aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;
hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;
diniy mazmundagi materiallar;
qonunchilik hujjatlari bilan ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.
9. Quyidagi joylarda ko‘chma savdo obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
ma’muriy binolar (savdo avtomatlari bundan mustasno), madaniy meros obyektlari va
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida;
muhandislik kommunikatsiyalari xavfsizlik zonalarida;
jamoat transporti bekatlarida yo‘lak (trotuar)ning ikkala tomonidan 15 metr masofadan
yaqinroqda (savdo avtomatlari bundan mustasno);
chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;
maishiy chiqindilarni yig‘ish punktlariga 20 metr masofa orasida;
sun’iy inshootlarda (to‘xtash bostirmalari, erosti o‘tish joylari, ko‘priklar, tunnellar,
transport
bog‘lamalari va yo‘l o‘tkazgichlar);
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 15 metrdan kam masofada;
velosiped yo‘laklarida;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam
masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a
chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan,
boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki
piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
“To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi yoki “to‘xtash taqiqlanadi” yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
10. Ko‘chma savdo obyekti iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtida vitrinalar va peshtaxta
(peshtaxtalar), yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning
majburiy talablariga javob
beradigan zarur savdo, sovitish va boshqa texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
11. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo joyini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga
foydalanishga yoki ijaraga berish taqiqlanadi.
12. Ko‘chma savdo amalga oshiriladigan transport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tishi, yong‘in
xavfsizligi qoidalariga javob berishi, shuningdek, texnik jihatdan soz va tegishli sanitariya holatida
saqlanishi kerak.
Ko‘chma savdo avtotransport vositasining konstruksiyasini o‘zgartirish (qayta jihozlash) talab
qilinsa, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga belgilangan tartibda ruxsatnoma olinishi
shart.
13. Xaridorlarga xizmat ko‘rsatiladigan vitrinalar va peshtaxtaga xaridorlarning erkin kelishi
ta’minlamagan taqdirda, ko‘chma savdo obyektini joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
14. Ko‘chma savdo subyektlari:
ko‘chma savdo obyektida ko‘chma savdo subyekti to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan va elektron
shaklda olingan guvohnomaning nusxasi, shuningdek, savdo avtomatlarida texnik xizmatning
telefon raqamlarini joylashtirishi;
vakolatli organga “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlari reyestridagi ko‘chma savdo
obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zgarganligi haqidagi axborotni tegishli o‘zgartirishlar
kiritilgan kundan boshlab o‘n kun ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar
nusxasini ilova qilgan holda yoki elektron hujjat ko‘rinishida (elektron raqamli imzo bilan) ariza
yuborish yo‘li bilan taqdim etishi lozim.
15. Sotish uchun taklif etilayotgan tovarlar turlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ko‘chma
savdo obyektining ixtisoslashuviga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
16. Ko‘chma savdo subyektlari ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan ish rejimiga muvofiq ko‘chma
savdoni amalga oshiradilar.
17. Transport vositasi orqali ko‘chma savdo faoliyati “K-SAVDO” AAT orqali savdo qilinadigan
joy haqida xabarnoma yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda transport vositasi orqali ko‘chma savdo qilish yo‘l harakati qoidalariga muvofiq
transport vositasi to‘xtab turishi taqiqlanmagan joylarda amalga oshirilishi mumkin.
18. Savdo avtomatlari orqali ommaviy talabdagi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tovarlar (choy, kofe, salqin
va alkogolsiz ichimliklar,
nooziq-ovqat tovarlar (gazeta va matbaa mahsulotlari), qandolat va non mahsulotlari, shirinliklar)
sotiladi, xizmatlar ko‘rsatiladi.
Savdo avtomatlarini mahsulot bilan ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish savdo
avtomatini “K-SAVDO” AATda ro‘yxatdan o‘tkazgan ko‘chma savdo subyektlariga yuklanadi,
shuningdek, ular zimmasiga tovar-moddiy boyliklarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘rish hamda
savdo avtomati buzilganda tovarlar buzilishining oldini olish ham yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: