DROP TABLE talaba RESTRICT
Indeks yaratish
Indekslar jadval satrlarini tezkor qidirish uchun ishlatidi. Agar jadvalda indekslar mavjud bo‘lsa har yangi satr qo‘shilganda jadval indeks bo‘yicha qayta tartiblanadi shu sababli yangi satr kiritish vaqti cho‘ziladi, lekin jadvalda qiymat qidirish ancha tezlashadi. SQL tilini namunasida bunday operator yo‘q, lekin barcha dialektlarda bunday operator bor. Indeks jadvalini yaratish uchun CREAT INDEX operatorni qo‘llash kerak:
<indeks yaratish operatori>::= CREATE [UNIQUE] INDEX
<indeks nomi> ON <jadval nomi>
({<ustun nomi> [ASC | DESC] } [,…])
Misol: Birlamchi kalit bo‘yicha indeks yaratilsin:
CREATE UNIQUE INDEX indtal ON talaba
(id_talaba)
Indeksni olib tashlash uchun DROP INDEX operatori ishlatiladi:
<indeksni olib tashlash operatori>::= DROP INDEX <indeks nomi>
Do'stlaringiz bilan baham: |