351
11 Kassa hisobotini tuzish:
a) har kuni
b) hujjatlarning to’planishiga qarab
+
+
12 Valyuta yo’nalishi bo’yicha alohida kassa hisobotlari
tuziladimi?
+
To’lalik
13 Kassaga kelib tushgan valyuta tushumining hammasi bankka
topshiriladimi?
+
Hal qilish
14 Kassadan berilayotgan valyutani aks ettiruvchi hujjatlarda
ikkita imzo bo’lishi shartmi?
+
Tasniflash
15 «Chet el valyutasi kassasi» schyoti bo’yicha berilgan korxona
uchun xarakterli schyotlar korrespondentsiyasi ishlab
chiqilganmi?
+
Hisob
16 Buxgalteriyada moddiy boyliklar realizatsiyasi va ish xizmatlar
bo’yicha kelib tushgan valyuta mablag’lari hisobi bilan
taqqoslanadimi?
+
17 Qaydnoma jurnallarida kassa kirim va chiqim orderlari ularda
ko’rsatilgan sana bo’yicha qayd etiladimi?
+
18 Valyuta kassasi bo’yicha kassir har kuni buxgalteriyaga hisobot
topshiradimi?
+
19 Kassadagi valyuta mablag’lari bo’yicha kurslar farqi muomala
amalga oshgan kundan O’zRMB o’rnatgan kurs bo’yicha
amalga oshiriladi?
+
O’zbekiston Respublikasida tuzilayotgan auditorlik firmalarining xalqaro
talab darajasiga ko’tarilishi va auditorlik xizmatlarini jahon standartlari darajasida
olib borishi uchun audit metodikasini hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash
bilan bir qatorda valyuta muomalasining auditi masalalarini ishlab chiqish zarur
bo’ladi.
Valyuta muomalalari auditi masalalari kassadagi mablag’lar auditidan
boshlanadi. Auditni boshlashdan avval auditor buxgalteriya xodimlaridan kerakli
ma’lumotni olib, ichki nazorat tizimini baholaydi va kassadagi valyuta
mablag’larini tekshirish uchun test savollarini ishlab chiqishi zarur bo’ladi.
Taxminiy ichki nazorat testlarini 6.1.25 jadvalda ko’rsatamiz.
10.2 jadvalda keltirilgan misoldagi anketa savollaridan shunday xulosa qilish
mumkinki, tekshirilayotgan korxonada pul mablag’lari harakati ustidan nazorat
past darajada bo’lgan va umuman nazoratning yo’qligi to’g’risida xulosa qilsa
bo’ladi.
Albatta, shunday hollarda kassa yoppasiga tekshirilishi shart. Bankdan
olingan valyuta mablag’larini o’z vaqtida va to’la kirimini tekshirish uchun auditor
bir qator testlarni o’tkazgani ma’qul bo’ladi. Quyida keltirilgan ish jadvali
yordamida pul mablag’larini kirim qilinishini tekshirishni taklif qilamiz (10.2
jadval).
352
Keltirilgan 10.1 jadval tekshirish davriga tuziladi, bu jadval bo’yicha pul
mablag’larini maqsadga muvofiq ishlatilishi, o’z vaqtida kirim qilinishi hisobining
haqqoniyligini qisman tekshirib chiqish mumkin. Jadvalda chek nomerlari to’la
yoziladi va chekning qismi bo’yicha to’ldiriladi, ishdan chiqqan chek raqamlari
to’g’risiga «annulirovano», ya’ni «bekor qilingan» deb ko’rsatiladi. Jadvalni
auditor to’ldiradi va bu to’la kassa muomalalarini tekshirishga zamin bo’ladi.
Bunday tekshirish auditorlik tavakkalchiligini minimal darajaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: