Амалий машғулот мавзуси


Mashina detallaridagi yeyilish turlari



Download 118 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi118 Kb.
#247783
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза 1

Mashina detallaridagi yeyilish turlari.

Mashina detallarining yeyilishiga asosiy sabab ishqalanishdir.

Mashina detallarining ishlash jarayonida ishqalanuvchi sirtlariga kuchlar ta‘sir etishidan o’lchamlarining nomaqbul o’zgarishi yeyilish deb ataladi.

Detallarning yeyilishi belgilangan birliklarda aniqlanadigan yemirilish natijasidir. Yeyilish ishqalanuvchi sirtlar materiali va sifatiga, ularning o’zaro siljish harakteri va tezligiga, bir-biriga tegish tabiatiga, moylash va moylash materiallari turiga va boshqa ko’p omillarga bog’liq.

Mashinalar uchun yeyilishning uchta turi belgilangan (GOST 23.002-78): Mexanik, Korrozion-mexanik va elektr toki ta‘sirida yeyilishlar. O’z navbatida har bir yeyilish bir necha ko’rinishga ega.

Mexanik yeyilish mexanik ta‘sirlar natijasida sodir bo’lib, u abraziv, gidroabraziv (gazoabraziv), erozoin, gidroerozion (gazoerozion), kavitatsion, freting, tolikib va qadalib yeyishlarga ajratiladi.

Korrozion – mexanik yeyilish mexanik ta‘sir hamda material bilan muhit orasida ximiyaviy yoki elektroximiyaviy o’zaro ta‘sirlanishi tufayli sodir bo’ladi. Bu yeyilish oksidlanib va freting-korroziyadagi yeyilishga ajratiladi.

Elektr toki ta‘sirida yeyilish elektro-errozion yeyilish deb ataladi. U sirtdan elektr toki o’tganda razryadlar ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Elektr generatorlarining kollektorlari, qo’zg’aluvchan elektr kontaktlar va boshqa sirtlar ana shu turdagi yeyilishga moyil bo’ladi.

Yeyilish turlarining klassifikatsiyalari A.K.Zaytsev, B.I.Kostetskiy, M.M, Xrushchov, I.V.Kragelskiy va boshqa olimlar tomonidan taklif etgan. Shulardan prof. B.I.Kostyoskiy va prof. M.M.Xrushchov taklif etganlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.

B.I.Kostyoskiy taklifiga ko’ra yeyilish ilashib qolish natijasida yeyilish, oksidlab yeyilish, issiqlik ta‘sirida yeyilish, abrazivdan yeyilish va chechaksimon yeyilishga bo’linadi.

Ilashib yeyilish moy va oksid pardasi bo’lmaganda po’lat yuzalar kichik (1,0 m/sek gacha) tezlik bilan ishqalanishida va solishtirma bosim xaqiqiy kontakt bo’lgan joylarda detalning oquvchanlik chegarasidan oshib ketgan hollarda kuzatiladi.

Oksidlanib yeyilishda bir vaqtning o’zida ikki jarayon boradi: ulardan biri detallar sirtqi qatlamlarida detal mikroskopik hajmining plastik deformatsiyalanishi bo’lsa, ikkinchisi havodagi kislorodning deformatsiyalanuvchi qatlamlarga diffuziyalanishidir.

Issiqlik ta‘sirida yeyilish detallarning katta sirpanish tezliklarida va katta solishtirma bosimlarda ishqalanishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida sodir bo’ladi. Ajralib chiqayotgan ko’p miqdordagi issiqlik detalning ichki qatlamiga o’tishga ulgurolmaydi, natijada detallarning sirtqi qatlamlari juda qizib ketadi.


Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish