Amaliy audit


Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
5.3. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati 
va to`liqligini tekshirish 
Tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi 19-son BHMS
1
da belgilab berilgan. Unga ko`ra, inventarizatsiyaning asosiy maqsadi mol-mulkning 
haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi 
ma'lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to`g`ri aks ettirilganligini 
tekshirishdir. 
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat'iynazar, 
xojalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xojalik yurituvchi subyektga 
1
19-son «Inventarlashni tashkil qilish va o’tkazish» nomli BHMS 1999-yil 19-oktyabrda EG/17-19- 2075-son bilan 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son 
bilan ro’yxatga olingan. 


325 
qarashli bo`lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas'uliyatli saqlanishda 
bo`lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, 
shuningdek, biror-bir sababga ko`ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi 
kerak. 
Mol-mulkning inventarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy javobgar 
shaxs bo`yicha o`tkaziladi. 
Quyidagi hollarda inventarizatsiya o`tkazilishi shart: 
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat 
subyekti o`zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog`da qonunchilikda 
nazarda tutilgan hollarda; 
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 1-
oktabridan kechiktirmay o`tkaziladigan mol-mulkdan tashqari.
4-son BHMS
1
ga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta 
inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag`lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat'iy hisobdagi 
blanklar oyda bir marta, yonilg`i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har 
chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo`riqnomalariga muvofiq inventarizatsiya 
qilinadi. 
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan subyektlarda ishlab chiqarish 
zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarizatsiya 
qilinadi: 
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; 
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish 
kunida); 
- o`g`irlik yoki suiiste'mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari 
aniqlanganda; 
- tabiiy ofatlar, yong`inlar falokatlar yoki g`ayritabiiy sharoitlar yuzaga 
keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; 
- xojalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish 
(ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa 
rahbari o`zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a'zolari chiqib ketganda, 
shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a'zosi talabi bilan o`tkaziladi. 
Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar miqdori, ularni o`tkazish sanasi, mol-mulk 
va moliyaviy majburiyatlar ro`yxati xojalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan 
belgilanadi. 
Inventarizatsiyani o`tkazish uchun xojalik yurituvchi subyektlar tarkibida:
- xojalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o`rinbosari (komissiya raisi); 
- bosh buxgalter; 
- boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) 
bo`lgan doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. 
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xojalik yurituvchi subyektning ichki 
audit vakillari kiritilishi mumkin. 
1
4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS. O’zbekitson Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 28-avgutsda 
ro’yxatga olingan. 


326 
Ishlar hajmi katta bo`lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni 
inventarizatsiyani bir vaqtda o`tkazish uchun tarkibida: 
- inventarizatsiyani tayinlagan xojalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili 
(komissiya raisi); 
- mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, 
iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo`lgan ishchi inventarizatsiya 
komissiyalari tuziladi. 
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan boyliklar, narxlar va 
birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. 
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta 
ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. 
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy 
tarkibini xojalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi. 
Inventarizatsiyani o`tkazish chog`ida komissiyaning aqalli bitta a'zosi yo`q 
bo`lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo`lib 
xizmat qiladi. 
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari: 
- boyliklar saqlanishini ta'minlashga doir profilaktika ishlarini o`tkazadi, 
zarurat bo`lganda o`z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo`yicha sex, 
bo`lim, shuba rahbarlarining axborotlarini tinglaydi; 
- inventarizatsiya o`tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya 
komissiyalari a'zolariga yo`l-yo`riq beradi; 
- inventarizatsiya to`g`ri o`tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga 
oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash 
joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarizatsiyadan o`tkazadi; 
- inventarizatsiya natijalari to`g`ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, 
omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni 
qayta navlarga ajratish bo`yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi; 
- zarur hollarda (inventarizatsiyani o`tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi 
aniqlangan va boshqa hollarda) xojalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig`iga 
binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o`tkazadi; 
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa 
buzilishlarga yo`l qo`ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko`rib chiqadi va 
aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko`rilgan talafotlarni bir 
izga solish tartibi to`g`risida taklif beradilar. 
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari: 
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag`lari 
inventarizatsiyani amalga oshiradi; 
- xojalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya 
natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish 
chog`idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo`qolish me'yorlari 
doirasida kamomadlarni hisobdan o`chirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi; 
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, 
hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish 


327 
masalalari, shuningdek, me'yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni 
sotish bo`yicha takliflar kiritadi; 
quyidagi hollarda: 
a) 
xojalik 
yurituvchi 
subyekt 
rahbarining 
buyrug`iga 
muvofiq 
inventarizatsiyani o`z vaqtida o`tkazish va uni o`tkazish tartibiga rioya qilish uchun; 
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, 
pul mablag`lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risidagi ma'lumotlar 
ro`yxatga to`liq va aniq qayd etilishi uchun; 
v) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari 
(turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo`yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) 
ro`yxatda to`g`ri ko`rsatilishi uchun; 
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to`g`ri va o`z 
vaqtda rasmiylashtirilishi uchun javob beradi. 
Inventarizatsiya komissiyalari a'zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar 
kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida 
ro`yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risida ataylab noto`g`ri 
ma'lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka 
tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin 
inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so`nggi kirim-chiqim 
hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag`lari harakati to`g`risidagi 
hisobotlarni olishi kerak. 
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-
chiqim hujjatlariga "inventarizatsiyagacha ...da (sana)" deb ko`rsatgan holda viza 
qo`yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma'lumotlari bo`yicha inventarizatsiyani 
boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qilishi 
kerak. 


328 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish