2. Mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar auditini tashkil etish
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne'matlar yaratar ekan, ularni
ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o`z mehnatini
sarflaydi. Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson extiyojlarini
qondirishga xizmat qiladi. Iste'molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi
bo`lganligi sababli, tovarlarga bo`lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish
haqiga bog`liq bo`ladi. Korxonaning ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jonli
mehnatni iste'mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-
soatlar bilan o`lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi,
tayyorlagan mahsuloti, iste'molchilarga ko`rsatgan xizmatlari uchun sarflangan
mehnatiga haq to`lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o`zaro
munosabatlar vujudga keladi.
278
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar
talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining
o`zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to`lash fondi, to`lov turlari va
xodimlar toifasi bo`yicha hamda mehnatga haq to`lash fondidan tashqari amalga
oshiriladigan boshqa to`lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks
ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan
foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo`yicha
reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida
amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat
me'yori va unga haq to`lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham
belgilanadiki, bu esa:
- ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to`g`ri va o`z
vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni
belgilangan muddatlarda to`lashni;
- hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalarni
ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo`nalishlari bo`yicha
aniq taqsimlashni;
- ish haqidan budjetga majburiy to`lovlarni, shuningdek, korxonaga
etkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to`g`ri
hamda o`z vaqtida ushlab qolish va o`tkazishni;
- xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta'minlashi
kerak.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida
aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:
1) asosiy faoliyatda band bo`lgan xodimlar;
2) asosiy bo`lmagan faoliyatda band bo`lgan xodimlar.
Asosiy faoliyatda band bo`lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi
sexlarning, yordamchi ishlab chiqarishlarning, tozalash inshootlarining, aloqa
uzellarining, axborot hisoblash markazlarining, barcha turdagi qo`riqlashning,
korxona boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo`lmagan faoliyatda band bo`lgan xodimlar toifasiga uy-joy va
kommunal xo`jaligiga xizmat ko`rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda
maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo`lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko`ra quyidagi guruhlarga
bo`linadi:
- ishchilar;
- xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne'matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko`chirish,
yo`lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko`rsatish bilan bevosita band bo`lgan
xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo`linmalarida rahbarlik
lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o`rinbosarlari, bosh muhandis,
bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
279
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iktisodiy
hamda muxandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo`lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini
olib boruvchi, xojalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar,
tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to`g`ri tashkil qilish uchun,
eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to`g`ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul
qilish, ishdan bo`shatish, boshqa ishga o`tkazish, ularga ta'til berilgani, tunda, ish
vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma'lumot
bo`lgandagina korxona xodimlari bilan o`z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin.
Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo`limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa
xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
«Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda
amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga
chiqmagan xodimlar to`liq ro`yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat
kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya'ni ma'lum me'yordan chetga chiqqan
xodimlar ro`yxat qilib boriladi. Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot
oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel
sex boshlig`i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun
topshiriladi.
Shunday qilib, mehnat haqi bo`yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining
to`g`irligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi
va auditorlik hisobotida aks ettiriladi.
3. Xodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar
auditining uslubi
Korxona buxgalteriyasi har oyda xodimlarning shaxsiy schyotlariga hisoblab
yozilgan ish haqi va xodimning boshqa daromadlari, miqdori, ushlab qolingan
summalar va chegirmalar, shuningdek to`lanishi lozim bo`lgan summalar haqidagi
ma'lumotlarni kiritadi.
Shaxsiy schyotlarni to`ldirishda asos bo`lib ish vaqtidan foydalanilganlikni
hisobga olish tabeli, ishbay mehnat uchun topshiriqlar, bajarilgan ishlar uchun
topshiriq-buyurtmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to`g`risidagi varaqa,
mukofotlar to`lash, moddiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi ma'muriyat buyruqlari
(farmoyishlari), korxonaga kelib tushgan ijro hujjatlari va boshqalar hisoblanadi.
Misol. «Fayz» OAJ XK ga jismoniy shaxs 20 - yil 5 - apreldan oyiga
500000 so`m maosh bilan buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindi. Xodim ilgarigi
ish joyidan ma'lumotnomani taqdim etdi, unga ko`ra 20 - yil boshidan:
daromad - 156 0000 so`mni, daromad solig`i - 302800 sumni tashkil qilgan.
«Ish beruvchining buyrug`i (T-1-son shakl) bilan ishga qabul
rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi asos bo`ladi. Buyruq mehnat shartnomasi mazmuniga to`liq mos
ravishda chiqariladi hamda xodimga tilxat bilan e'lon qilinadi»
1
. «Xodim
1
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. 82-modda.
280
shartnomada belgilangan kundan boshlab, (mazkur holatda – 20 - yil 5 -
apreldan) mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi lozim
1
.
Oyiga beriladigan maosh summasi - 500000 so`m ham mehnat
shartnomasida qayd etiladi
2
.
Buyruqqa asosan xodimga shaxsiy varaqa (T-2-son shakl) to`ldiriladi, ish
boshlagan paytidan 5 kun o`tgach mehnat daftarchasida ishga qabul qilinganligi
haqida yozuv qayd etiladi1 hamda shaxsiy schyot (T-54-son shakl) ochiladi, unga
ish haqini hisob-kitob qilish uchun zarur barcha ma'lumotlar kiritiladi.
Oy tugagach, tabelchi yoki bunga vakolatli boshqa shaxs tomonidan
rasmiylashtirilgan ish vaqtini hisobga olish tabeli (T-12-son, T-13-son shakllar)
buxgalteriyaga topshiriladi. Tabelda tabel raqami, F.I.Sh., ishlangan soatlar soni,
dam olish kunlari, turli sabablarga ko`ra ishga chiqilmagan kunlar soni ko`rsatilgan
holda barcha xodimlarning ro`yxati aks ettiriladi.
Buxgalteriya boshlang`ich tabel hisobi ma'lumotlari asosida 20 - yil aprel
oyi uchun ish haqini hisoblab chiqaradi. Besh kunlik ish haftasi deyilganda, aprel
oyida 22 ish kuni hisoblanadi. Xodim 15 - apreldan ishga qabul qilinganligi bois,
agar ishga chiqmagan kunlar bo`lmasa, u mazkur oyda 20 ish kuni ishlagan
bo`ladi.
20 - yil aprel oyi uchun hisoblab yozilgan ish haqi summasi 454550 so`mni
(500000 : 22 x 20) tashkil qiladi (8.3-jadval).
8.3-jadval
20 - yil aprel oyi uchun hisob-kitob varag`i
Axmedov A.B. Tabel raqami – 234, buxgalter Maoshi 50000-00
To`lov turi
oy
bo`lim
kunlar
soatlar
summa
kod
nomi
hisoblab
yozildi
ushlab
qolindi
01
Asosiy ish haqi
4
1
20
0.0
454550-00
201
Daromad soligi
4
95109-15
229
Jamg`arib
boriladigan Pensiya
jamg`armasiga
4
4545-50
JAMI:
454550-00
109654-65
TO`LANDI:
344896-30
OLDIM
Buxgalter A.N.Petrova
imzo
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor mazkur xojalik operatsiyasiga
buxgalteriya provodkasi to`g`ri berilganligiga e'tibor berishi kerak. 21-son BHMS
ga muvofiq quyidagicha provodka berilishi nazarda tutilgan (8.4 -jadval).
8.4-jadval
Mehnatga haq to`lash bo`yicha xojalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida
aks ettirish
1
Shu erda , 83-modda.
2
Shu erda , 73-modda
281
T/R
Xojalik operatsiyasining mazmuni
Summa,
sum
Schyotlar
korrespondensiyasi
Debet
Kredit
1.
Buxgalterga ish haqi hisoblab yozildi
454550
9420
6710
2.
Ish haqidan daromad solig`i ushlandi
95109,15
6710
6410
3.
Ish haqidan sug`urta badali ushlandi
1136,38
6710
6520
4.
Jamg`arib boriladigan pensiya jamg`armasiga
hisoblandi
4545,50
6710
6520
5.
Kassadan ish haqi summasi to`landi
344896,65
6710
5010
«Har bir xodimni unga tegishli davrda to`lanishi lozim bo`lgan ish haqining
tarkibiy qismlari, olib qolingan ushlanmalar miqdori va asoslari, shuningdek
to`lanadigan umumiy pul summasi haqida yozma shaklda xabardor qilish lozim»
Ish haqi hisob-kitobi hamda to`lanishi hisob-kitob-to`lov qaydnomalari (T-
49-son shakl) yoki alohida hisob-kitob va to`lov qaydnomalarida (T-51-son, T-53-
son shakllar) amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda
boshqa holatlar (ko`pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta'tilga ketadi) munosabati
bilan ishchilarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi.
Auditor ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to`g`ri aniqlash uchun yil
davomida ta'tillarga haq to`lash bo`yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni
ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor berishi kerak. Mehnat ta'tili vaqtiga
to`lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan
miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta'tiliga to`lanadigan ish haqi
mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o`tkazilishini ta'minlash uchun
har oyda ma'lum miqdordagi mablag` korxona tomonidan zaxira qilib borilishi
kerak.
Jamg`arib boriladigan pensiya ta'minotiga o`tkazmalar bo`yicha quyidagicha
(8.5-jadval) buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
8.5-jadval
Jamg`arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o`tkazmalar bo`yicha
buxgalteriya yozuvlari
T/
R
Xojalik operatsiyalarining mazmuni
Schyotlar korrespondensiyasi
Debet
Kredit
1. Daromad hisoblab yozilgan
2010, 2310
va boshqa schyotlar
6710
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblab yozilgan
6710
6410
3. Jamg`arib boriladigan hisobvaraqqa 1 % aks ettirildi
6410
6530
4. Jamg`arib boriladigan pensiya badalini Xalq banki
hisobraqamlariga o`tkazish aks ettirildi
6530
5110
5. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq
summasi budjetga o`tkazildi
6410
5110
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish
hamda ish haqini hisoblash bo`yicha audit o`tkazganda auditor dastlabki hujjatlar,
ya'ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo`l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar,
bajarilgan ishlar bo`yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari
282
va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda
barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to`lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to`g`ri
qo`llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to`g`risidagi tabellar,
naryadlar va ish haqini hisoblash bo`yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga
uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun
naryadlarni berilgan sanasi bo`yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga
olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo`limidagi shaxsiy tarkibni
hisobga olish ma'lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo`yicha
avval to`langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir
necha marotaba turli hisob-kitob-to`lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari
tekshiriladi.
Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo`lmagan va qisqa muddat
ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz
mahsulotlarni tuzatish bo`yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi.
Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar
to`g`riligiga katta e'tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag`batlantirishga qaratilgan turli
to`lovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko`ra mukofotlar, tovon
tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo`shimcha to`lov
va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga
qobiliyatsizlik
va
boshqalar
uchun
to`lovlar
hujjatlarda
to`g`ri
rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir
korxonada ichki moddiy rag`batlantirish va turli qo`shimcha to`lovlar va
mukofotlarni hisoblash to`g`risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
bo`lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug`i
bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to`g`risidagi ichki Nizomning
tamoyillariga muvofiq bo`lishi lozim.
O`rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to`g`riligini tekshirganda o`rtacha
ish haqi to`g`ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to`lovlar to`g`ri
hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo`yicha
buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |