Bog'liq 3-Amaliy ish (Menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari)
Menejmentning asosiy masalalaridan biri - firmaning maqsadlarini yaqin yoki uzoq kelajakka, ya’ni istiqbolga mo‘ljallash. Buning uchun firmaning imkoniyatini baholash va resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini bilish zarur.
Moddiy va mehnat resurslaridan rasional foydalanish natijasida minimal xarajat va maksimal samaradorlik bilan boshqarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qilayotgan kishilar yoki guruhlar maqsadga erishishi mumkin. Xo‘jalik faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijtimoiy-psixologik masalalarni yechish uchun menejment o’zining xususiy iqtisodiy mexanizmiga ega. Menejmentning ana shu iqtisodiy mexanizmi 3 qismdan iborat:
firma ichidagi boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
hodimlarni boshqarish.
Hozirgi zamon boshqaruvining nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga 4 ta muhim tamoyilning ta’siri alohida ahamiyatga ega. Bular: - ilmiy boshqaruv;
- ma’muriy boshqaruv;
- psixologiya va odamlarning munosabati nuqtai nazaridan
boshqaruv;
- hulq atvor nuqtai nazaridan boshqaruv.
Hozirgi sharoitda boshqarishga uchta ilmiy yondoshish mavjud:
boshqarishga jarayon sifatida yondoshish;
tizimli yondoshish;
vaziyatli yondoshish.
2. Menejmentning maqsadi
Menejmentning yakunlovchi maqsadi firmaning ishlab chiqarish jarayonini rasional tashkil qilish orqali, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish, texnik-texnologik bazani rivojlantirish hamda kadrlar potensialini samarali ishlatish orqali, faoliyat natijasida foyda yoki daromad olishni ta’minlash. Firmaning daromadliligi uning ishlab chiqarish harajatlarini (xom-ashyoga, materiallarga, energiyaga, haq to’lashga, moliyalashtirishga xarajatlarni) kamaytirish orqali va ishlab chiqarish natijasida daromadning o’sishi orqali namoyon bo’ladi.
3. Menejmentning vazifalari Menejmentning muhim vazifalaridan biri - talabgorlarning talabini e’tiborga olgan holda, moddiy va mehnat resurslari mavjudligini hamda korxona rentabelligini ta’minlash, bozorda uni mustahkam o’rin egallashni e’tiborga olib, mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni tashkillashtirish. Shu asosda menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarishni avtomatizasiyalashni ta’minlash, yuqori malakaga ega bo’lgan hodimlarni va ishchilarni jalb qilish;
- ishlash sharoitini yaxshilash, yuqori ish haqini belgilash orqali firma hodimlarini rag’batlantirish;
- firma faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va hamma bo’lim ishlarini o’zaro muvofiqlashtirish.
- yangi bozorlarni qidirish va o’zlashtirish.