520
omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-
kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda
uning natijalariga
sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning
uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga
bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari
ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil
etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Agar audit oldiga xo’jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat
unumdorligi darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo’yilgan
bo’lsa, ichki xo’jalik auditorlarining kuchi bilan ichki xo’jalik nazorati usullarining
samaradorligini testdan o’tkazish operatsion auditning elementini tashkil qiladi.
Masalan, xodimlarning kvalifikatsiya darajasini tekshirish - bu ham operatsion
audit, agar masala faqat kompaniya o’z mahsulotini samarali va unumli ishlab
chiqarayotgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lsa.
Quyida ko’rib o’tiladigan farqlardan tashqari, yana shuni aytish kerakki,
moliyaviy hisobot auditi o’tgan davrni hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit
xo’jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo’ladi. Masalan, operatsion audit tufayli
xom-ashyolarni sotib olishda xarajatlarni kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot
minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo’qligini baholash mumkin.
Ichki xo’jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot auditi bilan operatsion
audit o’rtasida ikkita muhim farq mavjud:
1.
Ichki xo’jalik nazoratni testdan o’tkazish va baholash maqsadlaridagi
farq;
2.
Ularning ish ko’lamidagi farqi.
Moliyaviy hisobot auditida ichki xo’jalik nazorat tizimini baholashdan asosiy
maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa
bu maqsad shu nazorat tizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan
hamda ma’muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat.
Ichki xo’jalik nazoratini baholash moliyaviy hisobot auditida moliyaviy
hisobotning aniqligiga ta’sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan
bo’lsa, operatsion auditda nazoratning har qanday turi samaradorlik va
unumdorlikka ta’sir etishi ko’rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda
mahsulotlarning reklama kataloglaridan foydalanish oqibatidagi haqiqiy unumni
aniqlash uchun marketing bo’limlari foydalanadigan hisob siyosati va
muolajalarini o’rganib chiqish mumkin.
Unumdorlik va samaradorlik nuqtai nazaridan ichki xo’jalik nazoratiga baho
beruvchi operatsion auditning uchta asosiy kategoriyalari mavjuddir. Operatsion
auditning turlarini quyidagi 14.2-chizmada ko’rsatishga harakat qilamiz: