ALTning asosiy vazifasi - ob'yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni avtomatik tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir-biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bolish hamda rivojlanish prinsiplariga amal qilish lozim.
ALT-inson-mashina tizimidir. Kompyuter texnologiyalari yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o'rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalizatsiya qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq yechiladigan masalalarni yechadi.
Loyihani avtomatlashtirish vositalari muhandislarning ish unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Ixtiyoriy texnik tizimlarni yaratishda ish sarfini uchta kategoriyasiga ketadigan vaqtni tejashga harakat qilish zarur: oldingi bo‘lib o‘tgan ishlar, haqiqiy yoki hozirgi ishlar, tizimni rivojlantiruvchi kelgusi ishlar.
Muhandislik ishlarida kompyuterlashtirilgan tizimni yaratishdan asosiy maqsad loyihalashtiruvchi, konstruktor, texnolog, muhandis-menedjerlarning ish vaqtini tejash orqali rejalashtirish va loyihalash jarayonlari ish unumdorligini oshirish hamda olinadigan natijalar sifatini yaxshilash hisoblanadi.
8.2-rasm. Loyihalashni avtomatlashtirishning asosiy maqsad va usullari
ALT klassifikatsiyasi
Muhandislik faoliyatini bir nechta ketma-ket bosqichlarga ajratish mumkin: loyihalash, konstruksiyalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni tashkil etish. Bunga mos ravishda, muhandislik faoliyatini avtomatlashtirish vositalari o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
SAD (Computer Aided Design) - loyihalashni avtomatlashtirish vositasi bo’lib 2 o’lchamli va 3 o’lchamli geometrik loyihalash yoki texnologik hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi.
CAE (Computer Aided Engineering) - muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi, fizik jarayonlarni foydalanishni tahlil qilish, dinamik modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.
SAM (Computer Aided Manufacturing) - buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash va jihozlarni boshqarish. Rus analogi bo’yicha - ishlab chiqarish tizimini avtomatlashtirish.
SARR (Computer Aided Process Planning) - CAD va CAM tizimlari kesimida qo’llaniladigan texnologik jarayonlarni rejalashtirishni avtomatlashtirish vositasidir.
PDM (Product Document Management) - hujjat almashinuvini boshqarish vositasi.
GIS (Geoinformatics Systems)- geoaxborot tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |