II bob. O’zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish.
“Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirishlar va qo’shimchalar va qo’shimchalar kiritish haqida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |