Amaliy geografiya



Download 1,67 Mb.
bet104/126
Sana31.05.2022
Hajmi1,67 Mb.
#622650
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
Bog'liq
1712 AMALIY MAJMUA

Rekreatsiya (tiklash, o'rnini toidirish)ning qamrovi katta bo'lib, odamlarning dam olishi, salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma'nosida ishlatiladi.Tabiiy komplekslar yoki landshaftlarni rekreatsion nuqiayi nazardan tadqiq qilish asosan landshaftlaming rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta'sirini baholashdan iborat.Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) bo'iishi mumkin, Tashkiliy dam olish turli muassasalar toraonidan uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o'z xohishlari bo'yicha bir yoki bir necha kishi boiib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi.Dam olishdan ko'zlangan maqsad turlicha bo'lishi mumkin: davolanish, sog'lomlashlirish, sport, tanishuv va h.k.
Dam olish mavsumga qarab ham turlicha bo'lishi mumkin, Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: cho'milish. quyosh vannalari olish. piyoda yurish (davolanish, salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti. baiiq ovi, turli xil mevaiar va qo'ziqorin tcrish. otda sayr qilish, alpinizm bilan shug'ullanish va h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish lurlari bilan shug'ullanish mumkin: chang'i sporti, muz osti baliq ovi, sport ovchiligi, davolanish, salo­matlikni tiklash, piyoda sayr.
Rekreatsion baholash obyekti – landshaftlar, joylar, maydonlar va fatsiya bo'lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni loyihafashda landshaftlarni tahlil qilrsh yaxshi natija beradi. Bunda turli landshaftlarni rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan. daryo vodiysi, tog' yonbag'ri, ko'l yoki suv ombori qirg'og'i, tekislik. okean yoki dengiz qirg'og'i, o'rmon va h.k. Alohida rekreatsion komplekslami (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik majmualari va h.k.) loyihalashlirayotganda aniq maydonni baholash yaxshi natija beradi.
Aniq bir dam olish muassasalarining ichki tuzilishini loyihalashda tabiat komplekslarini fatsiya darajasida baholash lozim. Asosiy inshootlarni tatsiyaning relyef sharoiti, suvlari, o'simlig,. landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.Rekreatsion maqsadiarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash ham muhim o'rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyefning, o'simliklarning, landshaft umumiy ko'rinishining estetik ji­hatdan zavq bera olish imkoniyati hisobga olinadi.Baholashning oxirgi bosqichida tabiiy komplekslarning rekreatsion korxonalarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion bosimga barqarorlik darajasi hisobga olinadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish