77
1– Masala Muddatdan ilgari iskirish oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 135000 so’mdan
bo’lgan muzlatgich hisobdan chiqarilgan. Muzlatgichlardan birining amortizatsiya ajratmalari
118000 so’mni, ikkinchisiniki esa 120000 so’mni tashkil qilgan. Amortizatsiya to’liq
hisoblanmaganligi sababi tugatish dalolatnomasida ko’rsatib o’tilgan. Tugatish dalolatnomasida
amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligi sababli ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo’qligi deb
ko’rsatilgan. Dalolatnoma rahbarlar tomonidan tasdiqlangan. Ishchilariga demontaj uchun 3750 so’m
ish haqi hisoblangan 4000 so’m metalalom hamda 9500 so’mlik ehtiyot qismlar kirim qilingan.
Natijada 30650 so’m 85 / 32 schyotga hisobdan chiqarilgan.
2– Masala Auditorlik tekshirish jarayonida shu narsa aniqlanadiki, tekshirish davrida
tasdiqlangan dalolatnomaga muvofiq eskirish natijasida 2 dona yuk ko’taradigan uskunalar hisobdan
chiqarilgan. Ular bo’yicha amortizatsiya summasi 14000000 so’mni tashkil etadi. Hisobdan chiqarish
natijasida 3000000 so’mlik metallom kirimga olingan. Yuk ko’targich uskunalarni demontaj qismi
uchun ishchilarga 280000 so’m ish haqi hisoblangan va 20 – 0 “asosiy ishlab chiqarish schyotiga ”
o’tkazilgan. Kirimga olingan metallom buxgalteriya hisobida 1090 schyotining debeti va 9320
schyotining kreditiga yozuv qilingan. Har bir yuk ko’targich uskunasining tugatish natijalari alohida
hisobga olinmagan va tegishli analitik schyotlarda aks ettirilmagan. Dalolatnomada ko’rsatilishicha
yuk ko’tarish uskunalarini muddatidan ilgari hisobdan chiqarilishiga asosiy sabab undan uzluksiz
ravishda foydalanilganligi va yuqori namlik joyda ishlatilishi natijasida ekanligi ko’rsatilgan.
Buxgalteriya hisobi registrlarda quydagicha yozuv qilingan:
D – t 9210 sch, k – t 0130 sch – 18000000 so’m
D – t 0230 sch, k – t 9210 sch – 14000000 so’m
D – t 9431 sch, k – t 9210 sch – 40300000 so’m
D – t 1040 sch, k – t 9210 sch – 30000000 so’m
D – t 2010 sch, k – t 6710 sch – 28000000 so’m
3– Masala Tashkilot balansida avtomobil mavjud. Avtomobilning boshlang’ich qiymati
1000000 so’m. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalari 200000 so’m. Avtomobil boshqa bir korxona
aybi bilan avtomobil halokatga uchradi. Sud eksperti ma’lumotiga ko’ra tiklash xarajatlari 180000
so’mni tashkil etdi. Avto halokat sababchisi bo’lgan korxona QQS bilan birgalikda avtomobil uchun
20.02. sanadan 480000 so’m o’tkazib berdi. Olingan avans bo’yicha byudjetga QQS summasi
o’tkazib berildi. Tashkilot oldida muammoni hal qilishni ikkita yo’li mavjud.
01.03. sanada QQS bilan birgalikda haqiqiy xharajatlar 540000 so’mni tashkil qilgan.
Avtomobilni hisobdan chiqarish hamda uni ehtiyot qismlarga ajratish va ularni sotish
mumkin.
3– Maslala Xo’jalik yurituvchi sub’ekt VAZ 2109 rusumli engil avtomobil sotib oldi. Schyot
bo’yicha uning narxi QQS bilan birgalikda 384000 so’m qilib ko’rsatilgan.
Asosiy vositalarni sotib olish schyoti to’langan. Asosiy vosita balansga kirim qilingan hamda
byudjetga QQS summasi o’tkazilgan. Buxgalteriya hisobida quydagi buxgalteriya yozuvlari
qilingan.
Muomala mazmuni
Hujjat
D – t
K – t
Summa (ming.
so’m)
Avtomobil uchun schyot to’lanadi
Avtomobil kirim qilindi
QQS summasiga
Avtomobil ekspulatatsiyaga topshirildi
Schyot
Yuk xati
Yuk xati
OS – 1 kirimga olish
dalolatnomasi
7010
0820
6410
0160
5110
7010
7010
0820
384000
320000
64000
320000