Amaliy audit


 Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
13.2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi 
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va 
baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish 
maqsadga muvofiqdir:
 
1.Audit haqida shartnoma ko`zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-
xojalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o`tkazish to`g`risida hisobot. 
2.Moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasi. 
O`zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonunning 
18-moddasiga muvofiq: «Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, 
buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlanagan chetga 
chiqishlar, 
moliyaviy 
hisobotdagi 
qoidabuzarliklar 
to`g`risidagi 
mufassal 
ma`lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o`tkazish natijasida olingan boshqa 
axborotdan iborat bo`lgan va xojalik yurituvchi subekt rahbariga, mulkdorga 
qatnashchilarining umumiy yig`ilishiga yo`llangan hujjat».
70-sonli «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to`g`risida»gi auditorlik 
xulosasi nomli AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi tarkibi quyidagicha: 
a) nomi; 
b) adresat nomi; 
v) kirish qismi; 
g) tahlil qismi; 
d) yakuniy qism. 
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o`tkazgan 
auditor tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik 
tekshiruvining 
buyurtmachisiga 
buyurtmachining 
barcha 
zarur 
rekvizitlari 
ko`rsatilgan holda jo`natiladi. 
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu 
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami 
va sanasi, auditorlik va auditorlar tekshiruvidan qatnashgan boshqa shaxslar haqida 
ma`lumotlar hamda auditorlik tekshiruvini o`tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi 
subekt faoliyatining umumiy tavsifi ko`rsatiladi. 
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga 
tayanadi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
- xojalik yurituvchi subektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari 
(batafsil bayoni); 
- buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish natijalari; 


450 
- moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirish mobaynida qonunchilikka rioya 
qilinishini tekshirish natijalari; 
- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblash hamda to`lashning 
to`g`riligini tekshirish natijalari; 
- aktivlar (mablag`lar) saqlanishini tekshirish natijalari. 
Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari to`g`risidagi 
axborotlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
- ichki nazorat tizimi xojalik yurituvchi subyekt faoliyati tavsifi va 
miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash; 
- auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan, ichki nazorat tizimining xojalik 
yurituvchi subyekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos kelmaslik holatlarini 
bayon qilish. 
Xojalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining 
ahvolini tekshirish natijalari to`g`risidagi axborotlar quyidagilarni o`z ichiga olishi 
lozim: 
- buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning 
belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibini 
auditorlik tekshiruvidan o`tkazish jarayonida aniqlangan katta qoidabuzarlik 
holatlarini bayon qilish.
Xojalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xojalik faoliyatini amalga 
oshirish mobaynida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to`g`risidagi 
axborotlar quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: 
- xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliya-xojalik 
muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash; 
- xojalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xojalik 
muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazish jarayonida aniqlangan katta 
nomuvofiqliklarni bayon qilish. 
Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblash hamda to`lashning 
to`g`riligini tekshirish natijalari to`g`risidagi axborotlar quyidagilarni o`z ichiga
olishi lozim: 
- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha tuzilgan va tegishli organlarga 
taqdim qilingan hisob-kitoblarning to`g`riligini baholash; 
- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblashning belgilangan tartibini 
buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish. 
Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari ularni inventarizasiya qilishga 
asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to`g`risidagi axborotlarni 
o`z ichiga olishi lozim. 
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va 
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo`yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda 
xojalik yurituvchi subyektning moliya-xojalik faoliyati samaradorligini oshirish 
bo`yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. 
70-sonli AFMS ga muvofiq, «Auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti 
uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik 


451 
hisobotidagi axborotlar mahfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. Ushbu 
axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka
muvofiq javobgarlikka tortiladi»
1
.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona moliya-
xojalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, buxgalteriya 
hisobini yuritish va hisobot tuzish holati, tahlil ishlarining darajasi hamda 
korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. Auditorlik hisoboti 
ma'lumotlari 
korxona 
bozor 
sharoitlariga 
qanday 
moslashayotganligi 
va 
muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko`paytira olishga qodirligini yoki 
aksinchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan korxonadagi ahvol bezab 
ko`rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot haqiqiy bo`lgandagina 
ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks 
holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni o`tkazish uchun sarflangan mablag` esa 
zoe ketadi. 
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo`yicha ularni bartaraf qilishga 
qaratilgan o`z takliflarini ham ko`rsatib o`tishi lozim. Lekin tekshirilayotgan korxona 
xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o`zi dastlabki hujjatlar, 
hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to`g`rilashi mutlaqo 
mumkin emas.
Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib 
yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash 
maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz'yiqlar o`tkazgan hollarda ular qat'iylik 
va prinsipiallik bilan ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to`g`risida korxona rahbariyatiga 
bildiradi va ularni tuzatish bo`yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalteriya (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va 
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha ko`rsatilgan 
kamchiliklar audit o`tkazish mobaynida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa, 
moliyaviy hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi to`g`risida 
auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish