Progressiv texnologiyani tadbiq etishdagi ko’rsatkichlardan biri mhsulotni raqobatbardosh va yuqori sifat darajasini doyimiyligini ta’minlashidan iboratdir. Mahsulotni yuqori darajadagi sifatini va uning parametrlarini takroriy va doimiy ravishda saqlanishi, texnologiyani hamma bosqichlarida, hom ashyoni ishlov berishga kiritib kelishidan boshlab tayyor detal xoliga kelishiga va uni qabul qilib olinishiga qadar nazorat e’tiborida saqlash lozim. Parametrlari ruxsat etilgan boshqaruv (operator) tomonidan jarayonni doimiy o’tishini to’g’irlash ishlari olib boriladi. Bu usul orqali mahsulotning talabdagi sifati ta’minlanadi. Bunday to’liq nazorat nosoz (brak) mahsulotlarning sonini, chiqindilar hajmini texnologik hisoblardan ortib ketmasligiga olib kelishi mumkin. Ko’p hollarda asosiy texnologiyani chiqindilarni yordamchi texnologiyaning boshlang’ich xom ashyo materiali bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, materialga ishlov berish mobaynida ajrab chiqqan metall chiqindilari (asosiy texnologiya) presslanib (briket) holatiga keltirilib, shu holda qayta quyish uchun (yordamchi texnologiya) yuboriladi.
Progressiv texnologiyani tadbiq etishdagi ko’rsatkichlardan biri mhsulotni raqobatbardosh va yuqori sifat darajasini doyimiyligini ta’minlashidan iboratdir. Mahsulotni yuqori darajadagi sifatini va uning parametrlarini takroriy va doimiy ravishda saqlanishi, texnologiyani hamma bosqichlarida, hom ashyoni ishlov berishga kiritib kelishidan boshlab tayyor detal xoliga kelishiga va uni qabul qilib olinishiga qadar nazorat e’tiborida saqlash lozim. Parametrlari ruxsat etilgan boshqaruv (operator) tomonidan jarayonni doimiy o’tishini to’g’irlash ishlari olib boriladi. Bu usul orqali mahsulotning talabdagi sifati ta’minlanadi. Bunday to’liq nazorat nosoz (brak) mahsulotlarning sonini, chiqindilar hajmini texnologik hisoblardan ortib ketmasligiga olib kelishi mumkin. Ko’p hollarda asosiy texnologiyani chiqindilarni yordamchi texnologiyaning boshlang’ich xom ashyo materiali bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, materialga ishlov berish mobaynida ajrab chiqqan metall chiqindilari (asosiy texnologiya) presslanib (briket) holatiga keltirilib, shu holda qayta quyish uchun (yordamchi texnologiya) yuboriladi.
Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishchi kuchi yordamida mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ishchilarni qisqartirishiga olib keladi. Ishdan ozod etilgan xodimlar esa malakasini (bilimini) oshirish yo’li bilan boshqa, yangi o’rinda, boshqaruvchi (operator), dasturlarni tayyorlovchi va sozlovchi sifatida fizik ish bajarishdan intellektual mehnat qilish vazifasiga o’tkaziladi. Bu holda xar bir mutaxassis o’z faoliyatini faqat fizik mehnat qilish bilan emas, balki yuqori darajadagi mutaxassis sifatida ishlashiga imkon yaratiladi. Yuqorida sanab o’tilgan hamma omillar texnolgiyani tadbiq etishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish va uning natijasida mahsulot tannarhini pasayishiga olib keladi. Yuqori sifatli tannarxli mahsulotlar bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan darajada bo’lib, tez sotiladi va unga ketgan sarf-xarajatlarni qisqa muddatda qoplaydi. Buning natijasida ishlab chiqarish korxonalarini yangi texnologik jihozlar bilan to’ldirilib qisqa muddat ichida gurkirab rivojlanishiga olib keladi.
Zamonaviy ishalb chiqarishni tashkil etishda progressiv texnologiyaning roli katta. Ishlab chiqarishga zamonaviy progressiv texnologiyani olib kirish uchun yuqori intellektual va salmoqli bilimga ega bo’lgan muhandis-texnik xodimlar zarur bo’lib, ular zamonaviy texnologik jihozlarni boshqarishbilan boshlang’ich sifatga ega bo’lgan xom ashyolarga ishlov berishni amalga oshirishlari kerak va boshqalar. SHuning uchun ham progressiv texnologiya tavsiya (realizatsiya) etuvchi korxona bu jihatdan keng tarqalgan, lekin sifati bilan yuqori turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ilg’or monopolist korxonalar darajasiga ko’tariladi, kelgusi moliyaviy va kuchli texnologik bazaga ega bo’lgan rivojlangan korxonaga aylanadi. Korxona ma’lum ko’rinishdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashgan va oldindan joriy qilingan, parametrlari bilan farqlovchi, mahsulot texnologiyasiga ega bo’lgan mahsuslashgan korxonaga aylanadi. Masalan, mahsulotni har xil ko’rinishdan joylashtiruvchi, zamonaviy kiyimlarni yoki sport jihozlarini tayyorlovchi va boshqalar. Korxonadagi texnologik jarayonning og’ishmay rivojlanib borishi (progressiv texnologiya deyish mumkin bo’lgan), ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini xarakterlovchi parametrlarini bora-bora yahshilab borish borasida olib boriladigan takomilarish (moodernizatsiya) ishlari yotadi. Agar korxona ishlab chiqariladigan mahsulotning ko’rsatkichi sifati bilan turdoshlaridan katta farqli bo’lsa, unda litsenziyalash va eski, lekin hali zamondan orqada qolmagan texnologiyani, raqobatlashuvchi korxonadan bo’lsa ham sotib olishga to’g’ri keladi.
2. Ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarning rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Litsenziyalash yaratilgan texnologiya, oldingi ishlatilib kelayotgan texnologiyadan yo modeldan ijobiy farqqa egaligi huquqiy shaxsga qonunlar asosida biriktirilganligidadir. Bu holda litsenziyaga ega shaxs davlat “patenti”ni oladi. Bu ega bo’lgan shaxsning manfaatini davlat tomonidan himoyalanishiga imkon yaratadi. Patentga ega bo’lgan texnologiyalarni yoki mahsulotni ishlab chiqarilishini boshqa hquqiy shaxslar yoki korxonalar tomonidan qo’llanishi man etiladi (agarda patent, litsenziya egasi uni ishlab chiqarishni yoki undan foydalanishni sotib yubormagan bo’lsa). Masalan, “Coca-Cola” uyushmasi uni ishlab chiqarish texnologiyasini, asosiy ekstrakt tarkibini ochmasdan ko’pdan-ko’pdavlatlarda tayyorlab chiqarmoqda. Bu ma’noda uyushma “HOY-XAY” (bilanman qanday) shiori ostida bir necha o’n yillar ichida “Coca-Cola” ekstrakti ishlab chiqaruvchi monopolist sifatida jahonga ko’rinib sezilarli foydaga erishmoqda.
Jahon urushidek so’ng Yaponiya davlatining texnika-texnologiyasi ning rivojlanish tarixini bu borada eslashga sazovorlidir, ya’ni ko’pgina “Firma”lar ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun, o’sha vaqtda o’ta takomillashgan texnologiyaning litsenziyasini sotib olish bilan o’zining ishlab chiqarishini qayta tiklashgan. Bu ishlab chiqarishni juda ko’p tarmoqlarida mahsulot sifatini saqlab o’sib ketishini ta’minladi va davlatni texnik tomondan taraqqiyotini oldingi bo’sag’alariga olib chiqib qo’ydi. Ma’lumki, bu rivojlanishning asosiy bazasi bo’lib, oldindan o’zlashtirib olingan zamonaviy va yuqori sifatni ta’minlovchi texnologiyadir. Litsenziya olingan bo’lishi mumkin, agar u texnologiyaning ma’romi, kimyoviy tarkibi va boshqalari bilan to’la- to’kis sotilgan bo’lsa, qisman sotilgan bo’lishi mumkin, agar uning faqatgina texnologiyasi sotilgan bo’lsa. Bunday hollarda mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish borasida, sotuchi o’z nazoratini saqlab qoladi. Littsenziya’ni sotish yoki sotib olish har qanday ishlab chiqaruvchi tarmoklarning tez rivojlanib ketishi uchun yo’l ochib beradi. Progressiv texnologiya litsenziyasini sotuchi har qaysi qonuniy shaxs, bu texnologiyani bajarish uchun zaruriy texnologik jihozlarni yetkazib berish, ishga tushirish, sozlash va tayyor mahsulotlarni olishda yetarli texnik yordam beradi. Sotib oluvchi bilan “Qo’shma korxona” tuzilgan holda, litsenziya yegasi (tomon) yuqorida ko’rsatilgan tashkiliy ishlarni o’z zimmasiga oladi. Yana shunday variant ham borki, bunda progressiv texnologiyaga egador o’z mablag’iga korxona imoratlarini quradi, texnologik jihozlar bilan ta’minlaydi va ishga tushuradi, shu xududdagi mahsulotlardan va ichki kuchidan foydalangan holda uni foydalanishga topshiladi. Bunday holda ma’lum (kelishilgan) vaqt davomida ishlab chiqaradigan ma’xsulotni bir qismini yoki hammasini o’ziga olib, keyin ishlab turgan korxonani o’rgatilgan ishchi xodimlari bilan o’sha davlatga sotib yuboradi.
Hozirgi vaqtda bunday ko’rinishdagi progressiv texnologiyalar mustaqil O’zbekiston Respublikasi sanoatni rivojlanishida foydalanimoqda.
SHu jumladan, Farg’ona kimyoviy tolalar zavodida Olmoniya firmalarining progressiv texnologiyasini “investtsiya” qilinishi natijasida CHirchiqda ishlab chiqariladigan poliamit (kapron) mahsulotidan sun’iy ipga aylantirilib rezina g’ildiraklarning qoplovchi to’ri tayyorlanmoqda.Bu mahsulotni hamma texnologik qurilmalari komiyuterlashgan bo’lib, unga ishlab chiqariladigan asosiy texnologiya va chiqindilarni quyish uchun maydalab beruvchi, yordamchi texnologiya orasida berk tsikldagi avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi mavjud.
O’zbekiston Respublikasida avtomobil sanoatini yaratish uchun nemetslarning avtobus ishlab chiqaruvchi “Mersedes ”firmasi (Samarqand sh.)va yengil avtomobillar tayyorovchi Janubiy-Koreyaning (Asaka sh.) loyihalari asosida qurilgan korxonalar ishlab turibdi. Bu korxonalarda zamonaviy texnologik liniyalar o’rnatilgan bo’lib ular avtomabillarni alohida olingan detallari tayyorlanadi va ularni nazorat ostida bir qismiga bosqichma- bosqich (avtomatik yig’ish va payvandlash; kam chiqindili-bog’lash bilan) yig’iladi. Bu bilan bir asosiy va yordamchi (bo’yoqlash, detallarni uzatish va boshqalar) ishlar ham bajarib boriladi.
O’zbekiston milliy boyligi bo’lgan paxta mahsulotlarini qayta ishlash uchun Janubiy Koreya firmasi “Daewoo”zamonaviy to’qimachilik korxonasi (Marg’ilon sh.) qurilishga tushirildi. Hozirgi kunlarda matolarni to’qish korxonasi qurilmoqda. Bundan tashqari shu firma tomonidan oldindan mavjud bo’lgan (Toshkent sh.) radiotexnika anjomlarini ishlab chiqarish korxonasi asosida zamonaviy televizorlar chiqarimoqda. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi qoshida “TEKFEN” (Yaponiya) firmasi mutaxassislari dizel yoqilg’isidan oltingugurt mahsulotini ajratuvchi progressiv texnologiyani to’liq kompiyuterlashgan holda ishga tushirdilar. Bu kompyuterlashgan sistemasi berk tsiklda ish yuritish amalga oshirilgan bo’lib, tabiat zararli chiqindilardan himoyalashdan tortib suv va havo kabi zaruriy tozalash va yong’in chiqishi, uni o’chirishdek ishlar boshqarib boriladi.
Farg’ona mexaniqa zavodida avtomobil disklarini tayyorlash uchun Gollandiya progressiv tatbiq etilgan va ishga tushirilgan.Bunda yuqori aniqlikdagi kam chiqindili bolg’ash va siqib – tortish yoki avtomatik payvandlash orqali disk detallari tayyorlanadi.Tayyor detallarni bo’yoklash va uni quritish uchun mo’jallangan avtomatik liniya yuqori darajadagi ekologik ximoyalovchi va yonginni o’chirishni xabarini beruvchi sistemadan iborat qurilmaga ega.
Farg’ona mexaniqa zavodida avtomobil disklarini tayyorlash uchun Gollandiya progressiv tatbiq etilgan va ishga tushirilgan.Bunda yuqori aniqlikdagi kam chiqindili bolg’ash va siqib – tortish yoki avtomatik payvandlash orqali disk detallari tayyorlanadi.Tayyor detallarni bo’yoklash va uni quritish uchun mo’jallangan avtomatik liniya yuqori darajadagi ekologik ximoyalovchi va yonginni o’chirishni xabarini beruvchi sistemadan iborat qurilmaga ega.
Bu va boshqa ko’p ishlab chiqarishga tatbiq etilgan progressiv texnologiyalar O’zbekiston Respublikasining porloq kelajagini ta’minlaydi. Buni xozirning o’zida fan va ishlab chiqarishni ba’zi bir turlarida yorkin qo’rininish bilan bir qatorda o’z “patent”larini sotish imkoniga ega bulyapti. SHunday kilib, O’zbekistonda chet el firmalari bilan hamkorlikda ba’zi bir davolash darilarini tayyorlash progiressiv texnologiyasiga litsenziya olindi. Halqaro NATO tashkiloti tamonidan quyosh energiyasidan foydalanish ustida ish olib borayotgan bizning olimlarimizni moliyaviy ta’minlanishi joriy etilgan. Maxsus yem mahsulot qo’shilib darmon dorilarni, o’simliklarni ta’minlovchi stimulyatorlar va boshqalarni sotib olish uchun sharoitlar yaratish ustida ish olib borilmokda.