6
-MAVZU. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH,
TANNARX HISOBLASH VA SOTISH BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
329
REJA:
6.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me'yoriy asoslari va
xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
6.2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi
6.3. Davr xarajatlari auditi
6.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, me'yoriy asoslari va
xususiyatlari. Auditining rejasi va dasturini tuzish
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – tovar-moddiy zaxiralarini (materiallar,
mehnat va ustama xarajatlar) yakuniy mahsulotga aylantirishdir. Bu holatda
auditning maqsadi ishlab chiqarish xarajatlarini asosli shakllanganligi va to`g`ri
hisobga olinganligini tekshirishdan iborat, chunki, pirovard natijada, ishlab
chiqarilgan mahsulot (sotib olingan tovar) larning sotishdan olingan yakuniy
moliyaviy natijaning ishonchliligi ularga bog`liq. Ishlab chiqarish xarajatlari, davr
xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar auditining vazifalari
quyidagilardan iborat:
a) dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma'lumotlari bo`yicha ishlab chiqarish
xarajatlari, davr va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlarning tarkibi va tizimini
o`rganish;
b) ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha
xarajatlar bilan bog`liq bo`lgan muomalalar buxgalteriya hisobida to`g`ri aks
etirilganligini aniqlash;
v) ma'lumotlar to`plash uchun auditorlik muolajalarini amalga oshirish va h.k.
Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar bo`yicha operatsiyalar to`g`risida
ma'lumot manbalari quyidagilar hisoblanadi:
-
yuk xatlari, talabnomalar, materiallarni cheklab olish haritalari;
-
buyurtma-varaqalar (zakaz-naryad);
-
ish vaqtini hisobga olish tabellari;
330
-
hisob-kitob varaqalari;
-
2010, 2310, 2510-sonli va boshqa schyotlar bo`yicha hisob registrlari
(jurnal-orderlar, qaydnomalar va h.k.);
Bosh kitob va boshqalar.
Tekshiruv obyektini tartibga soluvchi asosiy qonunchilikka oid va me'yoriy
hujjatlar bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002-yil 30-avgust holatiga
o`zgartirishlar bilan. 1996-yil 29-avgustda 257-1- sonli O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi qarori bilan 1997-yil 1-martdan kuchga kirgan.
2.
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008 yil..
3.
O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida» gi qonuni. 1996-
yil 30-avgustda tasdiqlangan.
4.
O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida» gi qonuni (yangi
tahriri). 2000-yil 26-mayda tasdiqlangan
5.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish
bo`yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi
Nizom».
6.
21-sonli «Xojalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xojalik faoliyatining
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo`llash haqida yo`riqnoma». 2002-yil
9-sentyabrda 103-son bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan va 2002-yil 23-oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan
ro`yxatga olingan.
7.
4-sonli «Tovar moddiy zahiralari» O`zbekiston Respublikasi BHMS. 1998-yil
28-avgustda 486-son bilan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatga
olingan.
8.
Umumdavlat soliqlarini hisoblash va budjetga to`lash to`g`risida
yo`riqnomalar.
9.
Mahalliy soliqlar va yig`imlarni hisoblash va budjetga to`lash to`g`risida
yo`riqnomalar.
10.
O`zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. -T.:
O`BAMA-2004.
11.
Moliyaviy hisobot shakllari, 2002-yil 27-dekabrda O`zR Moliya vazirining
140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.
Auditor ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat
bo`yicha xarajatlar tizimini yoppasiga o`rganib chiqadi. Lekin, auditning yuqorida
qayd etilgan maqsadi - ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, davr xarajatlari va
moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar auditini bajarishga kirishishdan avval, ishlab
chiqarish va xarajatlar jarayoni bo`yicha ichki nazorat tizimining kuchli va zaif
331
tomonlarini baholash maqsadida dastlabki sharhni tayyorlash lozim. Sharh
natijalariga ko`ra subyekt ma'muriyatining ishlab chiqarish xarajatlari, davr
xarajatlari va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlarga nisbatan bo`lgan munosabati
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy natijalar auditining
obyekti quyidagi 6.1-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |