Amaliy audit


 Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

 

3. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati 

va to`liqligini tekshirish 

Tovar-moddiy  zaxiralarini  inventarizatsiyadan  o`tkazish  tartibi  19-son 

BHMS

1

  da  belgilab  berilgan.  Unga  ko`ra,  inventarizatsiyaning  asosiy  maqsadi 



mol-mulkning  haqiqatda  mavjudligini  aniqlash,  haqiqatda  mavjud  mol-mulkni 

buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to`g`ri aks 

ettirilganligini tekshirishdir. 

Joylashgan  yeri  va  barcha  turdagi  moliyaviy  majburiyatlaridan  qat'iynazar, 

xojalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. 

Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xojalik yurituvchi subyektga 

qarashli  bo`lmagan,  lekin  buxgalteriya  hisobida  qayd  etilgan  (mas'uliyatli 

saqlanishda  bo`lgan, ijaraga  olingan, qayta  ishlash uchun  olingan) boshqa turdagi 

mol-mulklar,  shuningdek,  biror-bir  sababga  ko`ra  hisobga  olinmagan  mol-mulk 

inventarlanishi kerak. 

Mol-mulkning inventarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy javobgar 

shaxs bo`yicha o`tkaziladi. 

Quyidagi hollarda inventarizatsiya o`tkazilishi shart: 

-  mol-mulk  ijaraga  berilganda,  sotib  olinganda,  sotilganda,  shuningdek, 

davlat  subyekti  o`zgartirilgan  (davlat  tasarrufidan  chiqarilgan)  chog`da 

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; 

- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 

1-  oktabridan kechiktirmay o`tkaziladigan mol-mulkdan tashqari.  

4-son  BHMS

2

  ga  binoan  tovar-moddiy  zaxiralar  bir  yilda  kamida  bir  marta 



inventarizatsiya  qilinadi.  Pul  mablag`lari,  pul  hujjatlari,  boyliklar  va  qat'iy 

hisobdagi  blanklar  oyda  bir  marta,  yonilg`i-moylash  materiallari,  oziq-ovqat 

mahsulotlari  -  har  chorakda,  qimmatbaho  metallar  -  tarmoq  yo`riqnomalariga 

muvofiq inventarizatsiya qilinadi. 

2004-yilda  qimmatli  qog'ozlar  va  birja  kommissiyasi  (QQBK)  O’lchov 

mutaxassislarini(OM)  tashkiloti  va  uning  moliya  ishlari  bo’yicha  direktori  Kirk 

Dischinoni  inventarizasiya  mablag’lariga  oid  harajatlarni  qalbakilashtirish  orqali 

inventarizasiya qaydlarini oshirish aybladi. Inventarizatsiya qalbaki o'yinlari 2001 

yil  31  mart  yakunlangan  moliyaviy  yil  uchun  kompaniyaning  daromad  solig’i 

435%  kupayishiga  olib  keldi  va  firibgarlik  ishlari  davomida,  kompaniya  keyingi 

                                                 

1

 19-son «Inventarlashni tashkil qilish va o’tkazish» nomli BHMS 1999-yil 19-oktyabrda EG/17-19- 2075-son bilan 



O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-

son bilan ro’yxatga olingan. 

2

  4-sonli  «Tovar-moddiy  zaxiralar»  nomli  BHMS.  O’zbekitson  Respublikasi    Adliya  vazirligida  1998-yil  28-



avgutsda ro’yxatga olingan. 


168 

 

yilning  birinchi  choragida  aniq  ziyon  hisobot  oldini  olish  muvaffaq  bo’ldi. 



Firibgarlik davomida, Dischino kompaniyasining 40.000 ta aktsiyasi sotildi. 

Feirfild,  Nyu-Jersi  shahrida  joylashgan  OM,  elektron,  avtomobil,  harbiy 

texnikaga mo'ljallangan va turli xil qo’llanishlar uchun sensorlar ishlab chiqarardi 

va  sotardi.  2002  yilning  fevral  va  2000  yilning  30  iyun  oylari  orasida  haqiqiy 

xarajatlar  va  qiymat  o'rtasidagi  standartlashgan  og'ish  bilan  hisoblagan  holda, 

Dischino  "ishlab  chiqarish  kredit"  qaydlari  orqali  OMning  aktsiyalar  kitob 

qiymatini  oshirgan.  Agar  kompaniya  inventarizatsiya  qadrlari  uchun  standart 

xarajatlardan foydalansa, bunday og’ishlar yuzaga keladi. Buxgalteriya hisob-kitob 

standartlari  kompaniyadan    har  bir  davr  oxirida  standart  xarajatlar  va  haqiqiy 

xarajatlar o'rtasidagi farqlar yo'qligini aniqlashni talab etadi. 

Ishlab  chiqarish  kreditlar  bir  necha  kompaniyasi  hudidlar va  turli  davrlarga 

to’g’ri  kelmaydigan  metodologiyaga  asoslangan  edi.  Bundan  tashqari,  Dischino 

ishlab  chiqarish  kreditining  «haqiqiy  xarajatlar»ida  noto'g'ri  hisob-kitobdan 

foydalangandi.  

Misol  uchun,  u  kompaniyaning  buxgalteriya  qaydlari  va    inventarizatsiya 

xarajatlarini  haqidagi  qaydlariga  yolg’on  harajatlarni  ham  qoshgandi.  Nihoyat,  u 

inventarizatsiyadan  xarajat  yoki  savdo  qiymatini  kamaytirishni  eplay  olmadi.  Yil 

so’ngida  inventarizasiya  natijasida  $2.4  million  daromad  solig’idan  $7.5 

milliongacha  ko’paytirilgani,    harajatlarning,  hatto  ba’zi  joylarda  o’z  qiymatidan 

ham,  oshirib  yozilgan  balanslar  ustida  olib  borilgan  2001  yildagi  inventarizasiya 

yordamida  aniqlandi.  Dischino  janoblari  daromad  etishmovchiligini  $215.734 

qiymatini  aksiya  sotish  bilan  va  huddi  shuncha  miqdordagi  jarimani  fuqarolik 

jazosi  sifatida  to’lashi  belgilandi.  Shuning  bilan  birga,  u  QQBK  buxgalteri 

lavozimidan bo’shatildi. 

TMZlarni  kuzatish  uchun  nazotar  ishlarining  umumiy  sinovlari  balansi 

berilgan. Bu jadvalga faqatgina nazorat unsurlaribilan bog’liq detallar kiritilmagan, 

chunki  balans  bilan  bog'liq  unsurlar  inventarizatsiya  tuzish  ostida  muhokama 

qilinadi.  Bu  munozarada  mijozning  balansdagi  ma’lumotlar  ustidan 

inventarizatsiya hisob-kitobini va qayta raqamlangan teglar ustida inventarizatsiya 

qaydlarini  hisoblashini  taxmin  qilib  ko’rsatamiz.  Ular  xar  xil  tarzda 

inventarizatsiyani qaydlaganlarida, nazorat tartib ularnikidan farqlanadi. Mol-mulk 

hisoblanganligiga  ishonch  xosil  qilish  uchun,  nazoratchi  omborxona  hududlarini, 

hamda  mol-mulk  saqlash  qutilari  va  boshqa  turdagi  konteynerlarni  tekshirishi 

kerak bo’ladi.  

Mijoz  zahiralar  hisob-kitobini  tamomlagandan  so’ng  olib  boriladigan  taxlil 

usullari doirasida, nazoratchi  o'tgan  yilgi inventarizatsiya  master  fayllari sinovlari 

bilan dollar yuqori qiymati inventarizatsiyasini solishtirishi mumkin. 

Sizga  samolyot  komponentlari  va  planerlar  moddasini  ishlab  chiqaruvchi 

Sea  Gull  Airflames  (dengiz  snaryadli  planerlar)  kompaniyasini  namuna  qilib 

ko’rsatamiz.  31  dekabr  oyida  jismoniy  inventarizasiya  o’tkazdingiz  va  uning 

aniqligiga  ishonch  hosil  qildingiz.  2011  yil  31  dekabr  oyida  o’tkazilgan 

inventarizasiya mijoz tamonidan tashkil etildi, baholandi va uyaytirildi va umumiy 

bahosi  $8.275.000ga  to’g’ri  keluvchi  5000ta  inventarizasiya  ob’ektlaridan  iborat 

ekanligi  aniqlandi.  Qiymat  inventarizasiyasi  sinovlari  jarayonida,  narh-navoni 




169 

 

sinflash  maqsadida,  inventarizasiya  jarayonini  ikki  qatlamga,  ya’ni  bahosi  $5000 



dan  past  va  bahosi  $5000dan  yuqori  bo’lgan  ob’ektlarga  bo’lib  olishga,  hamda 

narxlash  va  kengaytirish  sinovlarini  amalga  oshirishda,  50  inventarizatsiya 

ob'ektlar  batafsil  tekshirishga  qaror  qildingiz  va  tasodifiy  tanlov  orqali  bahosi 

$5000  dan  yuqori  bo’lgan  40  ta  va  $5000dan  past  bo’lgan  ob’ektlarni  tanlab 

oldingiz.  Fikringizcha  o’zgartirilgan  A  dan  G  gacha  bo’lgan  bandlardan  tashqari 

barcha bandlarni toptingiz. A dan G gacha bo’lgan bandlardan tashqari, quyidagi 

bandlarni tekshirib chiqdingiz: 

Sea  Gull  Airflames  kompaniyasi  davriy  inventerizasiya  tizimidan 

foydalanadi  va  FIFO  harajatlari  va  savdosining  quyi  holatida  inventarizasiyani 

baholaydi.  Siz  tekshiruvdan  o'tkazish  uchun  zarur  bo'lgan  barcha  xarajatlarni 

topish  imkoniyatiga  ega  bo'ldingiz.  To’g’ri  baholashga  tegishli  ma’lumotlarning 

aniqligidan  shubxa  qilinganda,  qo’llaniladigan  namunada  etti  inventarizasiya 

unsurlari keyingi mavzularda keltirilgan.    

Bundan  tashqari,  $200  miqdoridagi  to’lov  kvitansiyasini  topdingiz.  Bu 

qonun  loyihasi  yuk  tashish  hisobotiga  kiritigandi.  Deyarli  barcha  yuk  tashuvlar 

metal  qoliplar  uchun  edi.  Sea  Gull  Airflames  kompaniyasi  siz  tamomigizdan 

birichi marotaba nazorat qilindi. 

a.  barcha  ma'lumotlarni  ko'rib  chiqish  va  etti  ob'ektlar  yordamida 

inventarizatsiya xatolarini aniqlash. Xato miqdorini aniqlash uchun zarur bo’lgan, 

har qanday taxminlarni bayon etish. 

b.  hulosalaringizni  umumlashtirish  uchun  audit  jadvalini  tayyorlang. 

Jadvalini tayyorlash uchun kompyuter foydalaning. 

Ayrim  joylar  va  mavsumiy  tusda  ishlaydigan  subyektlarda  ishlab  chiqarish 

zaxiralari  ular  eng  kam  miqdorda  qolganda  quyidagi  hollarda  inventarizatsiya 

qilinadi: 

- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; 

-  moddiy  javobgar  shaxslar  almashganda  (ishlarni  qabul  qilish  -  topshirish 

kunida); 

- o`g`irlik yoki suiiste'mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari 

aniqlanganda; 

-  tabiiy  ofatlar,  yong`inlar  falokatlar  yoki  g`ayritabiiy  sharoitlar  yuzaga 

keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; 

-  xojalik  yurituvchi  subyekt  tugatilganda  (qayta  tashkil  etilganda)  tugatish 

(ajratish)  balansini  tuzish  oldidan  va  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  boshqa 

hollarda. 

Umumiy  (jamoaviy)  moddiy  javobgarlik  sharoitida  inventarizatsiya  jamoa 

rahbari  o`zgarganda,  jamoadan  uning  ellik  foizdan  ortiq  a'zolari  chiqib  ketganda, 

shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a'zosi talabi bilan o`tkaziladi. 

Hisobot  yilidagi  inventarizatsiyalar  miqdori,  ularni  o`tkazish  sanasi,  mol-

mulk  va  moliyaviy  majburiyatlar  ro`yxati  xojalik  yurituvchi  subyekt  rahbari 

tomonidan belgilanadi. 

Inventarizatsiyani o`tkazish uchun xojalik yurituvchi subyektlar tarkibida:  

- xojalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o`rinbosari (komissiya raisi); 

- bosh buxgalter; 




170 

 

-  boshqa  mutaxassislar  (muhandislar,  iqtisodchilar,  texniklar  va  hokazolar) 



bo`lgan doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. 

Inventarizatsiya  komissiyasi  tarkibiga  xojalik  yurituvchi  subyektning  ichki 

audit vakillari kiritilishi mumkin. 

Ishlar  hajmi  katta  bo`lganda  mol-mulk  va  moliyaviy  majburiyatlarni 

inventarizatsiyani bir vaqtda o`tkazish uchun tarkibida: 

- inventarizatsiyani tayinlagan xojalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili 

(komissiya raisi); 

-  mutaxassislar:  tovarshunos,  muhandis,  texnolog,  mexanik,  ish  yurituvchi, 

iqtisodchi,  buxgalteriya  xodimi  va  boshqalar  bo`lgan  ishchi  inventarizatsiya 

komissiyalari tuziladi. 

Komissiya  tarkibiga  inventarizatsiya  qilinayotgan  boyliklar,  narxlar  va 

birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. 

Birgina  moddiy  javobgar  shaxslarda  xuddi  shu  xodimni  ketma-ket  ikki 

marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. 

Doimiy  ishlaydigan  va  ishchi  inventarizatsiya  komissiyalarining  shaxsiy 

tarkibini xojalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi. 

Inventarizatsiyani  o`tkazish  chog`ida  komissiyaning  aqalli  bitta  a'zosi  yo`q 

bo`lsa,  bu  hol  inventarizatsiya  natijalarini  haqiqiy  emas,  deb  topish  uchun  asos 

bo`lib xizmat qiladi. 

Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari: 

-  boyliklar  saqlanishini  ta'minlashga  doir  profilaktika  ishlarini  o`tkazadi, 

zarurat bo`lganda o`z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo`yicha sex, 

bo`lim, shuba rahbarlarining axborotlarini tinglaydi; 

-  inventarizatsiya  o`tkazilishini  tashkil  etadi  va  ishchi  inventarizatsiya 

komissiyalari a'zolariga yo`l-yo`riq beradi; 

-  inventarizatsiya  to`g`ri  o`tkazilganini  nazorat  tariqasida  tekshiruvlarni 

amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta 

ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarizatsiyadan o`tkazadi; 

-  inventarizatsiya  natijalari  to`g`ri  chiqarilganini,  bazalar,  omborlar, 

omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni 

qayta navlarga ajratish bo`yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi; 

-  zarur  hollarda  (inventarizatsiyani  o`tkazish  qoidalari  jiddiy  buzilganligi 

aniqlangan  va  boshqa  hollarda)  xojalik  yurituvchi  subyekt  rahbarining 

topshirig`iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o`tkazadi; 

-  boyliklar  kamomadi  yoki  ularni  shikastlashga,  shuningdek,  boshqa 

buzilishlarga yo`l  qo`ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko`rib chiqadi va 

aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko`rilgan talafotlarni bir 

izga solish tartibi to`g`risida taklif beradilar. 

Ishchi inventarizatsiya komissiyalari: 

-  saqlash  va  ishlab  chiqarish  joylarida  boyliklar  va  pul  mablag`lari 

inventarizatsiyani amalga oshiradi; 

-  xojalik  yurituvchi  subyekt  buxgalteriyasi  bilan  birgalikda  inventarizatsiya 

natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish 



171 

 

chog`idagi  ortiqcha  chiqishlarni  hisobga  olish  hamda  tabiiy  yo`qolish  me'yorlari 



doirasida kamomadlarni hisobdan o`chirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi; 

-  tovar-moddiy  boyliklarni  qabul  qilish,  saqlash  va  berishni  tartibga  solish, 

hisobga  olishni  yaxshilash  va  ular  saqlanishini  nazorat  qilishni  tartibga  solish 

masalalari,  shuningdek,  me'yordan  ortiqcha  va  ishlatilmaydigan  moddiy 

boyliklarni sotish bo`yicha takliflar kiritadi; 

quyidagi hollarda: 

a) 

xojalik 


yurituvchi 

subyekt 


rahbarining 

buyrug`iga 

muvofiq 

inventarizatsiyani  o`z  vaqtida  o`tkazish  va  uni  o`tkazish  tartibiga  rioya  qilish 

uchun; 

b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, 

pul  mablag`lari  va  vositalarning  haqiqatdagi  qoldiqlari  to`g`risidagi  ma'lumotlar 

ro`yxatga to`liq va aniq qayd etilishi uchun; 

v) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari 

(turi,  navi,  rusumi,  hajmi,  preyskurant  bo`yicha  tartib  raqami,  artikuli  va  h.k.) 

ro`yxatda to`g`ri ko`rsatilishi uchun; 

g)  belgilangan  tartibga  muvofiq  inventarizatsiya  materiallari  to`g`ri  va  o`z 

vaqtda rasmiylashtirilishi uchun javob beradi. 

Inventarizatsiya  komissiyalari  a'zolari  tovarlar,  materiallar  va  boshqa 

boyliklar  kamomadi  va  ishlatib  yuborgani  yoki  ortiqcha  chiqqanini  yashirish 

maqsadida  ro`yxatga  boyliklarning  haqiqatdagi  qoldiqlari  to`g`risida  ataylab 

noto`g`ri  ma'lumotlarni  kiritganlik  uchun  belgilangan  tartibga  muvofiq 

javobgarlikka  tortiladilar.  Mol-mulkning  haqiqatdagi  mavjudligini  tekshirishni 

boshlashdan  oldin  inventarizatsiya  komissiyasi  inventarizatsiya  paytidagi  eng 

so`nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag`lari harakati 

to`g`risidagi hisobotlarni olishi kerak. 

Inventarizatsiya  komissiyasining  raisi  hisobotlarga  ilova  qilingan  barcha 

kirim-chiqim hujjatlariga "inventarizatsiyagacha ...da (sana)" deb ko`rsatgan holda 

viza qo`yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma'lumotlari bo`yicha inventarizatsiyani 

boshlash  paytida  mol-mulk  qoldiqlarini  aniqlash  uchun  asos  bo`lib  xizmat  qilishi 

kerak. 



172 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish