AMALIY ISH №1
Mavzu: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish.
Ishning maqsadi: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Transformatorlarni asosiy va qushimcha qismlari bilan tanishish.
Elektromagnit induktsiyasi hodisasi transformatorlar nazariyasining asosini tashkil qiladi. Faradey buni quyidagicha ta’riflagan. «Vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o’tayotgan o’tkazgichda hosil bo’lgan EYuK ning qiymati magnit induktsiya V ga, o’tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to’g’ri proportsional bo’ladi, ya’ni Ye Vlv». Va buning aksi - elektromagnit induktsiyasi qo’zg’olmas o’tkazgich va harakatdagi magnit maydoni (o’zgaruvchan magnit maydoni) bo’lganda ham sodir bo’lishi mumkin. Bu hodisani Maksvell ta’riflagan - «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o’tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o’zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni ye – dFdt».
1-rasmda oddiy bir fazali ikki chulg’amli kuchlanishni pasaytiruvchi transformator magnit o’tkazgich va uning o’zaklariga joylashtirilgan o’ramlar soni w1 bo’lgan YuK (birlamchi) va o’ramlar soni w2 bo’lgan PK chulg’amlarni tasvirlash oson bo’lishi uchun ular har xil o’zakda joylashtirilgan holda ko’rsa-tilgan. Real transformatorlarda magnit bog’lanishni yaxshi ta’minlash uchun PK va YuK chulg’amlar bitta o’zakda joylashtiriladi.
Ikkilamchi chulg’ami yuklamadan uzilgan transformator birlamchi chulg’ami o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, birlamchi chulg’amdan yuksiz ishlash toki I1 I0 oqib o’tadi. Uning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r I0 shu chulg’amda magnit yurituvchi kuch (MYuK) I0.rw1 ni vujudga keltirib, u esa o’z navbatida, asosiy (F) va tarqoq (Fσ1) magnit oqimni hosil qiladi (Fσ1 to’la magnit oqimning taxminan 0,1 0,25 foizini tashkil qiladi).
Yuksiz ishlayotgan transformator EYuKlari. Asosiy magnit oqim F ning kuch chiziqlari birlamchi va ikkilamchi chulg’am o’ramlari bilan ilashib elektromagnit induktsiya qonuniga asosan birlamchi chulg’amda o’zinduktsiya EYuK e1 va ikkilamchi chulg’amda o’zaro induktsiya EYuK ye2 larni hosil qiladi. Ularning oniy qiymatlari elektromagnit induktsiya ta’rifiga muvofiq quyidagicha ifodalanadi
ye1 –w1(dFdt) = –dψ1/dt;
ye2 –w2(dFdt) = –dψ2/dt, (3.1)
bunda ψ1 = w1F; ψ2 = w2F – mos ravishda birlamchi va ikkilamchi chulg’am mag-nit oqim ilashishlari, [Vb].
Magnit oqimining shakli sinusoidal bo’lgandagi, ya’ni F Fmaxsint , (3.1) qiymatga qo’yib, differentsiyallagandan so’ng, sost–sin(t–2) ekanligi e’tiborga olinib, quyidagi natijani olish mumkin
e1 = w1Fmaxsin(t–/2)=E1maxsin(t–/2);
e2 = w2Fmaxsin(t–/2)=E2maxsin(t–/2),
bu yerda Ye1max w1Fmax va Ye2max w2Fmax – mos ravishda birlamchi va ikkilamchi chulg’am EYuK larining maksimal qiymatlari topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |