Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida
quyidagilarga ham alohida e’tibor berishi lozim:
Kassaning har oyda to’satdan tekshirilishi;
Kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida buxgalteriyaga topshirilishi;
Kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova
qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh
buxgalter yoki bosh buxgalter o’rinbosarining imzosi borligi;
Mehnatga haq to’lash, xizmat safari, xo’jalik sarflari va boshqa
maqsadlar uchun bankdan olingan naqt pullarning maqsadga muvofiq
ishlatilishi;
Kassadagi naqt pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan
belgilangan limitga to’g’ri kelishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |