Amaliy audit


 Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

4. Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan 

muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish 

Korxonaning  asosiy  vazifasi  –  mahsulot  (ishlarni  bajarish  yoki  xizmatlarni 

ko`rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotilishidan istiqbolda 

ko`zlangan  natijalarni  olish  -  ishlab  chiqarish  va  iste'molchilarga  sotuv  bozorida 

tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish (loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport 

va  bank  xizmatlarini  ko`rsatish  va  boshqalar)  va  iste'molchilarga  boshqa 

xizmatlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. 

Ishlab  chiqarish-xojalik  faoliyati  jarAyonida  korxona  ishlab-chiqarish-

xojalik  jarayonining  turli  bosqichlarida  vujudga  keladigan  schyotlar  bo`yicha 

to`lovlarni  amalga  oshirish  qobiliyatiga  ega  bo`lishi  lozim.  Bu  korxonani  faollik 

bilan  moliyaviy  faoliyatini  amalga  oshirishga,  investitsiya  bozorlarida  faoliyat 

ko`rsatishga  undaydi.  Xodimlarni  boshqarish  va  ma'muriy  faoliyat  ham  ishlab 

chiqarishning  bir  qismi  hisoblanadi,  chunki  u  ishlab  chiqarish  jarayonini  qo`llab-

quvvatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi. 

Korxona  o`zining  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  yagona  tizim  hisoblangan 

jamiyatning  bir  qismi  hisoblanadi.  BU  umumiy  tizimning  boshqa  bo`g`inlaridan 

turli darajada qaram bo`lgan ochiq bo`g`indir, o`z navbatida, ular ushbu bo`g`inga 

bog`liqdirlar.  Korxona  bilan  o`z  manfaatlari  va  maqsadlari  bilan  bog`liq  bo`lgan 

va, shu bois, unga qaram bo`lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning 

o`zaro  bog`liq  guruhlari  deb  ataladi.  Bular:  xususiy  mulkdorlar,  xodimlar, 

moliyachilar,  ta'minotchilar,  Xaridorlar  va  umuman  jamiyatdir.  O`zaro  bog`liq 

guruhlar  korxonaga  qo`yilmalarni  amalga  oshiradilar  va  buning  uchun  turli 

ko`rinishdagi  ulush  to`lovlarini  oladilar.  O`zaro  bog`liq  guruhlar  ichida  korxona 

faoliyati va uning natijalariga muayyan ta'sir ko`rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham 

bo`lishi mumkin. 



448 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonlari  va  pul  aylanishi  u  yoki  bu  darajada  vaqt  bilan 



bog`liq.  Ishlab  chiqarish  bilan  bog`liq  bo`lgan  tarkibiy  qismlarni  sotib  olish  va 

ishlab  chiqarishni  o`zini  tashkil  etish  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  sotishdan 

olingan  daromadlardan  oldin  hosil  bo`lishi  munosabati  bilan  korxona  rahbariyati 

ishlab  chiqarish  jarayonini  korxonaning  moliyaviy  imkoniyatlari  bilan 

muvofiqligini  ta'minlashi  lozim.  Bu  korxonaning  moliyaviy-xojalik  faoliyati 

to`g`risida  haqqoniy  xulosalar  shakllantirish  va  uni  takomillashtirish  yuzasidan 

takliflar  kiritish  uchun  korxonada  audit  o`tkazishning  eng  muhim  bosqichlaridan 

biri hisoblanadi. 

Korxonaning  moliyaviy-xojalik  faoliyatini  o`rganishda  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotilishining  hajmi  ko`rib  chiqiladi;  ular  hisobot 

davrida  mo`ljallangan  ko`rsatkichlar  bilan  solishtiriladi;  mahsulot  (ishlar, 

xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotilishi  dinamikasi,  shartnomaviy  majburiyatlar 

bajarilishi  va  hisobga  olinishi,  sifatsiz  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab 

chiqarishdan  nobudgarchiliklar  va  sifatsiz  hamda  butlanmagan  mahsulot  yetkazib 

berilganligi uchun to`lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 

bo`yicha  xarajatlar,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo`yicha  hisobot 

ma'lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga muvofiqligi, 

korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va barcha xodimlarining soni va korxonaning 

o`ziga  xos  bo`lgan  xususiyatlari  bilan  bog`liq  bo`lgan  boshqa  masalalar  tahlil 

qilinadi. 

Yuqorida  qayd  etilganidek,  korxonaning  moliyaviy-xojalik  faoliyati 

to`g`risidagi ma'lumotlarning asosiy hajmi korxona faoliyatining barcha jabhalarini 

pul  ifodasida  aks  etuvchi  va  bir  vaqtning  o`zida  hisobot  davri  bo`yicha  hisob 

ishlarining yakuniy bosqichini ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan. 

Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim 

etish  muddatlari,  ularni  ko`rib  chiqish  va  tasdiqlash  tartibi  O`zbekiston 

Respublikasi  «Buxgalteriya  hisobi  to`g`risida»gi  qonuni  (keyingi  kiritilgan 

qo`shimchalar  va  o`zgartirishlar  bilan)  va  korxonalarning  chorak  va  yillik 

moliyaviy  hisoboti  shakllarini  to`ldirish  to`g`risida  O`zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligining yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi. 

Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 

quyidagi  shartlarga  rioya  qilinishi  lozim:  hisobot  davri  bo`yicha  barcha  xojalik 

operatsiyalar  va  ishlab  chiqarish  zaxiralari,  tayyor  mahsulot  va  hisob-kitoblarni 

inventarizatsiya  natijalari  to`liq  aks  etilishi; sintetik va tahliliy  hisob  ma'lumotlari 

bir  biriga  mos  kelishi;  hisobot  va  balans  ko`rsatkichlari  sintetik  va  tahliliy  hisob 

ko`rsatkichlari  bilan  tegishli  ravishda  rasmiylashtirilgan  asos  bo`luvchi  hujjatlar 

yoki  ularga  tenglashtirilgan  ma'lumot  texnikaviy  saqlovchi  manbalar  asosida 

to`ldirilishi va bir biriga to`liq muvofiqligi; balans moddalari to`g`ri baholanishi. 

Balans  ma'lumotlari  yil  boshi  va  oxiriga  solishtirishligini  ta'minlash  uchun 

tasdiqlangan  balansining  yil  boshiga  moddalar  nomenklaturasi  balansning  yil 

oxiriga  belgilangan  bo`limlar  va  moddalar  nomenklaturasi  va  guruhlanishi  bilan 

muvofiq bo`lishini ta'minlanishi lozim. 

O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  2002  -yil  27  -

dekabrda  «Moliyaviy  hisobot  shakllarini  tasdiqlash  va  ularni  to`ldirish  qoidalari 




449 

 

to`g`risida»gi  140-sonli  buyrug`i  bilan  yuridik  shaxslar  uchun  (budjet 



muassasalari,  sug`urta  tashkilotlari  va  banklar  bundan  istisno)  yillik  va  chorak 

hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda tasdiqlagan: 

yillik hisobot: 

1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 

2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»; 

2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»; 

3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobot»; 

4-sonli shakl «Pul oqimlari to`g`risida hisobot»; 

5-sonli shakl «Xususiy kapital to`g`risida hisobot». 

yarim yillik va chorak hisobot: 

1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»; 

2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»; 

2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»; 

Korxonaning  yillik  moliyaviy  hisobotiga  hisobot  yili  davrida  korxona 

faoliyati  natijalariga  ta'sir  etgan  omillarni  yoritgan  holda,  korxonada  yillik 

moliyaviy  hisobot  natijalari  va  sof  foydani  taqsimlash  yuzasidan  ko`rib  chiqib 

qabul  qilingan  qarorlarni  aks  ettiruvchi  tushuntirish  xati  va  buxgalteriya  hisoboti 

tekshiruvi to`g`risida auditorlik xulosasi ilova qilinadi. 

Agar yil boshiga kirish balansi o`zgartirilgan bo`lsa, hisobotga ilova qilingan 

tushuntirish  xatida  buning  sabablari  ko`rsatiladi.  Bunda,  shuningdek,  korxonada 

qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun hisob siyosati, agar u hisobot yilida 

qabul qilingandan farq qilsa, keltiriladi. 

Chorak  va  yillik  hisobotlarni  tayyorlashda  korxona  egalari  va  davlat 

manfaatlariga  rioya  qilish,  investorlar,  kreditorlar,    aksiyadorlar,  soliq  idoralari, 

ta'sischilar,  banklar,  xalqaro  andozalar  talablarini  hisobga  olish  va  O`zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Farmonlari,  O`zbekiston  Respublikasi  «Buxgalteriya 

hisobi  to`g`risida»gi  qonun,  O`zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksi  hamda 

buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  hisobotlarni  tayyorlashga  oid  amaldagi  barcha 

yo`riqnomalarga asoslanish lozim. 

Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo`lib hisobot yilining oxirgi taqvimiy 

kuni  hisoblanadi.  Tugatilgan  yoki  hisobot  yilida  davlat  tasarrufidagi  mulkchilikni 

jamoa  mulkchiligiga  aylantirib  qayta  tashkil  etilgan  korxona  tomonidan  yil 

boshidan  tugatilgan  (qayta  tashkil  etilgan)  vaqtgacha  bo`lgan  muddatga  amaldagi 

yillik hisobot shakllari bo`yicha hisobot taqdim etiladi. 

Yangi  tashkil  etilgan  korxonalar  hisobotda  o`z    mablag`lari  va  ularning 

manbalarini  (sotib  olingan,  qabul  qilingan  qiymati  bo`yicha)  belgilangan  tartibda 

ro`yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot yilining 31 -dekabrigacha hisobotda 

ko`rsatadilar,  hisobot  yiling  1  -oktyabridan  keyin  tashkil  etilgan  korxonalar  esa  - 

davlat  ro`yxatidan  o`tgan  sanadan  boshlab  keyingi  yilning  31  -dekabrigacha 

hisobot beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, 

ularning filiallari va tarkibiy bo`linmalariga taalluqli emas. 

Korxona  balansining  bandlari  aktivlar  va  passivlarning  sinchkovlik  bilan 

o`tkazilgan  inventarizatsiya  bilan  asoslanishi  lozim.  Bunda  yillik  hisobot  taqdim 

etilgunga  qadar,  doimiy  faoliyat  ko`rsatuvchi  inventarizatsiya  komissiyasi 




450 

 

tomonidan  inventarizatsiya  vaqtida  qiymatliklarning  amaldagi  mavjudligi  bilan 



buxgalteriya  hisobidagi  ma'lumotlar  o`rtasidagi  farqlar  tartibga  keltirilishi  lozim. 

Shuningdek,  solishtirma  dalolatnomalari  yoki  o`zaro  hisob-kitoblar  bo`yicha 

qoldiqni  tasdiqlovchi  xatlar  bilan  rasmiylashtirilgan  debitorlik  va  kreditorlik 

qarzlari 

bo`yicha 

inventarizatsiya 

amalga 

oshiriladi. 

O`tkazilgan 

inventarizatsiyaning soni va natijalari, shuningdek, ular o`tkazilmaganligi sabablari 

yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks etilishi kerak. 

Moliyaviy,  soliq  idoralari  va  bank  muassasalari  bilan  hisob-kitoblar 

bo`yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va muvofiq bo`lishi 

lozim.  Balansda  ushbu  hisob-kitoblar  bo`yicha  tartibga  solinmagan  summalarni 

qoldirish mumkin emas. 

 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish