Amaliy audit


-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

7-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA 

QARZLAR AUDITI 

1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar 

auditining uslubi 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  xojalik  yurituvchi  subyektlar  o`zaro  hisob-

kitoblarni  amalga  oshiradilar,  ya'ni  erkin  iqtisodiy  munosabatga  kirishadilar. 

Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xojalik muomalalari 

vujudga  keladi.  Natijada  subyektlar  o`rtasida  hisob-kitob  muomalalarini  amalga 

oshirish  jarayoni  vujudga  keladi.  Masalan,  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  sotib 

olingan  xom-ashyo,  material,  asbob-uskuna  va  boshqa  tovar-moddiy  boyliklar, 

haridor  va  buyurtmachilar  bilan  ortib  jo`natilgan  mahsulot,  transport  tashkilotlari 

bilan  yuklarni  tashish,  soliq  organlari  bilan  budjetga  to`lovlar  yuzasidan  va  h.k. 

Bulardan  tashqari  jismoniy  shaxslar,  xodimlar  bilan  turli  xil  hisoblashishlarni 

amalga  oshirish  mumkin.  Masalan,  hisobdor  shaxslar  bilan  safar  xarajatlari 

yuzasidan, kreditga olingan tovar-moddiy boyliklarga to`lovlar yuzasidan va h.k. 

Xojalik  yurituvchi  subyektlar  o`rtasidagi  hisob-kitoblar  asosan  naqd  pulsiz 

amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xojalikning mayda 

xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.  

«Korxonaning  ba'zi  xarajatlari  hisobdor  shaxslar  tomonidan  amalga 

oshiriladi. Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim  mayda 

xojalik  xarajatlari  uchun  kassadan  mablag`  beriladi.  Hisob-kitob  muomalalari 

xodimlar  va  yollangan  shaxslar  bilan  mehnat  haqi  bo`yicha,  hisobdor  shaxslar 

bilan  va  boshqa  muomalalar  bo`yicha  xodimlar  bilan  hisob-kitoblarni  o`z  ichiga 

oladi.  Bu  hisob-kitoblar  asosan  naqd  pul  bilan  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun 

ichki  hisob-kitoblar  ataylab  yoki  bilmasdan  ko`p  xato-kamchiliklarga  yo`l 

qo`yiladigan  soha  bo`lib,  auditordan  tekshiruvda  maxsus  e'tibor  qaratishni  talab 

etadi»


1

Hisob-kitoblarni  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazishdan  asosiy  maqsad 



buxgalteriya  hisobidagi  ichki  hisob-kitob  muomalalariga  doir  debitorlar  va 

majburiyatlar  aks  ettiriladigan  bo`limning  ishonchliligi,  qo`llanilayotgan  hisob  va 

soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi to`g`risida 

fikr shakllantirib, quyidagilarni aniqlashdan iborat: 

-  to`liqligi  -  barcha  muomalalarning  buxgalteriya  hisobotida  aks 

ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi; 

-  mavjudlik  -  balans  tuzish  sanasiga  ichki  hisob-kitoblar  (mehnat  haqi, 

hisobdor summalar va boshqalar) bo`yicha majburiyatlar mavjudligi

-  majburiyatlar  -  ichki  hisob-kitoblarga  doir  majburiyatlar  summalari 

qonuniyligi va to`g`riligi; 

-  baholashlar  -  ichki  hisob-kitoblarga  doir  majburiyatlarning  me'yoriy 

hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; 

-  aniqligi  -  mehnat  haqi  va  undan  ushlanadigan  summalar,  xizmat  safari 

bo`yicha  sutkalik  xarajatlar  summasi  va  boshqalarning  to`g`ri  hisoblanganligi, 

                                                 

1

 Umarova M. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: 2004., 95-b. 






233 

 

buxgalteriya  hisobi  ma'lumotlarining  sintetik  va  analitik  hisob  registrlaridagi 



ma'lumotlarga mosligi; 

-  hisob  davrining  cheklanganligi  -  ichki  hisob-kitoblarga  doir  barcha 

majburiyatlar  qachon  vujudga  kelgan  bo`lsa,  aynan  mana  shu  hisob  davrida  aks 

ettirilganligi; 

Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning 

barchasi  hisob  va  hisobotga  oid  me'yoriy  hujjatlarga  muvofiq  bayon  qilingan, 

turkumlangan va taqdim qilinganligi. 

Ushbu  maqsadga  erishish  uchun  auditorlik  tekshiruvida  quyidagi  vazifalar 

hal etilishi lozim: 

-  auditor  tekshiruv  mobaynida  hisobot  ko`rsatkichlarida  jiddiy  xatolar 

yo`qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish

-  dalillarni  to`plash  uchun  har  xil  manbalardan  shakllanadigan  axborot 

bazasidan foydalanish; 

-  auditor  tekshiruvni  boshlashdan  oldin  ichki  hisob-kitoblarni  tekshirish 

uchun zarur bo`lgan me'yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari 

va boshlang`ich hujjatlarni jamlash; 

- ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish

-  soliqqa  tortish  bo`yicha  belgilangan  qoidalarni  tartibga  soluvchi  me'yoriy 

hujjatlar paketini  mijoz-korxona  faoliyatining  xususiyatlarini  hisobga  olgan holda 

shakllantirish. 

Auditor  ichki  hisob-kitob  muomalalarini  hisobga  oladigan  schyotlar 

bo`yicha  sintetik  va  analitik  hisob  registrlari  korxonada  qo`llaniladigan  hisob 

shakliga  (jurnal-order,  memorial-order,  jadval  va  h.k.)  bog`liqligini  bilishi  kerak. 

Masalan,  buxgalteriya  hisobi  jurnal-order  shaklida  yuritiladigan  korxonalarda  7-

ASK  8-ASK  va  10-ACK  jurnal-orderlar,  jadval-avtomatlashtirilgan  (yoki 

kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210 - «Mehnat haqi bo`yicha berilgan bo`nak», 

6510  -  «Sug`urta  bo`yicha  to`lovlar»,  6710  -  «Mehnat  haqi  bo`yicha  xodimlar 

bilan  hisob-kitoblar»,  6720  -  «Deponentlangan  mehnat  haqi»,  4220  -  «Xizmat 

safari uchun berilgan bo`naklar», 4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan 

bo`naklar»,  4290-  «Xodimlarga  berilgan  boshqa  bo`naklar»,  6870-«Hisobdor 

shaxslardan  qarzlar»,  4710  -  «Kreditga  sotilgan  tovarlar  bo`yicha  xodimlarning 

qarzlari»,  4720-«Berilgan  qarzlar  bo`yicha  xodimlarning  qarzlari»,  4730  - 

«Moddiy  zararni  qoplash  bo`yicha  xodimlarning  qarzlari»  va  4790  - 

«Xodimlarning  boshqa  qarzlari»  schyotlari  bo`yicha  debet  va  kredit  oborotining 

mashinogrammalari tekshiriladi. 

Hisob-kitob  va  kredit  operatsiyalar  auditining  asosiy  manbasi  bo`lib 

quyidagi  me'yoriy  va  dastlabki  hujjatlar  hamda  buxgalteriya  hisobi  registrlari 

hisoblanadi (7.1-jadval). 

7.1-jadval 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish