Amaliy audit


 Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

2. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi

 

Moliyaviy 

investitsiyalar 

bilan 


bog`liq 

muomalalarni 

auditorlik 

muolajalaridan  biri,  inventarizatsiya  O`zbekiston  Respublikasi  19-son  «Yo`qlama 

qilishni  tashkil  etish  va  o`tkazish»  nomli  BHMS  ga  muvofiq  to`g`ri 

o`tkazilganligini  tekshirishdir.  Agar,  qimmatli  qogozlar  subyekt  kassasida 

saqlansa, ularning inventarizatsiyasi har oyda pul mablag`larining tekshiruvi bilan 

birgalikda  o`tkazilishi  lozim.  Har  bir  qimmatli  qog`ozning  rekvizitlari  subyekt 

buxgalteriyasida  saqlanadigan  ro`yxatnomalar  (reestrlar,  daftarlar)  ma'lumotlari 

bilan solishtiriladi. Maxsuslashtirilgan idoralarga saqlash uchun berilgan qimmatli 

qog`ozlarning  inventarizatsiyasi  tegishli  hisob  schyotlarida  hisobga  olingan 

summalar  qoldig`ini  mazkur  maxsuslashtirilgan  idoralardan  olingan  ko`chirma 

ma'lumotlari bilan solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. 

Zarur  bo`lsa,  auditor  moliyaviy  investitsiyalar  bo`yicha  yoppasiga 

inventarizatsiyani o`tkazishi mumkin. 

Moliyaviy  investitsiyalarni  inventarizatsiyadan  o`tkazishning  xususiyati 

nafaqat  qimmatli  qog`ozlarning  haqiqatda  mavjudligi,  balki  ularni  qiymatini 

shakllantirish va baholash bo`yicha haqiqiy xarajatlarni aniqlashdan iboratdir.  

Shuni  ta'kidlash  joizki,  moliyaviy  investitsiyalarni  auditorlik  tekshiruvidan 

o`tkazish uslubiyoti hali respublikamizda to`liq ishlab chiqilmagan. 

Moliyaviy  hisobotlar  investitsiya  faoliyatining  miqyoslari,  yo`nalishlari  va 

tavsifini, uning subyekt moliyaviy faoliyati, istiqboliga ta'sirini ochib berish uchun 

xizmat  qiladi.  Ulardan  zarur  axborotlarni  olish  tashqi  foydalanuvchilarda  va 

tahlilchilarda  subyektning  mulkiy  va  moliyaviy  faoliyati  haqida  to`liq  va  aniq 

ma'lumot shakllanishiga yordamlashadi. 

Bunday axborotlarga quyidagilar to`g`risidagi ma'lumotlar kiradi:  

- sotib olingan qimmatli qog`ozlarning umumiy qiymati;  

- qimmatli qog`ozlardan olingan daromad (dividendlar va foizlar);  

- qimmatli qog`ozlarni ayrim toifalarga taqsimlash;  

-  kotirovkasi  muttasil  e'lon  qilinmaydigan  qimmatli  qog`ozlarning  taxmin 

qilinayotgan  bozor qiymati  (u holda baholash  metodlari  va  usullari subyekt hisob 

siyosatidan kelib chiqqan holda bayon qilingan boshqaruv xodimlarining baholashi 

bo`lishi mumkin);  

- aksiya qiymatining o`zgarishlari;  

-qimmatli  qog`ozlarni  sotish  natijasida  vujudga  kelgan,  ko`zda  tutilmagan 

daromadlar va zararlar (agar ular sezilarli darajada bo`lsa);  

-  subyekt  investitsiyasida  salmoqli  o`rin  egallovchi  qimmatli  qog`ozlarga 

qilingan investitsiyalar.  

Bulardan tashqari, qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar to`g`risidagi 

ma'lumotlarni  tavsiflashda  foydalanilgan  usullar  mohiyati  maxsus  ochib  berilishi 

lozim. 



130 

 

Bu  ma'lumotlar  moliyaviy  hisobotning  qiymat  ko`rsatkichlarini  baholash 



uchun  zarur.  Qimmatli  qog`ozlar  auditi  qimmatli  qog`ozlarga  taalluqli  moliyaviy 

hisobot ma'lumotlarining haqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi. 

Bunday  tekshiruv  subyektning  naqd  pullarini  tekshirishdagi  kabi  yo`qlama 

o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.  

«Moliyaviy  investitsiyalar  yo`qlama  qilinganda  qimmatli  qog`ozlarga  va 

boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga qilingan haqiqiy xarajatlar, shuningdek 

boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi va quyidagilar aniqlanadi: 

- qimmatli qog`ozlarni to`g`ri rasmiylashtirilgani; 

- qimmatli qog`ozlarning butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi 

ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali); 

- qimmatli qog`ozlar bo`yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida 

o`z vaqtida va to`liq aks ettirilishi. 

-  qimmatli  qog`ozlarni  yo`qlama  qilish,  alohida  emitentlar  bo`yicha 

o`tkazilib,  dalolatnomada  nomi,  seriyasi,  raqami,  nominal  va  haqiqiy  qiymati, 

uzish muddatlari va umumiy summasi ko`rsatiladi»

1



«Yo`qlama (inventarizatsiya) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: 

- ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; 

-  haqiqatda  mavjud  qoldiqlarini  buxgalteriya  hisobi  ma'lumotlari  bilan 

taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o`rnatish;  

-  qimmatli  qog`ozlardan  olinadigan  daromadlarning  to`liqligi  va  o`z 

vaqtidaligini tekshirish;  

-  ularning  saqlanishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratilganligini  tekshirish 

(subyektda saqlanganida);  

- qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq daromadlar va yo`qotishlarni hisobda aks 

ettirishning haqqoniyligini aniqlash»

2




Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish