Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib,
auditorlik dalolatnomasini tuzing.
4. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan mijoz-korxona QQS to’lovchi korxona bo’lib, u Prezidentning
27.01.2009 yildagi PQ-1048-son qarori bilan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan va soliqlar
bo’yicha imtiyozlarga ega. Mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan import qilinadigan xom ashyoning bojxona rasmiylashtiruvi chog’ida BYuDning
"bojxona bojlari va yig’imlarini hisoblab chiqarish" ustunida 2 000 000 so’m, "to’lov" ustunida - 00
(to’lovsiz), "QQS" ustunida - 4 800 000 so’m, "to’lov" ustunida - 00 (to’lovsiz) ko’rsatilgan. Bojlar
va QQS to’lanmagan. Imtiyozlarning umumiy summasi - 6 800 000 so’mdan quyidagicha
foydalanilgan: 4 000 000 so’mlik asbob-uskuna olindi, ishchilarga ish haqi - 1 500 000 so’m
to’landi, xom ashyoni temir yo’lda tashish xarajatlari - 700 000 so’m, elektr energiyasi xarajatlari -
600 000 so’m. Realizatsiya qilingan tovarlar bo’yicha QQS 4 200 000 so’mni tashkil qilgan.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirgan ma’lumotlarga ko’ra korxonada QQS bo’yicha
600 000 so’m (4 200 000 - 4 800 000) miqdorida ortiqcha to’lov hosil bo’lgan deb baholagan va
yuqoridagi muomalalar quyidagicha buxgalteriya provodkalari bilan hisobga olingan:
Xo’jalik operatsiyasining mazmuni Summa (so’m) Buxgalteriya provodkalari Debet Kredit Bojxona boji hisoblab yozilgan
2 000 000
1510
6890
Xom ashyo importida QQS hisoblab yozilgan
4 800 000
4411
9431
QQSni hisobga kiritish aks ettirilgan
4 800 000
6510
4491
Bo’shagan summalar aks ettirilgan
4 800 000
2 000 000
6990
8940
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib,
auditorlik dalolatnomasini tuzing.
4. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.