11.5. Zaxira kapitali auditi
Zaxira kapitali, agar Nizomda ko`zda tutilgan bo`lsa, sof foydani zaxira qilish
yo`li bilan xususiy kapitalni to`ldirib borish uchun tashkil etiladi. O`zbekiston
430
Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat
Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom kapitalidan 15% kam bo`lmagan miqdorda
zaxira kapitali tashkil etish huquqiga ega.
21-son BHMS ga ko`ra, «Korxona ta'sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan
shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan
inflyatsiya rezervlari, pul mablag`laridan tashqari tekinga olingan mulklar
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - «Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar»;
8520 - «Rezerv kapitali»;
8530 - «Tekinga olingan mulk».
Auditor zaxira kapitali hisobi bo`yicha buxgalteriya o`tkazmalari to`g`ri
ekanligini tekshirishi lozim.
Korxona Nizom kapitalini xorijiy kapital ishtirokida shakllantirishda
qo`shilgan kapital deb ko`rsatiladigan kurs farqi hosil bo`lishi mumkin.
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy qiymatliklar,
nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta'sis hujjatlarida va dastlabki
kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin.
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to`g`ri tashkil etilganligi va
to`ldirilganligi, ya'ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira kapitali
Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy vositalarni) qayta
baholashdan hosil bo`lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko`payishiga
o`tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-mulkning barchasi zaxira kapitalning
ko`payishiga o`tkazilganligini tekshiradi. Tekshirish manbasi bo`lib korxona Nizomi,
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qayta baholash to`g`risidagi qarori, qayta
baholash bo`yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to`g`risida shartnomalar,
qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar (avizo) va boshqalar
hisoblanadi.
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati tugatilganda
ish haqi va soliqlarni budjetga to`lash, inflyatsiya bo`yicha zararlarni qoplash,
aksiyadorlik jamiyati hay'ati qaroriga muvofiq Nizom kapitalini to`ldirish, qayta
baholash summalarini qoplash va aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo`nalishlari
uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo`qligi yoki u
yetarli emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo`yicha dividendlarni to`lash
uchun yo`llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag`lari korxona xodimlariga moddiy yordam
ko`rsatishga, mehnatga haq to`lashga yoki mukofotlar to`lashga ishlatilganligi
holatlari bilan to`qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor zaxira kapitali ishlatilishini
zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil qilish yo`li orqali ta'sischilar bilan hisob-
kitoblar hisobi va taqsimlanmagan foyda schyotlari bilan korrespondentlanishini
sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
431
Do'stlaringiz bilan baham: |