Tayanch atamalar: Monitoring , bioekologik. geoekologik va biosfera monitoringi, biosfera, ekspertiza, ekspertiza muddatlari, ekspertiza xulosalari. Geografik ekspertiza, Ekologik ekspertiza, shaxsiy ekspertiza usuli, jamoa ekspertizasi usuli, ekspertlar komissiyasi usuli.
Inson omilining atrof-muhitga bo'lgan ta'siri tobora kuchayib borayotganligini e'tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati paydo bo'ldi. Mazkur kuzatish natijasida to'plangan ma'lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o'zgarishiarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo'yicha takliflar o'rtaga qo'yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972 yitda Stokgolmda bo’lib o'tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag'ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. U “SKOPE" (atrof-muhit muammolari bo'yicha ilmiy qo'mita) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O'zbekiston hududida atrof-muhit monitoringini amalga oshirish masalalarini birin-birin ko’rib chiqsak..
XX asming ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyaining tabiatga ta'siri kuchayib kctdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahailiy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holalini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring {lotincha "monitor" - esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo'ldi.
Monitoring - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma'lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta'sirida o'zgarishini kuzatish, olingan ma'lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yer osti suvlari, tuproq. o'simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma'lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhit ning o'zgarish darajasi hali ifloslangan tabiiy sharoit holatiga nisbatan o’rganadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.Bioekologik monitoring bosqichi yoki pog'onasida atrof muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta'siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog’onada odamlarning kasallanishi, o'lim, tug'ilish, uzoq umr ko'rish va boshqa ma'lumotlardan foydalaniladi. Bu ma'lumotlar insonning atrof-muhit o'zgarishiga aks ta'siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzalish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma'iumotlariga tayanib, ish ko'riladi.Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo'lgan chiqindi va moddalar bo'yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |