Bunda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar
(aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat
qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi, shuningdek,
Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika
birlashmasiga ajratmalar va
Sanitar tozalash markazini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
V = N x S x K x 0,95-R
bunda:
V — jismoniy shaxslar (aholi)ga QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha
ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;
N — biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va
olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash
va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaxslar (aholi)ning umumiy
soni;
S — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar
(aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;
K — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha
xizmatlar uchun
majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida — 100 % (K=1), viloyatlar
markazlarida — 90 % dan ortiq bo‘lmagan (K≤0,9), boshqa hududlarda — 80 % dan ortiq bo‘lmagan
(K≤0,8));
0,95 — baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar
respublika birlashmasining bank hisobvarag‘iga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);
R — Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi;
v) hududlarni elektron tanlovga qo‘yish uchun buyurtmachi
nomidan avtomatlashtirilgan
axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
9. Buyurtmaga tanlov hujjatlari nusxasi ilova qilinadi.
10. Elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasiga bir vaqtning o‘zida bir
nechta hududlar kiritilishi mumkin.
11. “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda hamda operator va buyurtmachi o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
12. Elektron tanlov o‘tkazish haqidagi xabarnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur:
ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun ko‘rsatilgan majburiy talablar va
cheklovlar;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan hududning pasporti;
tanlov hujjatlariga muvofiq elektron tanlov g‘oliblarining majburiyatlari;
elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ariza shakli;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;
ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi
kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.
13. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza elektron ko‘rinishda, tanlov taklifini to‘ldirgan
holda beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlarning elektron (skaner qilingan) nusxalari ilova qilinadi:
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada
ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil
etilgan davlat unitar
korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
tanlov taklifida ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga transport vositasining ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi
(GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab
chiqarish bazasi mavjud bo‘lmasa).
14. Tanlov taklifi elektron tanlov ishtirokchilari tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq
shaklda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi.
15. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov g‘olibini aniqlash ushbu Nizomga 5-ilovaga
muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasida
avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: