Bog'liq yevropa-ittifoqining-afgoniston-muammosini-hal-etishdagi-roli-2001-2015-yillar
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1165 www.ares.uz Poytaxt Qobulda hududiy va viloyatlar darajasidagi asosan militsiya hodimlari,
huquqni muhofaza qiluvchi organ targ’ibotchilari va adliya mutaxassislaridan iborat.
Afg’on politsiyasi ofitserlari chet el mutaxassislari yordamida ma’lum darajadagi
tayyorgarlikka erishdilar va ular mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash maqsadida
ma’lum amaliyotlar o’tkazishdi [1].
2010-yil 18-maydagi Yevropa Ittifoqi Kengashining Qaroriga ko’ra, Yevropa
Politsiyasi Afg’onistondagi faoliyat muddati 2010-yil 31-maydan 2013-yil 31-
maygacha uzaytirilgani ma’lum qilindi [5: C.21.].
Yevropa Ittifoqi Afg’on milliy politiyasining moliyaviy ta’minotini yaxshilash
maqsadida Afg’oniston Huquqiy Targ’ibot vasiylik jamg’armasiga (the Law and Order
Trust Fund for Afghanistan) katta yordam berishda davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi
Vasiylik Jamg’armasiga o’sh vaqtda 272 million yevro mablag’ ajratgan. 2011-2015-
yillarga mo’ljallangan asosiy uzoq muddatli rejalar ishlab chiqdi [3].
Narkotik moddalarga qarshi kurashish sohasida. Yevropa Ittifoqi qayta qurish
jarayonining boshlanish davridan narkotik moddalarga qarshi kurash harakatlarida
asosiy rol o’ynamoqda, G’arbiy Yevropadagi geroyinning 90 % ga yaqini
Afg’onistonda yetishtirilgan [6: C.26] va shuningdek tinchlikni ta’minlash va qayta
qurish jarayonlarining muvofaqqiyatga erishishida jinoyat va korrupsiya kuchayishi
bilan bog’liq, afyun yetishtirayotgan xo’jaliklarning kengayishi jiddiy xavf
tug’dirmoqda.
Yevropa Ittifoqining Afg’oniston bo’yicha ishlab chiqilgan barcha
rejalarining markazida narkotik moddalarga qarshi kurash masalasi turibdi.
Xususan, Yevropa Ittifoqining Afg’onistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish
dasturining asosi ham asosan shu yo’nalishga qaratilgan bo’lib, ushbu dastur o’z
ichiga quyidagilarni qamrab olgan edi:
-
Qishliq xo’jaligi iqtisodiyotida ko’knori plantatsiyalarining hissasini
kamaytirish;
-
Nazorat qilish dasturiga ko’ra Afg’on huquqni muhofaza qiluvchi organlari
yordamida ularning ko’payishiga chek qo’yish;
-
Mamlakatdan giyohvand moddalarning noqonuniy chiqib ketishining
oldini olish maqsadida chegaralarni nazorat qilish va boshqarish tizimini
takomillashtirish [4].
Yevropa Ittifoqi qabul qilgan dasturga asosan giyohvand moddalar
yetishtirish sanoati tizimida ushbu moddalar aylanuvchi manzillar zanjiriga barham
berishdan iborat.
Sog’liqni saqlash tizimi sohasida. Yevropa Ittifoqi sog’liqni saqlash sohasida