4. Qo`shilgan kapital auditi
Qo`shilgan kapitalning tekshiruvi qo`shilgan kapital hisobi schyotlari
bo`yicha amalga oshiriladi. Ushbu schyotlar Aksiyalarni nominal qiymatidan
yuqori bo`lgan narxlar bo`yicha birinchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya
daromadi va Nizom kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish
uchun mo`ljallangan.
Auditor ushbu kapital to`g`ri shakllanishi va to`ldirilishini tekshirishi lozim.
21-son BHMS
1
ga muvofiq, oddiy va imtiyozli aksiyadan olingan, nominal
qiymat summasidan yuqori bo`lgan qo`shilgan kapital mavjudligi va harakati
to`g`risidagi
axborotlarni
umumlashtirish,
ya'ni
aksiyalarni
birlamchi
joylashtirishda nominal qiymatdan yuqori bahoda sotishdan olingan emissiya
daromadi, hamda ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs
farqlari quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8410 - «Emissiya daromadi»;
8420 0 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi».
Odatda, aksiyalar birinchi bor nominal qiymatidan yuqori bo`lgan narxlarda,
ya'ni mukofot bilan sotiladi. Nominal qiymati Nizom kapitaliga o`tkaziladi,
emissiya daromadi esa (bozor qiymatini nominal qiymatidan oshib ketishi)
qo`shilgan kapitalga o`tkaziladi.
Shuningdek, korxonada «Nizom kapitali (fondi) hisobi schyotlari» bo`yicha,
ya'ni, e'lon qilingan, obuna bo`lgan, to`langan kapital bo`yicha tahliliy hisob olib
borilishi lozim.
Dastlabki obuna sifatida rasmiylashtirilmasdan sotilgan aksiyalar pul
mablag`lari bo`yicha schyotlarning debetida va «Nizom kapitali hisobi bo`yicha
schyotlar» yoki «qo`shilgan kapital hisobi bo`yicha schyotlar» ning kreditida aks
ettiriladi.
Aksiyalarni sotib olish uchun obuna bo`lishga oid shartnomalar bilan
belgilangan summaga aktsionerlik jamiyatining buxgalteriyasida, uning aktiviga
pul yoki boshqa mol-mulk kelib tushishidan qat'iy nazar, Nizom va qo`shilgan
kapital tashkil ettiriladi. Hisobda obuna summasiga debitorlik qarz aks ettiriladi.
Tekshiruvda auditor korxona tomonidan chiqarilgan va to`langan aksiyalar
turlari, ularning egalariga oid schyotlari, yoki ta'sischilar va qo`yuvchilarning
xususiy schyotlari bo`yicha ma'lumot taqdim etish imkoniyati borligiga katta
ahamiyat beradi.
Aksiyalarga obuna bo`lish to`g`risidagi shartnomalarda aksiyalarning
sotilish narxi, qarzlarni qoplash muddatlari, to`lovlar valutasi yoki obuna bo`yicha
olinadigan aksiyalarni to`lash uchun mol-mulk turlari va qiymati ko`zda tutiladi.
Aksiyalarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni obunachi, odatda,
shartnomaga muvofiq, obuna bo`lgan aksiyalar bo`yicha to`liq to`lovlarni amalga
oshirgandan keyin oladi.
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), 340-band.
O’zR. AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan .
409
Aksiyadorlik jamiyatlariga mol-mulk, pul mablag`lari aksiyalarga obuna
bo`lish to`g`risidagi sharnomaga asosan beriladi. Qo`shilgan kapital tekshiruvi
vaqtida jamiyatning o`zi tomonidan sotib olingan aksiyalar hisobi tashkil
etilganligi tekshiriladi.
Xususiy aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyidagi maqsadlar
uchun sotib olinadi:
- aksiyalar kursini belgilangan darajada ushlab turish;
- aksiya egalarida qolgan har bir aksiyaga dividendlarni ko`paytirish;
- aksiyalarni o`z xodimlari orasida tarqatish yoki qolgan aksiyalar nominal
qiymatini oshirish;
- nazorat o`rnatish maqsadida boshqa firmalar tomonidan aksiyalarni sotib
olinishiga yo`l qo`ymaslik.
Buxgalteriya hisobida sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan xususiy
Aksiyalar bo`yicha schyotlarda sotib olingan narxlar bo`yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o`z balansida ushlab turishi yoki
ularni jamg`arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan
Nizom kapitali sotib olingan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi,
aksiyalarning o`zi esa bekor qilinishi mumkin. Lekin, « Aksiyadorlik jamiyatlari
va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g`risida»gi qonunga muvofiq bunday
aksiyalar hisobda bir yildan ortiq bo`lgan muddatda ushlab turilishi mumkin emas.
Auditor buni tekshirib ko`rishi kerak, chunki sotib olingan va balansda bir yildan
ortiq muddatda hisobda bo`lgan aksiyalar bekor qilingan deb hisoblanadi.
Korxona ushbu muddat o`tgandan keyin ularni sotishi yoki Nizom kapitalini shu
summaga kamaytirgan holda, bekor qilishi lozim.
Emitent o`zining xususiy aksiyalarini sotib olgan barcha holatlarda, bir
vaqtning o`zida aksiyadorlik kapitali kamaygani bilan birga, uning mol-mulki ham
kamayadi. Keyinchalik, sotib olish va xususiy aksiyalarni ikkinchi marotaba sotish
operatsiyalari sodir etilganda, agar aksiya sotib olingan qiymatdan ortiq narxlarda
sotilsa, ortiqcha olingan summa 9590-«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa
daromadlar» schyotining kreditiga yozib qo`yiladi.
Aksiyalar sotib olingandan past narxlarda sotilsa, oradagi farq 9690-
«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi bir vaqtning o`zida Nizom
kapitalini kamaytirish yo`li bilan amalga oshiriladi:
Debet «Nizom kapitali hisobi schyotlari»,
Kredit «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari».
Bularni tekshirayotganda auditor qimmatbaho qog`ozlar bilan operatsiyalar
qonuniy ravishda amalga oshirilayotganligini bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |