga qaratib qo’yiladi. Dazmol old, o’rta qirqim bo’ylab yeng uchidan yeng qiyamasi tomon yuritiladi. Oldingi qirqimdan 3-4 sm kenglikdagi qismi cho’zibroq dazmollanadi. Keyin yeng o’ngiga ag’dariladi va yana o’sha yo’l bilan tortib cho’zish operatsiyasi takrorlanadi.
O’g’il bolalar yenglarining oldingi va tirsak qirqimlariga ishlov berib bo’lingan yeng uchi qirqimi bo’yicha manjetning yon chokiga kertim qo’yiladi. O’g’il bolalar kurtkasida yeng uchi bukish chizig’i manjet ustida aniqlanadi. Bukish chizig’i bo’yicha to’g’ri sirma qaviqlar o’tkaziladi. O’g’il bolalar kurtkasida yeng bilan manjet astarining o’ng tomonlari ichkariga qaratib qo’yiladi, manjet astari pastki qirqimini yeng pastki qirqimiga to’g’rilab tekislanadi. Manjet astari yeng uchiga 6-9 mm kenglikdagi chok bilan va qaviqlar yordamida astar tomonidan ulab ko’klanadi. O’g’il bolalar kurtkasi manjet astari yeng uchiga ko’klash qaviqqatoridan 1.0 mm oraliqda astar tomondan biriktirib tikiladi. Manjet astarining yeng uchiga ulama chokiga manjet bukish haqqini qayirib yirikligi 10-15 mm qaviqlar bilan manjetning pastki ziyidan bukib ko’klanadi. Yengni, uning ichiga maxsus yostiqcha qo’yib, namlangan dazmol mato bilan dazmollab yupqalashtiriladi. Yeng teskari tomonga ag’dariladi. Ichlaridagi manjetning bukish haqqi to’g’rilanadi. Yeng astari o’ng tomoni bilan manjet bukish haqqiga kiydiriladi. Qirqimlari tekislanadi. O’rta va yon choklari to’g’ri keltiriladi. Yeng astari yirikligi bilan chok kengligida manjet bukish haqqiga ulab ko’klanadi.
O’g’il bolalar kurtkasini tikish uchun har xil modelga qarab kapyushon modelini tanlash mumkin. O’g’il bolalar kapyushonidagi birinchi bo’lib vitochkalarining o’rnilarini belgilab tikiladi va astardagi vitochkalar tikilgandan so’ng ular nam mato yordamida dazmollanadi.
O’g’il bolalar kapyushonining bo’laklarini o’ngini o’ngiga qo’yib o’rta qirqimi biriktirib tikiladi. Astar bo’laklari ham shu jarayonda tikiladi. So’ngra kapyushon tashqi qirqimiga obtachka astarning o’ngiga o’ngini qo’yib biriktirib tikiladi va choklar astar tomonga yotqizib 0.1-0.2 sm da bostirib tikiladi. Kapyushonning avra va astari o’ngini o’ngiga qo’yib 0.5-0.7 sm da ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darish uchun 7-9 sm kpyushon pastki qirqimidan tikmay joy qoldiriladi. So’ngra kapyushon burchaklari chokka 0.1-0.2 sm ga yetkazmay qaychida qirqiladi, o’ngiga ag’dariladi. Kapyushon burchaklari dukcha yordamida chiqarib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Kapyushon tashqi qirqimiga modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi.
O’rtada qolgan oraliq yashirin baxyaqatorda tikiladi. Kapyushon tayyor bo’lganidan so’ng kapyushon burchagidan 45 chetida izma o’rni belgilanadi va puxtalanadi. Kapyushon bu izma orqali o’g’il bolalar kurtkasining yoqa ostiga puxtalangan tugmachaga taqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |