327
1.Masala. Kassa orderlari mohiyatan tekshirilganda 2014 yil 7 iyuldagi
№69- kassa chiqim orderiga ko’ra buxgalter X.N.Axmedovga 550000 so’m
moddiy yordam berilgani aniqlandi, kassirning hisobotida esa berilgan moddiy
yordam summasi 1550000 so’m deb ko’rsatilgan. U auditor L.F.Yusupovga
berilgan tushuntirish xatida kassadan 550000 so’m olganligini, pul olganligi haqida
yozuvni yozmasdan, orderning toza blankasiga imzo qo’yib berganligini bildirgan.
2014 yil 29 iyuldagi № 79- kassa orderi bo’yicha va unga ilova qilingan
pudrat shartnomasida muxandis N.N.Haytboevga sovutkich uskunalarini
ta’mirlagani uchun 2400000 so’m to’langan. Qarshi tekshiruvda N.N.Haytboev
ishni bajarmagani va kassadan pul olmagani aniqlandi. Kassir va bosh
buxgalterning tushuntirishicha ushbu pul direktor P.V.Melievning og’zaki
ko’rsatmasiga ko’ra “Neksiya” avtomobilining xaydovchisi Yu.A. Misirovga
ta’mirlash va ehtiyot qismlar sotib olish uchun berilgan. Ta’mir ishlari №4-
Taksomotor parkida bajarilgan, biroq xarajatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar
mavjud emas.
2014 yil 13 avgustdagi №87-kassa-chiqim orderiga muvofiq materiallar va
inventarlar bo’yicha ombor mudiri S.P.Jumaevga faxriylarni taqdirlash uchun
sovg’alar va gullar sotib olishga 350000 so’m berilgan. Mazkur kassa-chiqim
orderiga “Megaplanet” do’koni va “Makro” univermagining uchta cheki ilova
qilingan. To’langan summa 9410- “Sotish xarajatlari” schetining debetiga olib
borilgan. 2014 yil 2 iyuldagi №61 kassa -chiqim orderi bo’yicha chilangar
O.K.Qo’shmatovga oylik maoshi bo’yicha 3650000 so’m deponentlik qarzi
berilgan.
Orderda
chilangar
O.K.Qo’shmatovning
kasalligi
bois
pulni
L.F.Axmedov olganligi va bu haqda orderga imzo qo’yganligi ko’rsatilgan. Ammo
kassa-chiqim orderiga hech qanday hujjat ilova qilinmagan.
2014 yil 15 iyuldagi №71 kassa -chiqim orderi bo’yicha begona shaxs
bo’lgan V.M.Kosimovga signalizatsiyani ta’mirlagani uchun 5500000 so’m
to’langan. Mehnat shartnomasi ilova qilingan, ammo ishni qabul qilib olganlik
to’g’risida dalolatnoma taqdim qilinmagan. Brigadir S.X.Yo’ldoshevning 2500000
so’m pulni o’zaro kelishilgan holda olganligi haqidagi tilhat mavjud. Ammo
tilxatda rahbar va bosh buxgalterning pulni berish haqidagi ruxsatnomasi yo’q.
Kassadan kassa kitobiga yozilmagan quyidagi hujjatlar topildi:
2014 yil 20 iyundagi №54 kassa-kirim orderida, ombor mudiri
S.P.Jumaevdan 2800000 so’m pul kelib tushgani ko’rsatilgan va kassa- kirim
orderlarini ro’yxatga olish kitobida qayd etilgan. Bosh buxgalter tomonidan
imzolangan 2014 yil 15 avgustdagi №89 kassa -chiqim orderiga muvofiq
direktorning kotibi Sh.Fayzievga xo’jalik extiyojlari uchun 1000000 so’m berilgan
va ushbu order kassa-chiqim orderlarini ro’yxatga olish kitobida aks ettirilgan.
Kassir bu faktni esdan chiqarganligi bilan, bosh buxgalter esa kassirning o’z
majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi deya izohlashdi.
Kassada direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, summasi
ko’rsatilmasdan, muhr bilan tasdiqlangan №545380-545387 raqamli cheklardan
foydalanib, naqd pul olingan hamda №545381-545382-raqamli foydalanilmagan
cheklar ham mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: