Ishlamay qolish (otkaz) – mashinaning ishlash qobiliyatining buzilishidan iborat bo’lgan hodisa.
Buzilmasdan ishlash – mashinaning biror vaqt ichida yoki qandaydir hajmdagi ishni bajargunga qadar o’zining ishlash qobiliyatini majburiy tanaffuslarsiz saqlash xususiyati.
Chidamlilik (uzoq xizmat qilish) – mashina, agregat, uzel, tutashmaning o’zining ishlash qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlash xususiyati. Oxirgi holat mashinani texnik xizmat ko’rsatmasdan yoki remont qilmasdan turib, undan foydalanish mumkin emasligi bilan belgilanadi. Oxirgi holat texnik xujjatlarda izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |