Amaliy audit


Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

2.7. Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi 

Asosiy  vositalar  foydalanish  jarayonida  ularning  jismoniy  xossa  va  sifatlari  yo`qolib 

boradi. Ularni tiklash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o`tkazishi mumkin. 

Asosiy vositalar ta'mirining ikki turi mavjud: kapital va joriy ta'mir. 

Asosiy  vositalarni  ta'mirlash  pudrat  yoki  xojalik  usulida  bajarilishi  mumkin.  Pudrat 

usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.  

Xojalik usulida esa ta'mir o`z kuchi bilan amalga oshiriladi. 

Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi. 

Pudrat  va  xojalik  usulida  bajarilgan  ta'mirlash  ishlari  auditining  xususiyatlarini  ko`rib 

chiqamiz. 

Asosiy  vositalarni  ta'mirlashga  doir  muomalalarni  tekshirish  mobaynida  auditor 

ta'mirlash rasmiylashtirilishining to`g`rililigiga alohida e'tibor qaratishi lozim. Bunda dastavval, 

mazkur masala bo`yicha subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligi aniqlanishi zarur. Bu 

narsa  tekshiruvni  davom  ettirish  ketma-ketligini  belgilaydi.  Subyektlarda  asosiy  vositalarni 

ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o`chirilishi mumkin: 

- xarajatlarning qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga; 

- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan; 

-  xarajatlarni  oldin  3190  –  «Boshqa  kelgusi  davr  xarajatlari»  schyotiga  olib  borib, 

keyinchalik bir me'yorda  tannarxga qo`shib borish. 

Agar  hisob  siyosatiga  muvofiq  subyektda  asosiy  vositalarni  ta'mirlash  uchun  rezerv 

tashkil  etiladigan  bo`lsa,  unda  auditor  rezerv  uchun  ajratmalar  summasining  iqtisodiy 

asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo`yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo) 

ajratmalar  miqdori  ko`zda  tutilganligi  yoki  ajratmalarning  yagona  normasi  belgilanganligi,  har 

oyda  rezerv  hisoblash  tamoyiliga  rioya  qilinishini  aniqlaydi.  Ta'mirlash  uchun  qilingan  haqiqiy 

xarajatlar  yaratilgan  rezerv  hisobiga  hisobdan  o`chiriladi.  Shuning  uchun  auditor  yil  oxirida 

(ta'mirlash  ishlari  tugallangan  hollarda)  oshiqcha  hisoblangan  rezerv  to`g`rilanganligi  (storno 

qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim. 

Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks 

ettirilishini  tekshirish  mobaynida  auditor,  ishlab  chiqarishga  doir  asosiy  vositalarni  ta'mirlash 

xarajatlari  tannarxga  olib  borilganligi,  noishlab  chiqarishga  doir  asosiy  vositalarniki  esa  o`z 

manbalari  hisobiga  hisobdan  o`chirilganligiga  ishonch  hosil  qilishi  lozim.  Shunindek,  auditor 

ta'mirlash  ishlari  qaysi  usul  (pudrat  yoki  xojalik  usuli)  bilan  amalga  oshirilganligini  ham 

tekshiradi. 

Agar  hisobot  davrida  lizingga  olingan  asosiy  vositalar  ta'mirlangan  bo`lsa,  ta'mirlash 

turini (joriy yoki kapital), lizing shartnomasida kapital ta'mirlash ko`zda tutilganligi va xarajatlar 

kimning hisobidan qoplanishini tekshirish zarur. 

Subyektlar  hisobot  davrida  asosiy  vositalar  obyektlarini  zamonaviylashtirish  va  qayta 

jihozlash  uchun  ham  xarajatlar  qilishi  mumkin.  Auditor  bu  holda  quyidagilarni  tekshiradi: 

qilingan  xarajatlar  0890  -  «Boshqa  kapital  sarflar»  schyotida  hisobga  olinganligi,  ta'mirlash 

ishlari  yakunlanganidan  so`ng  asosiy  vositalar dastlabki  qiymati oshganligi,  subyekt  qo`shilgan 

kapitalining  ko`payishi  hisobda  ko`rsatilganligi.  Subyekt  asosiy  vositalarni  ta'mirlash  bilan 

bog`liq  barcha  xarajatlarni  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  (bajarilgan  ish,  qo`rsatilgan  xizmat)  lar 




74 

 

tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning 



foydadan budjetga to`lovlar bo`yicha budjet bilan o`zaro munosabatlariga ham ta'sir etadi. 

Auditor,  eng  avvalo,  bu  masala  bo`yicha  ham  subyektda  qanday  hisob  siyosati  qabul 

qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qilishda 

ta'mirlash  xarajatlarini  har  oyda  haqiqiy  xarajatlar  hajmida  hisobdan  o`chiradigan  tartibni 

qo`llaydilar. Boshqa subyektlar ta'mirlash fondi  yaratadilar (ta'mirlashning barcha turlari uchun 

rezervga mablag` ajratadilar), haqiqatda bajarilgan ta'mirlash  ishlari uchun qilingan xarajatlarni 

esa tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o`chiradilar. 

Birinchi  holatda  ta'mirlashga  doir  barcha  xarajatlar  ta'mirlash  qaysi  hisobot  davrida 

amalga oshirilgan bo`lsa, bevosita shu  davrdagi  ishlab chiqarish  xarajatlariga qo`shilishi lozim. 

Ikkinchi holatda subyekt balansida turgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz 

hisobida ta'mirlash fondiga ajratmalar me'yori hisoblab chiqariladi. 

Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o`rta biznes subyektlari, 

ikkinchisini  esa  asosiy  vositalari  mulk  (aktiv)  larning  salmoqli  qismini  tashkil  etadigan  yirik 

subyektlar qo`llaydilar. 

Auditor  ta'mirlash  xarajatlarini  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  qo`shishning  to`g`riligini 

subyektda  qabul  qilingan  hisob  siyosatidan  kelib  chiqib,  uning  o`zgarish  hollarida  esa  sababini 

va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta'sirini tekshirishi lozim. 

Asosiy  vositalarga  eskirishni  hisoblash  va  ta'mirlash  bo`yicha  subyektda 

qanday  hisob  yuritish  siyosati  qabul  qilinganligini  aniqlash  uchun  8910  - 

«Kelgusidagi  xarajatlar  va  to`lovlar  uchun  rezervlar»  schyotining  ma'lumotlari 

bilan  tanishish  zarur.  Agar  8910  schyotda  alohida  ta'mirlash  fondi  degan  analitik 

schyot  ajratilgan  bo`lsa,  ushbu  fondga  qilingan  ajratmalarning  hajmi  qanchalik 

asoslanganligi  (iqtisodiy  hisob-kitoblar  bilan  tasdiqlanganligi)  ga  ishonch  hosil 

qilish  zarur.  Ajratmalar  hajmi  asosiy  vositalar  turlari  bo`yicha  tabaqalangan  yoki 

ajratmalarning  yagona  normasi  o`rnatilgan  bo`lishi  mumkin.  Auditor  nuqtai 

nazaridan  yagona  normativni  qo`llash  tannarxning  asossiz  ko`tarilishi  va  soliqqa 

tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida 

ko`rsatib o`tishi lozim.



 

 


75 

 

 




76 

 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish