Amaliy audit


 Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

4.2. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi
 
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditorlik muolajalaridan 
biri, inventarizatsiya O`zbekiston Respublikasi 19-son «Yo`qlama qilishni tashkil etish 
va o`tkazish» nomli BHMS ga muvofiq to`g`ri o`tkazilganligini tekshirishdir. Agar, 
qimmatli qogozlar subyekt kassasida saqlansa, ularning inventarizatsiyasi har oyda 
pul mablag`larining tekshiruvi bilan birgalikda o`tkazilishi lozim. Har bir qimmatli 
qog`ozning rekvizitlari subyekt buxgalteriyasida saqlanadigan ro`yxatnomalar 
(reestrlar, daftarlar) ma'lumotlari bilan solishtiriladi. Maxsuslashtirilgan idoralarga 
saqlash uchun berilgan qimmatli qog`ozlarning inventarizatsiyasi tegishli hisob 
schyotlarida hisobga olingan summalar qoldig`ini mazkur maxsuslashtirilgan 
idoralardan olingan ko`chirma ma'lumotlari bilan solishtirish yo`li bilan amalga 
oshiriladi. 
Zarur bo`lsa, auditor moliyaviy investitsiyalar bo`yicha yoppasiga 
inventarizatsiyani o`tkazishi mumkin. 
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazishning xususiyati nafaqat 
qimmatli qog`ozlarning haqiqatda mavjudligi, balki ularni qiymatini shakllantirish va 
baholash bo`yicha haqiqiy xarajatlarni aniqlashdan iboratdir.
Shuni ta'kidlash joizki, moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan 
o`tkazish uslubiyoti hali respublikamizda to`liq ishlab chiqilmagan. 
Moliyaviy hisobotlar investitsiya faoliyatining miqyoslari, yo`nalishlari va 
tavsifini, uning subyekt moliyaviy faoliyati, istiqboliga ta'sirini ochib berish uchun 
xizmat qiladi. Ulardan zarur axborotlarni olish tashqi foydalanuvchilarda va 
tahlilchilarda subyektning mulkiy va moliyaviy faoliyati haqida to`liq va aniq 
ma'lumot shakllanishiga yordamlashadi. 


305 
Bunday axborotlarga quyidagilar to`g`risidagi ma'lumotlar kiradi:
- sotib olingan qimmatli qog`ozlarning umumiy qiymati;
- qimmatli qog`ozlardan olingan daromad (dividendlar va foizlar);
- qimmatli qog`ozlarni ayrim toifalarga taqsimlash;
- kotirovkasi muttasil e'lon qilinmaydigan qimmatli qog`ozlarning taxmin 
qilinayotgan bozor qiymati (u holda baholash metodlari va usullari subyekt hisob 
siyosatidan kelib chiqqan holda bayon qilingan boshqaruv xodimlarining baholashi 
bo`lishi mumkin);
- aksiya qiymatining o`zgarishlari;
-qimmatli qog`ozlarni sotish natijasida vujudga kelgan, ko`zda tutilmagan 
daromadlar va zararlar (agar ular sezilarli darajada bo`lsa);
- subyekt investitsiyasida salmoqli o`rin egallovchi qimmatli qog`ozlarga 
qilingan investitsiyalar.
Bulardan tashqari, qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar to`g`risidagi 
ma'lumotlarni tavsiflashda foydalanilgan usullar mohiyati maxsus ochib berilishi 
lozim. 
Bu ma'lumotlar moliyaviy hisobotning qiymat ko`rsatkichlarini baholash uchun 
zarur. Qimmatli qog`ozlar auditi qimmatli qog`ozlarga taalluqli moliyaviy hisobot 
ma'lumotlarining haqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi. 
Bunday tekshiruv subyektning naqd pullarini tekshirishdagi kabi yo`qlama 
o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
«Moliyaviy investitsiyalar yo`qlama qilinganda qimmatli qog`ozlarga va 
boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga qilingan haqiqiy xarajatlar, shuningdek 
boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi va quyidagilar aniqlanadi: 
- qimmatli qog`ozlarni to`g`ri rasmiylashtirilgani; 
- qimmatli qog`ozlarning butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi 
ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali); 
- qimmatli qog`ozlar bo`yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida 
o`z vaqtida va to`liq aks ettirilishi. 


306 
- qimmatli qog`ozlarni yo`qlama qilish, alohida emitentlar bo`yicha o`tkazilib, 
dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari 
va umumiy summasi ko`rsatiladi»
1

«Yo`qlama (inventarizatsiya) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: 
- ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; 
- haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan 
taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o`rnatish;
- qimmatli qog`ozlardan olinadigan daromadlarning to`liqligi va o`z 
vaqtidaligini tekshirish;
- ularning saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini tekshirish 
(subyektda saqlanganida);
- qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq daromadlar va yo`qotishlarni hisobda aks 
ettirishning haqqoniyligini aniqlash»
2


Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish