Mavzu: PUL MABLAG’LARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBI Test 1. Auditor yo’ldagi pul mablag’larining kelib tushishiga doir ma’lumotlarni qaysi hujjatdan oladi?
a) kirim to’g’risidagi tasdiqnoma
b) pul cheki pattasi;
v) topshirish e’loni;
g) to’lov vedomosti.
2. Auditor tekshiruv jarayonida hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari holati xususidagi ma’lumotlarni qaysi jurnal-orderdan oladi:
a) 2-jurnal-order;
b) 1-jurnal-order;
v) 4-jurnal-order;
g) 6-jurnal-order.
3. Kassa muomalalarini yuritish tartibi qaysi hujjatda belgilangan?:
a) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 376-sonli qarori;
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli qarori;
v) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 60-sonli qarori;
g) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori.
4. Kassa inventarizatsiyasi dalolatnomasida qanday ma’lumotlar aks ettirilishi zarur:
a) inventarizatsiya yakuni, kassa operatsiyalarini yuritishning ahvoli, ularning kamchiliklari;
b) kassadagi naqd pullarning kamomadi yoki ortiqchaligi;
v) kassadagi naqd pullar miqdori;
g) pul operatsiyalari rasmiylashtirilgan hujjatlar.
5. Kassa muomalalarini tekshirish nimadan boshlanadi:
a) kassa-kirim va chiqim hujjatlarini tekshirishdan;
b) pul mablag’lari butligini tekshirishdan;
v) kassadagi pul mablag’larini qayta hisoblab chiqishdan;
g) pul hujjatlari asosida qoldiqlarni chiqarishdan.
6. Kassada naqd pullar mavjudligini tekshirishdan o’tkazishning muhim sharti:
a) tezlik;
b) to’satdan, kutilmaganda;
v) tekshiruv obyektini butunlay qamrab olish;
g) kassirning ishtiroki.
7. Audit qilinayotgan mijozning ichki nazorat tizimi holatini baholashda auditor kassadagi naqd pullar butligi uchun quyidagilardan qaysi biri javob berishini bilishi kerak:
a) kassir;
b) kassa bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi buxgalter;
v) bosh buxgalter;
g) tashkilot rahbari.
8. Kassir tomonidan kassa bo’yicha muomalalar amalga oshirilishining to’liqligi va to’g’riligini nazorat qilish uchun quyidagilardan foydalanadi:
a) kassa-kirim va chiqim hujjatlarini ro’yxatga olish jurnali;
b) 2-sonli jurnal-order va 2-sonli qaydnomalar;
v )kassa-kirim va chiqim orderlari;
g) kassa kitobidan.
9. Tashkilotda kassa-kirim va chiqim orderlarini ro’yxatga olish jurnali yuritilishi:
a) majburiy tartibda;
b) tashkilot rahbarlari ixtiyoriga ko’ra;
v) bosh buxgalter ixtiyori bo’yicha;
g) tashkilot mulkdorlari ixtiyoriga ko’ra.
10. Tashkilot kassasiga naqd pullarni qabul qilishning rasmiylashtirilishi:
a) chiqim orderi bilan;
b) memorial order bilan;
v) kirim orderi bilan;
g) to’lov topshiriqlari bilan.