9-modda. Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar
Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar (valyuta derivativlari) chet el valyutasi oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ularda belgilangan majburiyatlar muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining qiymatiga yoxud uning kursi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda bajarilishi mumkin.
Chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosila moliyaviy vositalar bo‘yicha operatsiyalar:
vakolatli banklar tomonidan o‘zaro yoki chet el banklari bilan cheklovlarsiz, ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida;
agar shartnoma tuzish joriy xalqaro operatsiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lsa, banklarning mijozlari tomonidan vakolatli banklar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |