To‘plamlar. To‘plam bu bir xil toifadagi elementlarning tartibsiz majmuasidir va unda elementlar takrorlanmas bo‘ladi. To‘plam ustida bajariladigan amallar quyidagilar: element kiritish, o‘chirish, elementlar sonini aniqlash, bo‘shlikka tekshirish. To‘plamni C++ da quyidagicha e’lon qilinadi:
set s;
for(int i = 1; i <= 100; i++) { s.insert(i); // to‘plamga element kiritish
}
s.insert(42); // 42 to‘plamda avjudligi sababli hech nima yuz bermaydi for(int i = 2; i <= 100; i += 2) {
s.remove(i); // juft sonlarni o‘chiramiz
}
// set::size() funksiyasi unsigned int toifasida qiymat qaytargani uchun uni int toifasiga o‘giramiz
int N = int(s.size()); // N=50
To‘plamda push_back() funksiyasi yo‘q. Chunki unda elementlar tartibsiz va indeks degan tushuncha yo‘q. Shu sababli to‘plam elementlarini iterator bilan chiqarish mumkin.
set S;
...
// S to‘plam elementlari yig‘indisini hisoblaymiz intr = 0;
for(set::const_iterator it = S.begin(); it != S.end(); it++) r+=(*it);
To‘plam bilan ishlashning afzalligi tezlikdir.Ayniqsa, qidiruvda.Set::find() funksiyasi 1 ta argumentga ega va uning qaytaradigan qiymati yoki topilgan elementni ko‘rsatadi, yoki end() iteratoriga teng bo‘ladi.
set s;
...
if(s.find(42) != s.end()) {
}
else {
}
// 42 mavjud
// 42 mavjud emas
To‘plamdan elementni o‘chirish uchun erase() funksiyasidan foydalaniladi. set s;
...
s.insert(54);
...
s.erase(29); s.erase(s.find(57));
Bu funksiyaning oraliqli ko‘rinishi ham mavjud:
set s;
...
set::iterator it1, it2; it1 = s.find(10);
it2 = s.find(100);
if(...) {
s.erase(it1, it2); // 10 dan 100 gacha bo‘lgan elementlar
//o‘chiriladi(10,100 o‘chirilmaydi)
}
else {
// it2 iteratorni bitta element keying suramiz
// set::iterator uchun += operatori qo‘llanilmaydi, lekin ++ va –
//ishlatilishi mumkin it2++;
s.erase(it1, it2);
}
To‘plamni e’lon qilishning huddi vektordagi kabi oraliqli konstruktori ham mavjud:
int data[5] = { 5, 1, 4, 2, 3 }; set S(data, data+5);
Yozuv va jadvallar. Yozuv bu turli toifadagi ma’lumotlarning tartibli ketma- ketligidir.Yozuv maydonlardan tashkil topadi. Har bir maydon o‘z nomi va o‘z toifasiga ega bolib, ular xotirada ketma-ket joylashadi. Yozuv uchun ajratiladigan xotira hajmi uning maydonlariga ajratilgan xotira hajmlari yig‘indisidan kelib chiqadi. Yozuvlar C++ da quyidagicha e’lon qilinadi.
struct Guruh{ int t_r;
char fio[30]; float bali;
} talaba1, talaba2;
Bu erda Guruh nomli nostandart toifa yaratilib, bu toifaga tegishli 2 ta yozuv e’lon qildik. Shu yozuvlarga tegishli maydonlarga murojaat quyidagicha amalga oshiriladi:
talaba1.fio=”Ahmad”; talaba2.bali=1.5;
Bu erda ko‘rib turganingizdek,Guruh toifasida 2 ta yozuv yaratildi. Agar bu toifaga tegishli massiv yaratiladgan bo‘lsa, yani yozuvlar massividan jadval xosil bo‘ladi. 2 ta yozuvni solishtirishva o‘zlashtirish mumkin, bunda ulaning mos maydonlari solishtiriladi yoki o‘zlashtiriladi va maydonlarni alohida yozib ko‘rsatish shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |