Amaliy audit


Tovar-moddiy zaxiralari bilan bog`liq boshqa muomalalar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

5.2. Tovar-moddiy zaxiralari bilan bog`liq boshqa muomalalar auditi 
Ombor xo`jaligining ahvoli va tovar-moddiy zaxiralar saqlanishini tekshirish 
eng muhim auditorlik amallaridan biri bo`lib hisoblanadi. Subyekt faoliyatining 
ushbu sohasini har tomonlama o`rganish uchun auditor omborlar, sexlar va ishlab 
chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish 
zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong`in xavfining oldini olish, omborlarning 
qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to`g`ri ishlatilishi, 
ombor binolarini qo`riqlash holati ham o`rganiladi. Ombor xo`jaligining qoniqarsiz 
tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past 
darajada ekanligidan dalolat beradi. 
O`rganish jarayonida moddiy qiymatlikdarni qabul qilish, saqlash va berishga 
aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e'tibor 
qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul 
qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o`lchovlarda 
hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko`rsatilgan 
standartlar yoki yo`riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga 
taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta'minlashning muhim shartlaridan biri 
hisoblanadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylarini ko`zdan kechirish mobaynida 
moddiy javobgar shaxslardagi hujjatlar bo`yicha ular qiymatliklarni qabul qilish va 
berishni rasmiylashtirish, hamda omborxona hisobi daftari yoki kartochkalariga 
yozishni o`z vaqtida amalga oshirilayotganligi tekshiriladi. Hisobga olinmagan 
oshiqcha materiallar va tayyor mahsulotlar quyidagi yo`llar bilan vujudga kelishi 
mumkin: 
- tayyor mahsulotlarni tayyorlash mobaynida xomashyolarni almashtirish;
- xomashyo va materiallarni topshiruvchilarning og`irlikdan urib qolishi, 
namligini oshirib ko`rsatish va ularning navlarini pasaytirish;
tayyor mahsulotlarni haridorlarga jo`natish mobaynida o`lchovdan, hisobdan 
va tarozidan urib qolishlar; 
moddiy qiymatliklarni yuklash, tashish, tushirish yoki saqlash mobaynida 
yo`qolgan deb asossiz dalolatnomalar tuzish va shunga o`xshash. 
Hisobga olinmagan oshiqcha materiallar odatda alohida saqlanadi. Ularni 
aniqlash uchun omborxona hisobi daftari yoki kartochkalari ma'lumotlaridan 
foydalaniladi. Agar hisobga olinmagan oshiqcha materiallar bo`lsa, alohida turdagi 
materiallarning ma'lum davrlardagi chiqimi, qoidaga ko`ra, ularning kirimidan oshib 


323 
ketadi. Bunday oshiqcha sarflashlar shu nomdagi materiallarning keyingi tushumlari 
va kirimlari hisobidan qoplanadi. 
Ombor xo`jaligini ko`zdan kechirish va moddiy qiymatliklar saqlanishining 
nazoratini hujjatlar asosida tekshirish bilan izchil amalga oshirish tovar-moddiy 
zaxiralarning saqlanishi to`g`risida asoslangan xulosalar qilish va profilaktik tadbirlar 
ishlab chiqish imkonini beradi. 
Tovar-moddiy zaxiralarining to`liq kirim qilinishini tekshirish mobaynida 
auditor mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, 
talangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo`yicha QQS ni qoplash 
tartibini hisobga olishi zarur. 
Tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi mol yetkazib 
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport 
yuk xatlar, schyot-fakturalar, qadoqlash yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul 
kvitansiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi. 
Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi 
hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan 
solishtirish omborxonada sodir bo`lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy 
usuli hisoblanadi. 
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik 
tekshiruvning obyekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan 
moddiy qiymatliklarning assortimenti va etkazib berish muddatlari to`g`risidagi 
ma'lumotlarni mol etkazib beruvchilar bo`yicha olish mumkin. Auditor bunday 
hisobning mijoz-subyektda qanday tashkil etilganligini o`rganadi. Xususan, har bir 
mol etkazib beruvchi bo`yicha shartnomada materiallarning etkazib berilish 
muddatlari va assortimenti ko`rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan 
materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko`rsatilgan holda qabul qilinganligi 
tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash 
uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma'lumotlar bilan 
taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol etkazib berish 
shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo`yicha auditor 
tekshirilayotgan davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga oshirilganligini 
aniqlashi mumkin. 
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga 
ega bo`lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo`lsa, auditor harid 
dalolatnomalarining mavjudligi va to`g`ri rasmiylashtirilganligiga e'tibor qaratadi. 
Harid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo`lishi lozim: sotuvchining 
pasport ma'lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va qiymati. 
Olingan moddiy qiymatliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni 
qabul qilib oluvchi shtamp bosilgan mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi 
hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko`ra 
ayrim boshqa hujjatlar kiradi. 
Sotib olingan moddiy qiymatliklarning to`g`ri baholanishi va to`liq kirim 
qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan 
vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari 


324 
ma'lumotlariga mosligini aniqlaydi. 
6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» 
(joriy qismi) va 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan 
schyotlar» (uzoq muddatli qismi) bo`yicha sintetik hisob registrlari ma'lumotlari, 
hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo`yicha auditor olingan materiallarning 
miqdorini va yuklarni qabul qilishning to`g`ri rasmiylashtirilishini aniqlaydi. Buning 
uchun mol yetkazib beruvchilarning puli to`langan schyotlari va boshqa to`lov 
hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari, hamda omborxona hisobi 
kartochkalaridagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. 
Moddiy qiymatliklarning to`liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol 
yetkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol 
yetkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e'tibor qaratadi. Buning 
uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, 
shartnomalar va mol yetkazib beruvchilarga to`langanlik to`g`risidagi pul hujjatlari 
ma'lumotlari bilan solishtiradi. 
Tovar-moddiy zaxiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo`yicha 
tekshirish mobaynida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; 
qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan 
tafovut dalolatnomalarining to`g`ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar 
hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgalteriyaga o`z vaqtida taqdim 
qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlarni qarama-qarshi tekshiruvdan 
o`tkazish zarur. 
Moddiy qiymatliklarning to`liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar 
mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor 
olingan moddiy qiymatliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning dalolatnomalar 
bilan to`g`ri rasmiylashtirilganligi va mol yetkazib beruvchilarga yoki transport 
tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo`l kompaniyasi) o`z vaqtida da'vo 
qo`zg`atilganligini 
o`rganadi. 
Ayrim 
hollarda 
bunday 
tafovutlar 
moddiy 
qiymatliklarni 
o`zlashtirish 
va 
kamomadni 
yashirish 
maqsadida 
qalbaki 
dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish