Parallellashtirish usulidan foydalanishning asosiy sabablari:
Vaqtni yoki mablag’ni tejash. Nazariy jihatdan, yechiladigan masalaga
ko’proq resurslarni jalb qilish, harajatlarni tejash bilan vaqtni qisqartiradi.
Katta masalalarni yechish. Ko’p muammolar shuq qadar kata yoki
murakkabki, ularni bitta kompyuterda hal qilish imkonsizdir, ayniqsa
kompyuter xotirasi cheklanan bo’lsa.
Muvofiqlikni ta’minlash. Bitta hisoblash mashinasi bir vaqtning o’zida
faqat bitta masalani bajarishi mumkin. Ko’p hisoblash mashinalari esa bir
vaqtning o’zida ko’p masalani amalga oshirishi mumkin.
Lokal bo’lmagan resurslardan foydalanish. Hisoblash resurslaridan bir
tarmoqda yoki Internet orqali bir necha foydalanuvchilar bir vaqtning
o’zida foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |